Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. “Valensiya” – “Real Madrid” 0:1 (Matnli translyaciya)

Ispaniya 9-turidan o'rin olgan so'nggi bahs bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

YANGILASH

23-daqiqa. GOOOOOOOOL! Karim Benzema ajoyib zarba bilan hisobni ochdi! Franciyalik futbolchi jarima maydoni deyarli chizig'i ustidan zarba yo'lladi va jamoasini oldinga olib chiqdi. 

22-daqiqa. Jarima zarbasidan raqib jarima maydoni. 

19-daqiqa. O'yinni faol boshlagan "Valensiya" sekin-asta to'pni raqibga topshirib qo'yayotgandek.  

17-daqiqa. CHap qanotdan uzatmadan so'ng Asensio to'pga eta olmay o'tib ketdi, Benzema to'pga birinchi bo'lib etib keladigandek edi, lekin himoyachi chaqqonroq chiqib qoldi va to'pni qaytardi. 

15-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumdan keyin "Real Madrid" burchak to'pi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Tezkor o'yindan keyin yana burchak to'pi tepiladigan bo'ldi. Ikkinchi urinishdan keyin esa Benzema darvozaga aniq zarba yo'llay oldi, lekin posbon ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.  

13-daqiqa. Aynan Luka jarima maydoniga kiraverishda to'pni Karim Benzemadan qabul qilib, darhol zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida.  

11-daqiqa. Markazda tezkor hujum boshlash niyatida bo'lib turgan Modrichga nisbatan qoida buzildi.   

10-daqiqa. Marko Asensio kutilmaganda zarba yo'lladi, lekin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. 

7-daqiqa. O'z navbatida "Valensiya"ning urinishi ham to'p oshirishdagi noaniqlik tufayli zarbagacha etib bormadi. 

6-daqiqa. Bugungi o'yinda Isko imkoniyatidan foydalangan holda, o'zini nimalarga qodirligini barchaga eslatib qo'yishi lozim. Hozirgi hujumni amalda aynan u tashkillashtirib berdi, ammo Benzemaning to'p oshirishdagi xatosi "Real Madrid" rejalarini buzib qo'ydi. 

5-daqiqa. Keyingi hujumni "qaymoqranglilar" o'zlarining chap qanotlaridan uyushtirishdi. Marselo oldinga o'tib, jarima maydonidagi sheriklarini to'p bilan taminlashga harakat qildi, lekin omadi chopmadi.   

4-daqiqa. Uchrashuvdagi ilk burchak to'pini mezbonlar amalga oshirishdi. Uzatmadan keyin esa Tibo Kurtua to'pni ushlab oldi. 

2-daqiqa. Har ikki jamoa tezkor to'p uzatishlar evaziga qulay vaziyatga chiqib ketish ilinjida, ammo hozircha buning iloji bo'lmayapti. 

O'yin boshlandi! Uni Luka Modrich boshlab berdi.  

Har ikki jamoa azolari maydonga tushib kelishmoqda.

Mezbonlar safida bugun "Real Madrid" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Denis CHerishev sobiq jamoasiga qarshi harakat qiladi.  

"Valensiya" – "Real Madrid"

01.00, "Mestalya" stadioni 

"Valensiya" – Domenek, Gilyamon, Gayya, Gabriel Paulista, Vass, Soler, CHerishev, Musa, Rachich, Li Kan In, Maksi Gomes.

"Real Madrid" – Kurtua, Ramos, Varan, Marselo, Vaskes, Isko, Modrich, Asensio, Valverde, Vinisius Junior, Benzema.

YANGILASH

BestMaster
9 Noyabr 2020, 01:30
liga, “valensiya”, “real, madrid”, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads