Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. G'alabani sog'ingan jamoalar to'qnashuvi (prevyu)

Joriy mavsum Evropa Chempionlar Ligasi doirasidan o'rin olgan dastlabki ikki uchrashuvda atigi bir ochko to'plagan Madridning "Real" jamosi 3-tur bahsida "Inter"ni mehmon qiladi. 

.
- Yuklab olish

Joriy mavsum Evropa Chempionlar Ligasi doirasidan o'rin olgan dastlabki ikki uchrashuvda atigi bir ochko to'plagan Madridning "Real" jamosi 3-tur bahsida "Inter"ni mehmon qiladi. Ispan grandi Chempionlar Ligasida ketma ket to'rt o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. Ortda qolgan mavsum "Manchester Siti"dan qabul qilingan ikkita mag'lubiyat Zidan shogirdlarini turnir bilan xayrlashishiga sabab bo'lgan edi. Joriy mavsum avvalida "Shaxtyor" bilan o'yindagi omadsiz start va Gladbaxdagi durang o'yin "Real"ning o'z guruhida 4- o'rinda borishiga sabab bo'lib turibdi. La Ligada ikkinchi o'ringa ko'tarilib olgan "Qaymoqranglilar" ushbu bahs oldidan "Ueska" ni yirik hisobda mag'lub etib, o'zlariga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlab olishdi.

Raqibga na uch ochko tuhfa etayotgan, na g'alaba qozona olayotgan Milanliklar ham duranglardan nariga o'ta olganicha yo'q. Bundan avvalgi mavsum "Inter" ichki chempionatda "skudetto" uchun kurash olib borib, yakunda "Yuventus"ga imkoniyatni boy bergan bo'lishsa, Evropa Ligasi finalida "Sevilya" qarshisida ojiz qolgan edi.

Joriy mavsum qur'a yakunida "V" gurhi favoritlari deya baholangan, ammo ayni damda jadvalning quyi pog'onalarini band etib turgan har ikkala jamoa uchun ham uch ochko suv va havodek muhimligini hisobga olsak, "Alfredo Di Stefano" da o'tadigan bugungi bahs anchagina qiziqarli tus olishi shubhasiz.


JAMOADAGI YaNGILIKLAR

"Real Madrid"

Zinedin Zidan boshchiligidagi jamoada yo'qotishlar masalasi o'yindan o'yinga ko'payishda davom etmoqda. "Inter" tashrifi oldidan "Qaymoqranglilar" tarkibida jarohatlar va boshqa muammolar tufayli beshta asosiy tarkib futbolchilalarining safdan chiqqanliklari ma'lum bo'ldi.

Ayniqsa mudofaadagi muammolar jiddiy ko'rinish olgan. Eder Militaoning koronavirusga topshirgan testi ijobiy ko'rsatgich berganidan so'ng uning bu o'yinni o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi. Braziliyalik futbolchidan tashqari Dani Karvaxal (tizza), Nacho (son), Alvaro Odriosola (to'piq) va Martin Edegor (to'piq) singari futbolchilar ham bugun "Real" ga yordam bera olishmaydi.

Karvaxal va Odriosolaning yo'qligi, Lukas Vaskes yana bir bor "Real" ning o'ng qanot himoyachisi sifatida harakat qilishini anglatadi. Qarama-qarshi qanotda esa Ferlan Mendi nisbatan orqaroqda harakat qilishi kutilmoqda. Serxio Ramos va Rafael Varan markaziy himoyada o'zaro juftlik hosil qilishsa, darvozani katta ehtimol bilan Tibo Kurtua qo'riqlaydi.
Yarim himoya uchligida Kros, Valiverde hamda Kazemirolar o'yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.

Hujum chizig'ida ham o'zgarishlar bo'lishi tabiiy. Ayniqsa o'tgan hafta oxirida Eden Azarning "Ueska" ga qarshi bahsdagi ishonchli o'yini unga bugun asosiy tarkibda maydonga tushishini taminlab berishi ehtimoldan yiroq emas. Azar hujum uchligida Karim Benzema va Marko Asinsio bilan birga harakat qiladigan bo'lsa, Vinisius va Rodrigo zaxira varianti sifatida qaydnomaga kiritiladi.

Taxminiy tarkib (4-3-3): Kurtua, Lukas Vaskes, Varan, Ramos, Mendi, Valverde, Kazemiro, Kroos, Asensio, Benzema, Azar

"Inter"

"Real Madrid" ga qarshi ushbu o'yinda "Inter" bosh murabbiyi faqat ikkita asosiy tarkib o'yinchisining xizmatidan mahrum bo'ldi.

Romelu Lukaku sondagi jarohati tufayli bugun "Inter"ga yordam bera olmaydi. Bu "Inter" uchun juda katta zarba bo'lishi tabiiy. Madridga tashrif buyurmaydiganlardan yana biri - bu son jarohatidan tiklanayotgan Stefano Sensi. Shunday bo'lishiga qaramay mehmonlar uchun ham yaxshi yangilik bor, Aleksis Sanches "Real" ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin. Uchrashuv olididan o'tkazilgan matbuot anjumani chog'ida Konte haqiqatdan ham Sanches mashg'ulotlarni boshlab yuborganini ma'lum qildi. Chililik forvard asosiy tarkibda Lautaro Martines bilan juftlik hosil qilishi mumkin. Sanchesning o'yin uslubi "Real" himoyasi atrofida bo'sh joylarni ochishda juda muhim rol o'ynaydi.

Maydon markazida harakat qiluvchi Arturo Vidal, Nikolo Barella Marselo Brozovichlarga qanotlarda Eshli Yang va "Real" ning sobiq futbolchisi Ashraf Hakimi yordam berishadi. Markaziy himoyada Danilo D'ambrosio, Alessandro Bastoni hamda Stefan de Vrij harakat qilishsa, sardorlik bog'ichi darvozabon Samir Handanovichda bo'ladi.

Taxminiy tarkib (3-5-2): Handanovich; D'ambrosio, de Vrij, Bastoni; Hakimi, Barella, Brozovich, Vidal, Yang; Martines, Sanches

ShAXBOZ Qaxxorov tayyorladi

BestMaster
3 Noyabr 2020, 16:30
echl, galabani, sogingan, jamoalar, toqnashuvi, prevyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads