Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Barns: Jota "Barsa" yoki "Real"da hozirgidek o'ynolmaydi. Bu gap Mane va Salohga ham tegishli

"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Jon Barns so'nggi paytlarda ajoyib o'yin ko'rsatayotgan Diogu Jota haqida fikr bildirdi.

.
- Yuklab olish

"Klopp faqat o'z uslubiga mos o'yinchilarni xarid qiladi. Agar Jota boshqa klubga o'tadigan bo'lsa, "Liverpul"da qilgan ishini bajara olmaydi. Bu gap Mane va Salohga ham tegishli.

Klopp ularni zo'r futbolchiga aylantirib qo'ydi, demoqchi emasman. Bu futbolchilar oldin ham ajoyib saviyada edi. SHunchaki, ular "Liverpul"ning tizimi va uslubiga mos kelishadi.

Masalan, Jota "Barselona"ga o'tadigan bo'lsa, u erda bir nechta gollar urib, xuddi "Liverpul"dagi kabi o'ynashiga ishonmayman. Menimcha, jamoaning hech bir o'yinchisi bunga qodir emas. "Liverpul" muvaffaqiyatga erishish uchun o'z tizimiga mos keladigan futbolchilarni topishni istaydi.

Jota – fantastik o'yinchi, ammo Diogu "Real"da o'zini ko'rsatolmaydi. Barchasi Yurgen Kloppga va uning o'z uslubiga mos tushadigan futbolchilarni topa olishiga bog'liq", – dedi angliyalik sobiq forvard.

Jota - CHLda haftaning eng yaxshi o'yinchisi 

BestMaster
6 Noyabr 2020, 20:30
barns, jota, barsa, yoki, realda, hozirgidek, oynolmaydi, mane, salohga, tegishli,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads