Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Luis Suares - "Barselona"ga gol ursa nishonlashi haqida: "Menga ko'p narsa bergan klub va uning futbolchilariga nisbatan hurmatsizlik qila olmayman"

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Luis Suares jamoaga moslashib borishi haqida fikr bildirdi.

.
- Yuklab olish

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Luis Suares jamoaga moslashib borishi haqida fikr bildirdi.

- Barchasi yaxshi ketmoqda. Bu erga ko'nikishda faqat oilaviy masalada muammoga duch keldim — maktab izlash, uy izlash ishlarida. Lekin, klub bu borada menga yordam berdi. Menga bu er qulay va yoqmoqda. Men murabbiy so'rayotgan narsalarga moslashishim kerak. Atrofimda ajoyib futbolchilar bor, ular jarima maydonchasiga to'pni etkazib berishni biladi. Men qachonki yordamga kelganimda, o'zimni asosiy rol o'ynaydigandek his qilyapman. Umid qilamanki, bildirilgan ishonchni oqlayman. "Atletiko" katta vazifalarga erishish va yuqori o'rinlarni egallash uchun uzoq yillar kurash olib bordi. Jamoaga finalda g'alaba qozonish nasib etmadi. "Atletiko" chempionatni bir necha yil avval yutdi, so'nggi yillarda esa chempionlik uchun "Barselona" va "Real" bilan kurash olib kelmoqda. "Barselona" darvozasiga gol ursam nishonlaymanmi? Menga ko'p narsa bergan klub va uning futbolchilariga nisbatan hurmatsizlik qila olmayman. Albatta, ko'plab do'stlarim jamlangan jamoaga qarshi o'yin - muhim voqea bo'ladi. Men o'zim o'ynagan jamoalarda qilgan ishimni "Atletiko"da ham davom ettirib, bor kuchim bilan o'ynayman, — Suaresning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.

BestMaster
7 Noyabr 2020, 13:30
suares, barselonaga, ursa, nishonlashi, haqida, menga, narsa, bergan, klub, uning, futbolchilariga, nisbatan, hurmatsizlik, qila, olmayman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads