Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bu yil kimlarning transfer summasi keskin ko'tarilib ketdi? (Top 5)

Stadion.uz bu yil davomida transfer summasi qolganlarnikidan ko'ra bir muncha tezroq ko'tarilgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi. Ushbu ro'yxatdagi yigitlar o'tgan yili 10-20 million evro atrofida baholanayotgan edi. Endi esa, ularni qo'lga kiritish uchun katta summadan voz kechish talab etiladi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz bu yil davomida transfer summasi qolganlarnikidan ko'ra bir muncha tezroq ko'tarilgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi. Ushbu ro'yxatdagi yigitlar o'tgan yili 10-20 million evro atrofida baholanayotgan edi. Endi esa, ularni qo'lga kiritish uchun katta summadan voz kechish talab etiladi.

5-o'rin. Meyson Grinvud

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi mavsum boshida markaziy hujumchi borasida muammoga duch keldi. Lukaku ketgach, klub uning o'rnini to'ldirishni uddalay olmadi. Oqibatda, Marciyal yoki Reshfordlardan biri 9-raqam ostida to'p surishi taxmin qilingan edi, biroq kutilmaganda Sulsher Meysonnga imkon berdi. Tan olish lozim, hujumchi tezda omma e'tiboriga tushdi. Tezkor, sovuqqon, ikkinchi qavatda faol va texnikasi kuchli hujumchi. Endigina 19 yoshga qadam qo'ygan bo'lsada, uning maydondagi professional harakatlari kishi ko'zini qamashtirib yubormoqda. U ortda qolgan mavsumda Grinvud 10 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qildi. Uning yil boshidagi transfer summasi - 10-15 million evroni tashkil etgan bo'lsa, ayni damda transfermarket tomonidan 50 million evroga baholanmoqda.

4-o'rin. Fil Foden

Aslida, Fil «Siti»ning asosiy tarkib futbolchisi sanalmaydi, biroq Gvardiolaning super rotatsiyasi sababli uni tez-tez maydonda ko'rishimiz mumkin. Chaqqon, tezkor va markazdagi balansni ushlab turishga qodir futbolchi. Foden tez orada David Silvaning o'rnini egallashi kutilmoqda. Uning transfer summasi ham jamoadagi qadri singari tobora ortib bormoqda. Fil o'tgan mavsum davomida 9 ta gol va 7 ta assistga mualliflik qildi. Qahramonimiz o'tgan yili 15-20 million evro atrofida baholangan edi. Ayni damda, esa transfermarket portali yarim himoyachining narxini 60 million evro etib belgiladi. Ajoyib o'sish. Agar Foden sekin-asta asosiy tarkibga kirib borishda davom etsa, bu summa yanada kattalashib ketishi turgan gap.

3-o'rin. Erling Xoland

Xoland ushbu ro'yxatimizdagi kuchli uchlikni ochib beradi. O'tgan mavsumda uni transfermarket 45-50 million evroga baholanganidayoq bu shunchaki boshlanishi ekanligini darrov anglagan bo'lsangiz kerek. O'tgan mavsumda Xolandning sermahsulligi borasida o'z shaxsiy rekordini yangiladi. Bundesligada to'p surgan futbolchi 33 ta gol 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Bunday mavsumdan so'ng esa, transfermarket uning bahosini 80 million evorga qadar ko'tarib qo'ydi.

2-o'rin. Ansu Fati

Kataloniya klubi kelajagi deb e'tirof etilayotgan «olmos» haqida juda ko'p ma'lumotlar keltirish mumkin. O'tgan mavsumda uning yorqin debyuti barchani hayron qoldirgan bo'lsa, bu mavsumda Fati allaqachon asosiy tarkibning etakchi futbolchilaridan biriga aylanib bo'ldi. Qisqa muddat ichida professional futbolchi sifatda ko'z oldimizda gavdalandi. Ayniqsa, jamoa tepasiga Kuman kelgach, Ansu ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. U allaqachon «El-klassiko»da gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Uning o'tgan mavsumdagi ishonchli debyuti sababli transfermarket portali transfer summasini 40 million evro etib tayinlagan edi. Yangi mavsumda Fati yanada yorqin ko'rinmoqda. Shu bois, uning ayni damdagi transfer qiymati 80 million evro! Fatining hali 20 yoshni qarshi olmaganini inobatga olsak, bu summa 200 lik dovonni ham zabt etishi mumkin. Faqat progress to'xtab qolmasa bo'lgani.

1-o'rin. Alfonso Devis

«Bavariya» futbolchisi o'tgan mavsumning chinakam kashfiyoti bo'ldi desak, adashmagan bo'lamiz. Bunga qadar aytarli hech kim tanimagan vingerga Ditter Flik imkoniyat taqdim etdi. To'g'ri, murabbiy futbolchi istaganidek undan vinger sifatida foydalanmadi. Qanot himoyasiga joylashtirdi, ammo kanadalik futbolchi o'ziga bildirilgan ishonchni ortig'i bilan bajarishga muvaffaq bo'ldi. Uning Evropa Chempionlar LIgasidagi reydlari, bundesligadagi shiddatli o'yinlari sababli bir mavsum davomida butun futbol olami uni tanib oldi. O'tgan mavsum startida 25 million evroga baholangan futbolchi uchun hozir 80 million evro to'lash lozim. Devis qandaydir 12 oy ichida o'z transfer summasini 55 million evroga ko'tarilishini ta'minlay oldi. Uni har jabhada o'tgan mavsum kashfiyoti deb atasak, adashmagan bo'lamiz.

BestMaster
2 Noyabr 2020, 13:00
kimlarning, transfer, summasi, keskin, kotarilib, ketdi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads