Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

O'ziga yangi jamoa izlashga tushib ketgan yulduzlar

Stadion.uz mavsum so'ngida erkin agentga aylanishi va boshqa jamoa o'tishi aniq bshlgan eng taniqli futbolchilar bilan yaqindan tanishtirib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz mavsum so'ngida erkin agentga aylanishi bo'lgan va boshqa jamoa o'tishi aniq eng taniqli futbolchilar bilan yaqindan tanishtirib o'tadi.

Mesut O'zil

Londonning "Arsenal" jamoasi yarim himoyachi APLning eng katta maosh oluvchi 5 ta futbolchidan bittasi sanaladi. Shunday bo'lsada, uni klub uchun ulkan naf keltirmoqda deb bo'lmaydi. Afsuski, yiliga 20 million evro maosh olayotgan futbolchi boshqa klubga o'tishni istamadi. U "Arsenal"dan barcha pullarini undirgach, katta ehtimol bilan Germaniya yoki Turkiya klublaridan biri bilan shartnoma imzolaydi. Uning agenti sanalgan otasi buni yashirib o'tirmayapti. Ayni damda, O'zilning transfer summasi 9 million evroga baholanmoqda, biroq uning maoshi sababli birorta klub "Arsenal"ga qishda taklif bilan chiqmasligi aniq.

Kepa Arrisabalaga

Futbol tarixidagi eng qimmat kipper sanaluvchi Kepani «Renn»dan kelgan Mendi muammosiz almashtirdi. Mendi 5 ta o'yindan beri ishonchli ko'rinmoqda va katta ehtimol bilan birinchi raqamni hech kimga bermaydi. Bunday vaziyatda, Kepa o'z imijiga jiddiy putur etishini anglab turibdi. Boz ustiga, «Chelsi» ham 80 million evroni havoga uchirib yubormoqchi emas. Katta ehtimol bilan, klub qishda Kepani ijaraga asosida Ispaniyaga jo'natadi. Hozircha, unga bir nechta o'rtamiyona jamoalardan takliflar mavjud.

Usman Dembele

Usman aslida yozda jamoani tark etishi ko'zda tutilgan edi, biroq buni o'zi istamadi. «Barselona» uni 80 keyinroq 60 million evroga sotishga ham rozi bo'ldi, ammo futbolchi Kuman qo'l ostida o'z omadini sinab ko'rishni istadi. Oqibatda, yana keraksiz futbolchiga aylandi qoldi. Qishda Kataloniya klubi Kumanning talabiga binoan Depayni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Buning uchun esa, Dembele transferga qo'yiladi. Katta ehtimol bilan, Usmanning keyingi jamoasi APL klublaridan biri bo'lishi mumkin. Yana kim biladi deysiz?!

Pol Pogba

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisini baxtli deb bo'lmaydi. Jahon chempioni uzoq yillardan beri «qizil iblis»ga aylanishga harakat qilmoqda, ammo hozircha muxlislar e'tiborini qozongani yo'q. Katta ehtimol bilan, uni yozda transferga qo'yishadi. Boisi, «MYu»ning katta musobaqalarda ishlari yurishmayapti. Pogba esa, eng katta maosh oluvchi ikkinchi raqamli futbolchi bo'lishiga qaramay, aytarli foyda keltirmayapti. Uni «Yuve» va «Real» o'z safida ko'rish istagida, biroq pandemiya chog'ida 89-90 million evro to'lash ularning qo'lidan keladimi?!

Federiko Bernardeski

«Yuventus» Federiko uchun 40 million evro sarf etdi, biroq uni asosiy tarkib futbolchisiga aylantira olmadi. Afsuski, Bernardeski vinger sifatida «Yuventus»ning hujumdagi muammolarini berkita olmadi. Qaytanga, o'zi muammoga aylandi. Endi esa, o'yin amaliyotsiz qolib ketmoqda. Ayni damda, uni Auarning transferiga bonus sifatida qo'shib berish rejasi o'ylab ko'rilmoqda. Nedved futbolchini sotishning imkoni bo'lmasa, birorta transferga qo'shib boshqa jamoaga ravona qilmoqchi.

Kristian Erikson

Daniyalik futbolchi «Tottenhem»ni katta maqsadlar bilan tark etgan edi, biroq transfer to'liq omadsizlikka yuz tutdi. Pochetinno qo'l ostida maydonning deyarli barcha nuqtalarida muvaffaqiyatli to'p surgan futbolchiga Konte yarim himoyadan joy topa olmayapti. Shu bois, klub uni transfer summasi uchun sarf etgan pullarini qaytarib olmoqchi. «Inter»ning ichki birinchilikda omadi kelyapti deb bo'lmaydi. 6-o'rindagi klubning hujumdagi ishlari unchalik emas. Eriksen esa, hali birorta foydali harakatni amalga oshirmadi. Uni qo'lga kiritishni istagan klub 20-25 million evro atrofida sarf etishi lozim. Ayni damda, bu summa Eriksenni bozori chaqqon futbolchilardan biriga aylantiradi.

Antuan Grizman


«Barselona» futbolchisi yiliga 38 million evro maosh olmoqda. Bu 18 yoshli Ansu Fatiga asosiy tarkibdagi o'rnini berib qo'ygan futbolchi uchun juda ko'p. Boz ustiga, Messining o'rnini asosiy tarkibda egallay olmagach, Antuan deyarli keraksiz futbolchiga aylanib qoldi. Uning yuqori klassdagi futbolchi ekanligi ba'zida gol yoki assistni amalga oshirishiga imkoniyat yaratmoqda, biroq umumiy qilib aytganda uning «Barselona»ni tark etishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. «Barselona» uning jamoasi emasligi ma'lum bo'lib ulgurdi. Antuan o'z karerasini qutqarib qolish uchun qanday yo'l tutadi? Bu savolga tez orada javob olishimiz mumkin.

Isko Alarkon

«Real Madrid» Zidan qo'l ostida yangi sxema - 4-3-3 ga o'tgach, sof pleymeykerga ehtiyot sezmay qo'ydi. Afsuski, Zidanning yangi sxemalarining aksariyatida pleymeykerdan ko'ra tayanch yarim himoyachilarining o'rni kattaroq. Shu bois, Isko qisqa muddatda zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Ayni damda, Zidan qo'l ostida Edegor, Modrich, Kroos, Valverde, Asensio, singari yarim himoyachilar mavjud. Oldinda esa, Vinisius, Rodrigo, Vaskes va Azarlar to'p surmoqda. Shunday ekan, Iskoni olib qolishdan hech qanday naf yo'q. Katta ehtimol bilan uning keyingi manzili APL bo'ladi. Sababi, Anchelotti va Gvardiola uning xizmatlaridan foydalanish niyatida. Yiliga atigi 7 million evro maosh oluvchi 30 million evrolik futbolchi istalgan klubi kuchaytirishga qodir. Faqat o'yin amaliyot taqdim etilsa bo'lgani.

Leo Messi

Yanvar oyidan boshlab Messini «Barselona»da hech qanday kuch ushlab qola olmaydi. Messi istalgan jamoasi bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega. Agar jamoa kelajagidan xavfsiramay Leoni yozda qo'yib yuborishganida, anchagina muammolardan xalos bo'lgan edi. Endi esa, Messi allaqachon ketish haqida bosh qotirmoqda. Agar «Barselona»ning yangi prezidenti Messi fantastik maosh va ko'plab bonuslar evaziga klubda olib qolsa, bu ikki tomon uchun ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ruhan Messi «Barselona»ni tark etib bo'ldi. Uning jismi esa, ortiqcha motivatsiyasiz maydonda to'p tepmoqda. Jamoaning natijalaridan shunday fikr kelib chiqmoqda. Balki, qishda jamoa u bilan yangi shartnoma imzolar?! Balki, Leo oxir oqibat jamoani tark etar. Ammo aynan u bugungi kunda o'zi uchun klub izlayotgan eng taniqli futbolchi sanaladi!

BestMaster
3 Noyabr 2020, 14:00
oziga, yangi, jamoa, izlashga, tushib, ketgan, yulduzlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши
3 Noyabr 2020, 18:47
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads