Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu va oq kukun, 6 ta o'q egan futbolchi va o'smir qizlar hujumi

«Nega xatni ochding? Endi 20 daqiqadan so'ng o'lasan»

.
- Yuklab olish

Har qanday vaziyatning ikki xil tomoni mavjud. Yaxshi yoki yomon bo'lishdan qat'iy nazar tanganing ikki tomoni mavjud. Futbol ham bundan mustasno emas. Bugun Stadion.uz futbol olamidagi eng xunuk va yoqimsiz lahzalarni yodga oladi.

1994 yil Eskobar, avtogol va o'lim

Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Andreas Eskobar 1994 yildagi JChning hal qiluvchi uchrashuvida o'z darvozasini ishg'ol etib qo'yadi. AQSh bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda janubiy amerikaliklar durang qayd etishadi, biroq guruhda qolib ketishadi. Aslida, Kolumbiya birinchi turda Ruminiyaga ham mag'lub bo'lishgan edi, biroq negadir aybdor Eskobar deb topildi. O'sha yillardan printsipial raqib sanalgan AQSh ustidan g'alaba qozona olmagan Kolumbiya termasi futbolchilarining hech biri aybdor sanalmadi. Og'irlikning barchasi Eskobarga tushdi. Oqibatda, uni vatan xoiniga chiqarib qo'yishdi.

Qahramonimiz tezroq Kolumbiyani tark etishga qaror qiladi. Hatto «Milan» jamoasi bilan muzokaralar ham boshlaydi, ammo unga Evropada to'p surish nasib etmaydi. 1994 yilning kuzida uni o'z mashinasida o'tirganida noma'lum odam tomonidan otib ketilgani ma'lum bo'ladi. Guvohlarning aytishicha, futbolchiga o'q uzgan shaxs naqd 6 bor uni yaqin masofadan o'qqa tutgan va har safar tepkini bosayotganda gol deb baqirgan. Surishtiruv ishlari olib borilgach, aybni Galonlar oilasi haydovchisi sanalgan 43 yoshli inson o'z bo'yniga oladi. Sud unga 43 yil qamoq jazosini bergan bo'lsada, 9 yildan so'ng uni qo'yib yuborishadi. Galonlar oilasi kattasi - Xuan Galon 2018 yilda o'sha jinoyatga aloqador ekanligini tan olgan bo'lsada, bu hech narsani o'zgartirgani yo'q.

Oradan 20 yil o'rgan bo'lsada, Janubiy Amerika futbolida ko'p narsa o'zgarmadi. Misol uchun 2019 yilda himoyachi Tesilo "Kopa Amerika" musobaqasida penaltidan unumli foydalana olmaydi. Chiliga qarshi kechgan uchrashuv Kolubiya uchun omadsiz kechgach, futbolchining uyiga har kuni 1000 lab o'lib tahdidlari yozilgan xatlar kelishni boshlaydi. Futbolchi vaziyatni chuqur anglagach, oilasi bilan boshqa davlatga ko'chib ketishga majbur bo'ladi.

2007 yil. «MYu» afsonalari qo'rqitildi

Agar Ser Aleks futbol bilan umrini bog'lamaganida, uni istalgan kasbda omadli ish olib borishini taxmin qilish mumkin. Sovuqqonlik va ertani ko'ra bilish qobiliyati sababli qahramonmiz har qanday kasbni mohir ustasiga aylanishi mumkin edi. Shunday bo'lsada, eng qo'rqmas insonni ham qo'rqita olganlar mavjud ekanligiga ishonasizmi? Beksning yuziga butsa uloqtirgan murabbiyga 2007 yilda katta quti jo'natiladi. Ser Aleks uni ochadi va ichida oq kukun bor ekanligini ko'radi. Tagida esa, xat. Nomada quyidagi so'zlar yozilgan edi:

«Nega xatni ochding? Endi 20 daqiqadan so'ng o'lasan»

Ushbu xat sababli Ser Aleks chuqur depressiyaga tushib qoladi. Sababi, aynan o'sha yili Britaniyada teraktlar soni ortgan, mahalliy aholini sibir yazvasi kasalligi bilan qo'rqitilayotgan edi. Huquqni himoya qilish organlari vakillari bu kukun aslida kir yuvish uchun ishlab chiqarilganini aytishganida ham Fergyuson o'ziga kela olmaydi. Oradan bir kun o'tib xuddi shunday nomalar Runi va Ronalduning uyiga ham noma'lum kimsalar tomonidan yuboriladi. Vaziyat jiddiy ekanligi ma'lum bo'lgach, «Manchester Yunayted» jamoasi rahbarlari jamoa bazasi atrofidagi qoruvlilikni kuchaytirishga qaror qilishadi. Kelgan xatlarni ochish borasida instruktsiya ham o'ylab topiladi.

Bu voqeaning salbiy tomoni shundaki, juda qo'pol hazil orqali «qizil iblislar» asabini sinovdan o'tkazgan shaxslar hali qo'lga olinganicha yo'q. Ularning kim ekanligi sir bo'lib qolmoqda. O'sha voqealardan so'ng, Ronaldu o'ziga tansoqchi yo'llashga qaror qildi. Runi esa, deyarli 6 oy davomida tunda ko'chaga chiqmadi. Shunga qaramay, futbolchilarga turli xatlar kelishi hali-hamon davom etmoqda. Misol uchun Patris Evra Suares bilan bo'lgan muammodan so'ng, uzoq vaqt ehtiyot bo'lishga majbur bo'ldi. Uning urugvaylik futbolchi bilan bo'lgan janjallidan so'ng, uyiga turli insonlar tomonidan o'lim tahdidi bitilgan xatlar kelishni boshladi. Oqibatda, futbolchi oila a'zolari va farzandlari uchun tansoqchilar gruppasini tashkil etadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Evralar oilasi deyarli 2 oy davomida mehmonxonada istiqomat qilishga ham majbur bo'lgan. Keyinroq ma'lum bo'lishicha, ushbu xatlarning aksariyati qamoqxonada o'tirgan mahbuslar tomonidan yozilgan bo'lib, ularning ko'pi shunchaki quruq so'zlar bo'lib chiqdi.

2020 yil. Pikford, bolalar va Van Deyk

O'zimizga yaqin bo'lgan davlatlar orasida Rossiya va Ukraina futbolida ham bunday muammolar yo'q emas. O'z vaqtida (1999 yilda) Rossiya terma jamoasi darvozaboni Filimonov amalga oshirgan qo'pol xatoning ta'siri hali-hamon mavjud. Kipper Frantsiyaga qarshi kechgan uchrashuvdagi qahramonligiga qaramay, butun rus xalqi nafratiga uchraydi. Ukrainada esa, uning ishini yanada qo'polroq uslubda takrorlagan Shovkosvskiyga esa deyarli ta'sir o'tkazishmaydi.

Aslida, darvozabonlarga bosim o'tkazish borasida inglizlarga etadigan muxlislar yo'q. So'nggi bo'lib o'tgan voqeani yodga olamiz. «Everton»ning «Liverpul»ga qarshi uchrashuvidan so'ng, bir nechta futbolchilar anonim tahdidlar olishni boshladi. Risharilson o'z adresiga yuborilgan tahdidlar borasida allaqachon politsiyaga murojaat etgan bo'lsa, Pikfordni Virjilning personal muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda «er bilan bitta» qilishda davom etishmoqda. Pikford vaziyat ancha jiddiy ekanligini anglagach, oila a'zolariga tansoqchi yo'llashga qaror qildi. Afsuski, futbolni hamma ham pozitiv tomonini ko'ra olmaydi. Yaxshiyamki, ushbu sportdagi insonlar uchun tahdidlarning aksariyati quruq gap bo'lib chiqadi. Aks xolda, ushbu sport dunyodagi hayot uchun eng havolisiga aylangan bo'lar edi. So'nggi paytlarda ingliz muxlislari bu borada qolganlarda ancha ilgarilab ketishga muvaffaq bo'lgani rost. Hatto «Chelsi»ni rozi qilgan xolda birinchi raqamni Kurtuaga berib "Arsenal"ga o'tgan Piter Chex ham uzoq muddat davomida turli bosimlarga dosh berishga majbur bo'ldi.

Afsuski, muxlislar voqealarga turlicha nigoh bilan boqadi. Oddiy misolni keltirib o'tmoqchimiz. «Chelsi» anchadan beri qiziqib yurgan «Vest Hem» futbolchisi - Deklan Rays Irland bo'lishiga qaramay, Angliya terma jamoasidan kelgan taklifni qabul qildi. Bu uning yurtida juda yomon qabul qilindi. Bechora futbolchi barcha ijtimoiy tarmoqlarini vaqtincha blokladi va tansoqchi yo'llashga majbur bo'ldi. Afsuski, Evropaning ko'plab davlatlarida tahdidlar va anonim nomalarga jiddiy e'tibor berilmaydi. Boz ustiga, mashhur shaxslar uchun bunday holat yangilik emas. Asosan dalilga suyanuvchi qonunchilik sababli ushbu vaziyat chuqur o'rganilmaydi. Bundan esa, futbolchilar ozor chekishmoqda.

Ushbu maqola so'nggida qiziq faktlarni keltirib o'tmoqchimiz. Agar sizni ijtimoiy tarmoqlarda kimdir haqorat qilayotgan bo'lsa, unutmangki u yosh bola bo'lishi mumkin. «Kristal Pelas» hujumchisi Zaha ham aynan shunday voqea qurboniga aylandi. Uzoq davom etgan surishtiruv va qidiruv ishlaridan so'ng, ma'lum bo'lishicha, Zahani anchadan beri anonim tahdidlarga ko'mib kelayotgan shaxs 12 yoshli bolakay ekan. Bundan bir necha yillar ilgari, "Aston Villa" vingeri Gabriel Agbonlahorga ham o'smir qizlar hujum qilishgan edi. Keyinroq ma'lum bo'lishicha, qizlar futbolchini xayriya o'yinida "One Direction" guruhi solistiga qo'pollik qilgani uchun jazolashmoqchi bo'lgan ekan.

Afsuski, ayni damda «Everton» kipperi - Pikford uchun xavf qay darajada ekanligini bilib bo'lmaydi. Shunga qaramay, ikkita omil ko'ngilni xotirjam qilmoqda. Birinchisi Jordanni professionallar qo'riqlamoqda. Ikkinchisi esa, Virjilning operatsiyasi muvaffaqiyatli o'tdi.

BestMaster
31 Oktyabr 2020, 18:30
ronaldu, kukun, egan, futbolchi, osmir, qizlar, hujumi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads