Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" Ramos bilan muzokaralarni boshladi. Rahbariyat jamoa etakchisi uchun o'z siyosatiga qarshi boradimi?

Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa sardori Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara o'tkazmoqda.

.
- Yuklab olish

ESPN xabariga ko'ra, tomonlar muzokara stoliga bir necha hafta ilgari o'tirishgan. Ramos "Real"da 2024 yilning iyuniga qadar qolmoqchi. Bu paytda himoyachi 38 yoshda bo'ladi.

Klub futbolchining jismoniy holatini inobatga olgan holda voqealarning bunday rivojlanishiga qarshi emas. Ehtimol, tomonlar shartnomani har yili yangilab turishga rozi bo'lishlari mumkin. SHuningdek, birdaniga uzoq muddatli shartnoma imzolanishi ham mumkin.

Xabaringiz bor, "Real" 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan uzoq muddatga mo'ljallangan kelishuvlarni imzolashdan qochadi va, asosan, ularga 1 yillik shartnoma taklif qiladi. Rahbariyat Ramosning maydonda va maydon tashqarisida jamoa uchun ahamiyatini hisobga olib bir gal o'z siyosatiga qarshi borishi kutilmoqda.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi.

Ramos "Real" tarkibiga 2005 yilda "Sevilya"dan kelib qo'shilgan edi. U Madridda 16-mavsumini o'tkazyapti. Bu muddat davomida Serxio klub bilan 5 karra La Liga, 4 marta CHempionlar Ligasi g'olibiga aylandi.

FOTO  Karikatura: Ramos "Real" uchun 100-golini urdi 

BestMaster
4 Noyabr 2020, 23:45
ramos, bilan, muzokaralarni, boshladi, rahbariyat, jamoa, etakchisi, uchun, siyosatiga, qarshi, boradimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 shrek  
Рамос реалга керак хали
5 Noyabr 2020, 07:26
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads