Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "VAR" va Varanning avtogoli "Real Madrid" yirik hisobida mag'lub bo'lishini taminladi

Ispaniya 9-turidan o'rin olgan so'nggi bahs bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Valensiya" – "Real Madrid" 4:1 (2:1, 2:0)"Mestalya" o'yingohiGollar: 0:1 – 23 Benzema, 1:1 – 35, penalti Soler, 2:1 – 43, avtogol Varan, 3:1 – 54, penalti Soler, 4:1 – 63, penalti Soler.

"Valensiya" – Domenek, Gilyamon, Gayya, Gabriel Paulista, Vass, Soler, CHeryshev (Toni Lato, 77), Musa (Djeyson, 87), Rachich, Li Kan In (Gameyro, 81), Maksi Gomes (Sobrino, 87).

"Real Madrid" – Kurtua, Ramos, Varan, Marselo, Vaskes, Isko (Yovich, 83), Modrich, Asensio (Rodrigo, 64), Valverde (Kroos, 76), Vinisius Junior (Edegor, 64), Benzema (Mariano Dias, 76).

Ogohlantirishlar: Soler (41), Marselo (52), Ramos (62), Gilyamon (84), Domenek (86).

Valencia

Carlos Soler - 35', Raphael Varane - 43', Carlos Soler - 54', Carlos Soler - 63'

LaLiga . 9-tur

09/11/2020, 01:00

1 : 4 Tugadi

Real Madrid

Karim Benzema - 23'

Stadion: Estadio Mestalla, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45' 90' 30'  Carlos Soler30'  Yunus Musah35'  Carlos Soler41'  Carlos Soler43'  Raphael Varane54'  Carlos Soler63'  Carlos Soler77'  Denis Cheryshev (Toni Lato)81'  Kang-In Lee (Kevin Gameiro)84'  Hugo Guillamon86'  Jaume87'  Yunus Musah (Jason)87'  Maximiliano Gomez (Ruben Sobrino)23'  Karim Benzema23'  Marcelo52'  Marcelo62'  Sergio Ramos64'  Vinicius Junior (Martin Oedegaard)64'  Marco Asensio (Rodrygo)76'  Karim Benzema (Mariano Diaz)76'  Federico Valverde (Toni Kroos)83'  Isco (Luka Jovic) Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Bo'ldi, hakamning hushtagi chalindi va turning so'nggi bellashuvida "Real Madrid" yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Etiboringiz uchun tashakkur, sog'-salomat bo'ling.

Ushbu bellashuvdan keyin ham Ispaniyada hakamlar va ayniqsa "VAR" "Real Madrid"ga yordam beradi deydiganlar topilarmikin?

90+3-daqiqa. Uchta penalti tarixda birinchi marta, lekin Kurtua "aut" tashlab berganini oxirgi marta qachon ko'rgandingiz?

90+2-daqiqa. Omad kelmasa, kelmas ekan. Yana Mariano zarba yo'lladi, lekin bu safar ham to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. 

90+1-daqiqa. Rodrigo faolligi evaziga qulay vaziyat yuzaga keldi, lekin Mariano Diasning zarbasiga aniqlik etishmadi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

Takidlab o'tamiz, La Liga tarixida ilk bor "Real Madrid" darvozasiga bir o'yinda 3 ta penalti belgilandi. 

87-daqiqa. Yunus Musa va Maksi Gomes maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Ruben Sabrino va Xason o'yinga qo'shildi.  

86-daqiqa. Marseloga nisbatan qoida buzildi. Hakam jarima zarbasi belgiladi. 

84-daqiqa. Maydon markazida Mariano Diasga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun Xugo Gilyamon ogohlantirildi. 

83-daqiqa. Luka Yovich Iskoni almashtirdi. CHamasi, endi Zidan ham taqdirga tan berdi. 

82-daqiqa. Mariano Dias hujumda, to'p uchun kurashda qoidani buzgan bo'lib chiqmoqda. 

81-daqiqa. Kroosning uzatmasidan keyin Isko boshi bilan zarba berdi, lekin to'p darvozaga aniq bormadi. 

77-daqiqa. Denis CHerishev o'rniga Toni Lato maydonga tushdi. 

76-daqiqa. Paulista to'pni qaytardi va mehmonlar burchak to'pi tepadi. Avvaliga Ramos boshi bilan, keyin Modrich uzoqroqdan zarba yo'lladi, lekin noaniq. 

Federiko Valverde esa o'rnini Toni Kroosga bo'shatib berdi. 

76-daqiqa. Karim Benzema jarohati sabab o'yinni davom ettirolmadi, uning o'rnini Mariano Dias egalladi. 

73-daqiqa. Isko juda oddiy harakat bilan raqibini ortda qoldirmoqchi edi, lekin himoyachi bunga rozi bo'lmadi va to'pni olib qo'ydi.  

71-daqiqa. Fede Valverde havodagi to'pga zarba berib darvozani nishonga olishni niyat qilgandi, lekin urugvaylikning zarbasi qovushmadi. 

69-daqiqa. Marseloning Benzemaga atalgan uzatmasiga aniqlik etishmadi va Karim to'pga eta olmadi. 

68-daqiqa. Yaxshi uyushtirilgan hujumni Vaskes juda noaniq zarbasi bilan yakunlab berdi. 

66-daqiqa. Maydon markazida Valverdega nisbatan CHerishev qo'pollik ishlatdi.  

Taxminan yarim soat vaqt qolmoqda va bu oraliqda Zidan shogirdlari g'alaba turib tursin, mag'lubiyatdan qutilib qola olarmikin, degan savol paydo bo'lmoqda. 

64-daqiqa. Vinisius va Asensio maydonni tark etdi. Rodrigo va Edegor o'yinga qo'shildi. 

63-daqiqa. GOOOL! Yana Soler Kurtuaga imkon qoldirmadi.   

62-daqiqa. PENALTI! Yana "Real" darvozasiga. Bu safar Serxio Ramos to'pni qo'li bilan o'ynab yubordi. Qo'shimchasiga Serxioga sariq kartochka ko'rsatildi. 

60-daqiqa. Biroz kulgili vaziyat. Hakam o'yinni to'xtatdi va yana "VAR"ga quloq tutmoqda. Navbatdagi penalti-mi?

58-daqiqa. "Valensiya" himoyadan chiqayotganda to'pni oldirib qo'ydi. Marko Asensio qulay vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi, ammo Domenek to'pni o'tkazmadi. 

57-daqiqa. Avvaliga Valverde yaxshi zarba yo'lladi va darvozabon katta qiyinchilik bilan to'pni qaytardi, ikkinchi urinishdan VInisiusning yo'llagan to'pi esa darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi.   

56-daqiqa. Xose Gayya chap qanotdan oldinga o'tdi va darvoza tomon zarba yo'lladi, lekin biroz noaniq. 

Ana xolos, bunday vaziyatdan chiqib ketish endi "Real Madrid" uchun ham qiyin bo'ladi.  

53-daqiqa. Yana Soler va Kurtua dueli! Zarbaaa, gooool va bu safar ham Kurtua jamoasini qutqara olmadi - 3:1.   

Himoyachilar bunga qanchalar qarshi bo'lishmasin, hakam qarorini o'zgartirish niyati yo'q. 

52-daqiqa. Bosh hakam "Real" darvozasiga ikkinchi penalti belgiladi.  

Uzatmadan so'ng jarima maydonchasida Serxio Ramos raqibiga nisbatan qoidani buzdi deb topildi. 

50-daqiqa. Yana burchak to'pi. Daniel Vass to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

49-daqiqa. Vinisius jamoasi uchun bo'limdagi birinchi burchak to'pini ishlab berdi. Ammo mehmonlar undan naf chiqara olishmadi. 

47-daqiqa. Sal qolsa tanaffusda biroz ushlanib qolganlar Li Kanning ajoyib golini o'tkazib yuborishlari mumkin edi, lekin mehmonlar baxtiga to'p Kurtuaning qo'llaridan keyin ustunga tegib qaytdi.      

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

SHu tariqa birinchi bo'lim yakunlandi. Biroz tanaffus va bizni bundanda qiziqarli ikkinchi bo'lim kutib turibdi. 

45+5-daqiqa. Bo'limdagi so'nggi urinishni Luka Modrich amalga oshirdi. Xorvatiyalik faollik ko'rsatib jarima maydoniga yorib kirdi va qiyin vaziyatda turganiga qaramay, zarba yo'llay oldi, lekin bu ish ko'ngildagidek bo'lmadi va darvozabon qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi. 

45+3-daqiqa. Voqealar rivoji bunday tus olishini kutmagan mehmonlar biroz karaxt holatda hujumga o'tishga urinmoqda.  

Bu orada birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berilgani malum bo'ldi. Lekin uning ham bir qismi "VAR"ni kutish bilan o'tdi.   

45+1-daqiqa. GOL! "VAR" Varanning golini inobatga oldi va "Valensiya" hisobda oldinga chiqib olganini elon qildi.  

43-daqiqa. Daxshat vaziyat!!! CHerishev markazda to'pni Asensiodan olib qo'yib, jamoasining hujumini boshlab berdi. Tezkor qarshi hujum o'xshamagan zarba bilan yakunlandi, lekin buni Kurtua ham kutmagan shekilli to'p darvozaga kirib-chiqqandek bo'ldi. Lekin keyin Kurtua va Varan to'pni uzoqlashtirishgandi. Yana "VAR"ni kutamiz.   

42-daqiqa. Lukas Vaskes bu safar ishonchli harakat qildi va raqib to'p bilan oldinga o'tib ketishiga imkon bermadi. 

41-daqiqa. Sariq kartochka. "Valensiya" golini urgan yigit Asensioga nisbatan qo'polligi uchun ogohlantirildi. 

39-daqiqa. Vaziyatdan biroz jaxli chiqqan "Real Madrid" futbolchilari hujumda tezroq o'ynay boshlashdi. 

Hisob tenglashdi va endi jamoalar o'yin avvalida bo'lgani kabi, raqib darvozasini ishg'ol qilish hamda g'alabani qo'lga kiritish haqida o'ylay boshlashadi.  

35-daqiqa. Ikkinchi urinish. GOOOOOL! Bu safar Karlos Soler kuchliroq zarba yo'lladi va Kurtua to'pga etgan bo'lsa ham, uni qaytara olmadi. 

Ana bo'lmasam, penalti boshidan tepiladigan bo'ldi.  

Bosh hakam o'zi takroriy lavhani ko'rishga ketdi.  

31-daqiqa. Karlos Soler zarbasini Tibo Kurtua qaytardi, keyingi zarba ustunga tegib qaytdi va uchinchi urinishdan Musa to'pni darvoza to'riga yo'lladi. Ammo hakam shoshmaslikni so'ramoqda va "VAR"ning qarorini kutmoqda.   

29-daqiqa. PENALTI! Hakam to'p Lukas Vaskesning qo'liga tekkani tufayli mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. 

25-daqiqa. Gol o'tkazib yuborgan "Valensiya" hujumga tashlandi.

23-daqiqa. GOOOOOOOOL! Karim Benzema ajoyib zarba bilan hisobni ochdi! Franciyalik futbolchi jarima maydoni deyarli chizig'i ustidan zarba yo'lladi va jamoasini oldinga olib chiqdi. 

22-daqiqa. Jarima zarbasidan raqib jarima maydoni. 

19-daqiqa. O'yinni faol boshlagan "Valensiya" sekin-asta to'pni raqibga topshirib qo'yayotgandek.  

17-daqiqa. CHap qanotdan uzatmadan so'ng Asensio to'pga eta olmay o'tib ketdi, Benzema to'pga birinchi bo'lib etib keladigandek edi, lekin himoyachi chaqqonroq chiqib qoldi va to'pni qaytardi. 

15-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumdan keyin "Real Madrid" burchak to'pi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Tezkor o'yindan keyin yana burchak to'pi tepiladigan bo'ldi. Ikkinchi urinishdan keyin esa Benzema darvozaga aniq zarba yo'llay oldi, lekin posbon ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.  

13-daqiqa. Aynan Luka jarima maydoniga kiraverishda to'pni Karim Benzemadan qabul qilib, darhol zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida.  

11-daqiqa. Markazda tezkor hujum boshlash niyatida bo'lib turgan Modrichga nisbatan qoida buzildi.   

10-daqiqa. Marko Asensio kutilmaganda zarba yo'lladi, lekin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. 

7-daqiqa. O'z navbatida "Valensiya"ning urinishi ham to'p oshirishdagi noaniqlik tufayli zarbagacha etib bormadi. 

6-daqiqa. Bugungi o'yinda Isko imkoniyatidan foydalangan holda, o'zini nimalarga qodirligini barchaga eslatib qo'yishi lozim. Hozirgi hujumni amalda aynan u tashkillashtirib berdi, ammo Benzemaning to'p oshirishdagi xatosi "Real Madrid" rejalarini buzib qo'ydi. 

5-daqiqa. Keyingi hujumni "qaymoqranglilar" o'zlarining chap qanotlaridan uyushtirishdi. Marselo oldinga o'tib, jarima maydonidagi sheriklarini to'p bilan taminlashga harakat qildi, lekin omadi chopmadi.   

4-daqiqa. Uchrashuvdagi ilk burchak to'pini mezbonlar amalga oshirishdi. Uzatmadan keyin esa Tibo Kurtua to'pni ushlab oldi. 

2-daqiqa. Har ikki jamoa tezkor to'p uzatishlar evaziga qulay vaziyatga chiqib ketish ilinjida, ammo hozircha buning iloji bo'lmayapti. 

O'yin boshlandi! Uni Luka Modrich boshlab berdi.  

Har ikki jamoa azolari maydonga tushib kelishmoqda.

Mezbonlar safida bugun "Real Madrid" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Denis CHerishev sobiq jamoasiga qarshi harakat qiladi.  

YANGILASH

BestMaster
9 Noyabr 2020, 03:15
liga, varanning, avtogoli, real, madrid, yirik, hisobida, maglub, bolishini, taminladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads