Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real Madrid" - "Ueska" 3:1 (Matnli translyaciya)

La Liga 8-tur doirasidagi "Real" - "Ueska" o'yini bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada chrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

YANGILASH

82-daqiqa. Futbolchilar charchagani sababmi yoki "Ueska" tavakkal qilib ko'proq futbolchilar bilan oldinga o'tayotgani sabablimi, markazga yaqin hududlarda katta bo'shliq yuzaga kelmoqda hamda jamoalar juda tez hujum chizig'iga etib borishmoqda.  

80-daqiqa. Raqibning qarshi hujumini to'xtata olgan Ferlan Mendi shu zahoti oldinga o'tdi, lekin to'pni sheriklariga aniq etkazib bera olmadi. 

79-daqiqa. Sariq kartochka! Dimitris Siovas ogohlantirildi.

77-daqiqa. "Ueska" Kurtua darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda, "qaymoqranglilar" esa asabiy yakunni istashmayapti.  

76-daqiqa. Goldan ruhdangan mehmonlar yana oldinga borishda davom etyapti. 

74-daqiqa. GOOOOL! David Ferreyro hisobni qisqartirdi! CHap qanotdan amalga oshirilgan uzatmadan keyin David Ferreyro olis ustun yaqinidan to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi. 

70-daqiqa. CHap qanotdan oldinga o'tib kelgan Rafael Mir kuchsiz tarzda zarba yo'lladi va to'p Kurtuaning qo'llariga borib tushdi. 

67-daqiqa. Hisob "Madrid" futbolchilari erkin harakat qilishiga imkon yaratmoqda. SHu sababli Zidan shogirdlari raqibga hatto hujum qilishga ham imkon qoldirishmayapti. 

64-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin Serxio Ramos to'pga birinchi bo'lib etib bordi, ammo niyatiga eta olmadi.  

62-daqiqa. Vinisius tezligidan foydalanib raqiblarini ortda qoldirda va to'pni Benzemaga aniq etkazib berdi, ammo Karimning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

60-daqiqa. O'zgarish! Azar, Valverde va Asensio uchun bugungi o'yin yakunlandi. Vinisius, Rodrigo va Isko maydonga tushirildi.

58-daqiqa. Mehmonlar hech bo'lmasa bitta gol urish umidida oldinga borishga urinmoqda.

57-daqiqa. O'zgarish! Borxa Garsiya Freyre va Kelechi Nvakali maydonni tark etdi hamda Sandro Ramires bilan Valderrama o'yinga qo'shildi. 

Uchrashuv taqdiri amalda hal etildi. 

53-daqiqa. GOOOOOOL! Federiko Valverde! Karim Benzemadan to'pni qabul qilib olgach, Fede uzoq pastki burchakni aniq nishonga oldi. 

52-daqiqa. O'zgarish. Lukas Vaskes o'rniga Ferlan Mendi o'yinga qo'shildi. 

49-daqiqa. "Ueska" chap qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin muvaffaqiyatsiz.

47-daqiqa. Ikkinchi bo'limni mehmonlar faolroq boshlashdi. 

Azar to'pni yo'qotilgach, yaqin oradagi barcha sheriklari tezda kurashga kirishishdi va Marseloni to'pni raqibdan olib qo'ydi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni "Ueska" boshlab berdi.

Mehmonlar tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.   

Bosh hakamning birinchi bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yo'l oldi. 

45+2-daqiqa. Takroriy lavhani ko'rib, barchasi joyida ekanligiga ishonch hosil qilgan hakam o'yinni markazdan boshlashga ruxsat berdi. 

Lukas Vaskes hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi.

45+1-daqiqa. GOOOOOOL! Karim Benzema yaqin masofadan darvozabonni dog'da qoldirdi! 

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

Gol urib olgach, "Real Madrid"ning ishi ancha engillashishi va hujumda bo'sh zonalar ochila boshlashi aniq.

40-daqiqa. GOOOOOOOL! Eden Azar hisobni ochdi! Belgiyalik futbolchi Federiko Valverdedan to'pni qabul qilib, tezda darvoza tomonga o'girildi va kuchli zarba bilan chiroyli gol muallifiga aylandi. Biz bilgandik, biz kutgandik!

37-daqiqa. O'yin ancha sokin ruhda davom etmoqda. "Real Madrid" raqib himoyasini yorib o'tishda muammolarga duch kelayotgan bo'lsa, mehmonlar sabr bilan o'z imkoniyatlarini kutishmoqda.  

35-daqiqa. "Ueska" raqib pressingiga qaramay, himoyadan chiroyli tarzda chiqib keta oldi. 

32-daqiqa. Kazemiro-Asensio-Vaskes faol harakat qilib, pressing evaziga to'pni olib qo'yishdi. 

30-daqiqa. To'p uchun kurashda Eder Militao tezligini namoyish qildi va raqibi Rafa Mir qoida buzishdan boshqa chora topa olmadi.  

28-daqiqa. Serxio Gomes ("Ueska") uzoq burchakda to'pga etdi va zarba berdi, lekin to'p ancha yuqoridan o'tib ketdi. 

27-daqiqa. Burchak to'pi tepish navbati mehmonlarda. Bu borada hisob 3:1 "Real Madrid" foydasiga.

26-daqiqa. Eden Azar yana "offsaydda". Hozircha Eden kirishib ketishi biroz qiyin bo'lmoqda.  

Keyingi urinishda Marseloning qanotdan uzatmasiga Serxio Ramos birinchi bo'lib etib keldi va zarba yo'lladi, darvozabon katta qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. 

24-daqiqa. Marko Asensio jarima zarbasidan to'pni jarima maydonchasiga etkazib berdi, darvozabon xavfni bartaraf etdi.  

23-daqiqa. Navbatdagi hujumni Kazemironing noaniq to'p uzatishi buzib qo'ydi.

Rafa Mir GOL urdi, lekin himoyachilar bekorga to'xtab qolmagan ekan. Yon chiziqdagi hakam hujumchi o'yindan tashqari holatda bo'lganini malum qildi.  

20-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Fede Valverde zarba bilan yakunladi, lekin noaniq.

17-daqiqa. "Qirollik klubi" to'pni nazorat qilib, raqib himoyasining zaif nuqtalarini izlash bilan ovvora.

14-daqiqa. Markazda Luka Modrichga nisbatan qoida buzildi.  Xorvatiyalik tezda to'pni o'yinga kiritdi va Eden Azar noqulay holatda bo'lishiga qaramay, to'pni darvoza tomon yo'lladi, noaniq. 

13-daqiqa. Mehmonlar navbatdagi hujumni uyushtirmoqchi edi, lekin Kurtua chiqib kelib, to'pni egallab oldi. 

12-daqiqa. Marko Asensio to'pni qanotdan jarima maydoniga etkazib bermoqchi bo'ldi, ammo bunga himoyachi yo'l qo'ymadi va yana burchak to'pi. 

11-daqiqa. Lukas Vaskes to'p uchun kurashda o'yin qoidasini buzdi.

9-daqiqa. CHap qanotdan uyushtirilgan hujumda Benzema vinger roliga o'tgan bo'lsa, Eden Azar hujum markaziga ko'chgandi, lekin belgiyalik o'yinchi to'pni qabul qilayotgan pallada o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'ldi. 

7-daqiqa. Xavfli vaziyat! Rafa Mir o'ng qanotga yaqin hududdan jarima maydoniga kirib keldi va kuchli zarba berdi, lekin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. Ushbu vaziyatda Eder Militao raqibiga etolmay qolgandi.

6-daqiqa. Lukas Vaskes qanotidan yangi hujumni boshlab bermoqchi edi, lekin to'p maydondan tashqariga chiqib ketdi.

4-daqiqa. "Real Madrid" uchrashuvdagi birinchi burchak to'pini tepish huquqiga ega bo'ldi. Lekin "qaymoqranglilar" undan naf chiqara olishmadi. 

Maydon markazida raqibini oxirgacha taqib qilib borgan Lukas Vaskes to'pni olib qo'ygandi, lekin hakam qoida buzilganini qayd etdi. 

3-daqiqa. Pressing natijasida "Ueska" vakili Valverdedan qo'rqib ketib, to'p oshirishda noaniqlikka yo'l qo'ydi. 

2-daqiqa. Marko Asensio va Karim Benzema bir-birlariga to'pni oshirib, oldinga o'tishga urinib ko'rishdi, ammo himoyachilar Asensiodan to'pni olib qo'yishga erishishdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Har ikki klub futbolchilari maydonga tushib kelishdi va o'yin avvalidagi rasmiyatchiliklarni hal etib olishmoqda.

Stadionda mezbonlar madhiyasi jarang sochmoqda. Namanganlik muxlislarga ushbu qo'shiq juda tanish tuyulayotgan bo'lsa ajab emas.

"El Klasiko"dagi g'alabadan keyin "Real Madrid" ECHL doirasida Germaniyada durang qayd etdi.

Etiborli jihati uzoq tanaffusdan keyin Eden Azar katta sahnaga qaytmoqda.

Real Madrid

Eden Hazard - 40', Karim Benzema - 45', Federico Valverde - 54'

LaLiga . 8-tur

31/10/2020, 18:00

1 : 3 2-bo'lim

SD Huesca

David Ferreiro - 74'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Pablo Gonzalez

45' 90' 40'  Eden Hazard40'  Federico Valverde45'  Karim Benzema45'  Lucas Vazquez52'  Lucas Vazquez (Ferland Mendy)54'  Federico Valverde54'  Karim Benzema60'  Eden Hazard (Vinicius Junior)61'  Federico Valverde (Isco)61'  Marco Asensio (Rodrygo)69'  Casemiro (Toni Kroos)46'  Sergio Gomez (David Ferreiro)46'  Javi Ontiveros (Javi Galan)57'  Kelechi Nwakali (Sandro Ramirez)57'  Borja Garcia (Eugeni Valderrama)74'  David Ferreiro74'  Rafa Mir79'  Dimitris Siovas84'  Luisinho (Gaston Silva) Match-senterda ochish 

YANGILASH

"Real Madrid": Kurtua, Marselo, Ramos, Militao, Vaskes, Kazemiro, Modrich, Azar, Valverde, Asensio, Benzema.

"Ueska": Fernandes, Siovas, Pulido, Maffeo, Luizinyu, Garsiya, Moskera, Ontiveros, Nvakali, Serxio Gomes, Rafa Mir.

LA LIGA TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING

BestMaster
31 Oktyabr 2020, 19:45
liga, real, madrid, ueska, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads