Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. Varanning avtogoli, penaltidan urilgan gollar "Valensiya"ga "Real" ustidan yirik g'alaba keltirdi

Ispaniya La Ligasining 9-turidan o'rin olgan "Valensiya" va "Real Madrid" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La Ligasining 9-turidan o'rin olgan "Valensiya" va "Real Madrid" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Mazkur bahsda "qirollik klubi" kutilmaganda yirik hisobdagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Karim Benzema o'zining kuchli zarbasi bilan mehmonlarni oldinga olib chiqdi.

35-daqiqada Karlos Soler penaltini muvaffaqiyatli ijro etgan holda hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida Rafael Varan o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.

Ikkinchi bo'limda maydon egalari yana ikki bor madridliklar darvozasi tomon yo'l topdi. Soler yana ikkita penaltini aniq ijro etgan holda hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

Ushbu g'alabadan keyin «Valensiya» ochkolarini 11 taga etkazib olgan holda 9-o'ringa ko'tarildi. «Real» (16) 4-o'ringa tushib ketdi.

La Liga, 9-tur.

«Valensiya» — «Real Madrid» 4:1

Gollar: 0:1 – 23 Benzema, 1:1 – 35, penalti Soler, 2:1 – 43, avtogol Varan, 3:1 – 54, penalti Soler, 4:1 – 63, penalti Soler.

«Valensiya»: Domenek, Gilyamon, Gayya, Gabriel Paulista, Vass, Soler, Cherishev (Toni Lato, 77), Musa (Jeyson, 87), Rachich, Li Kan In (Gameyro, 81), Maksi Gomes (Sobrino, 87).

«Real Madrid»: Kurtua, Ramos, Varan, Marselo, Vaskes, Isko (Yovich, 83), Modrich, Asensio (Rodrigo, 64), Valverde (Kroos, 76), Vinisius Junior (Edegor, 64), Benzema (Mariano Dias, 76).

Ogohlantirishlar: Soler (41), Marselo (52), Ramos (62), Gilyamon (84), Domenek (86).

BestMaster
9 Noyabr 2020, 05:00
liga, varanning, avtogoli, penaltidan, urilgan, gollar, valensiyaga, real, ustidan, yirik, galaba, keltirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads