Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Antonio Konte: "Zidan - ajoyib shaxs"

Italiyaning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte EChLning 3-tur doirasida Madridning "Real" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

.
- Yuklab olish

Italiyaning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte EChLning 3-tur doirasida Madridning "Real" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bu bahs biz uchun finalmi? Bu guruh bosqichi o'yini, lekin bu bahs biz uchun juda muhim va raqib uchun ham shunday ahamiyatga ega. Vazifa - oldinga borish va guruhdan chiqish. Bilamiz, o'z kuchini so'nggi yillarda ko'rsatib kelayotgan jamoaga qarshi qiyin uchrashuv kutib turibdi. "Real"ga katta hurmat bilan qaraymiz, lekin biz o'z o'yinimizni namoyish etmoqchimiz. Kim kuchli bo'lsa - o'sha g'alaba qozonsin!

Zidan? Bu ajoyib shaxs. O'yinchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham uni juda yaxshi bilamiz. U doim dam olishsiz ishlagan, tabiiy iqtidoriga qaramasdan, u mashg'ulotlarda doim birinchi qatorda turardi. U ajoyib inson. U haqda faqat yaxshi narsalarni gapirishim mumkin. Hamma uni doim sevadi", - Kontening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

BestMaster
3 Noyabr 2020, 11:30
antonio, konte, zidan, ajoyib, shaxs,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads