Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidanga berilishi lozim bo'lgan 5 ta savol

Madridning «Real» jamoasi ustozi Zayniddin Zidan olib borayotgan o'yin falsafasi va rotatsiya haqida turli qarashlar mavjud. Kimdir, Zizuda zaxira g'oyasi yo'q deb hisoblasa, yana kimdir uni super mutaxassis deb hisoblaydi. Yana kimlar uchundir u shunchaki kerakli paytda, kerakli joyda paydo bo'lib qolgan omadli murabbiy. Afsuski, so'nggi o'yinlarda «qirollik klubi» o'yinida biroz pasayish kuzatilmoqda. Shu bois, jamoa bosh murabbiyiga savollar yig'ilib qolgan bo'lsa, ajab emas. Bugun stadion.uz o'zini qiziqtirgan savollar bilan sizlarni tanishtirib o'tadi. 

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» jamoasi ustozi Zayniddin Zidan olib borayotgan o'yin falsafasi va rotatsiya haqida turli qarashlar mavjud. Kimdir, Zizuda zaxira g'oyasi yo'q deb hisoblasa, yana kimdir uni super mutaxassis deb hisoblaydi. Yana kimlar uchundir u shunchaki kerakli paytda, kerakli joyda paydo bo'lib qolgan omadli murabbiy. Afsuski, so'nggi o'yinlarda «qirollik klubi» o'yinida biroz pasayish kuzatilmoqda. Shu bois, jamoa bosh murabbiyiga savollar yig'ilib qolgan bo'lsa, ajab emas. Bugun stadion.uz o'zini qiziqtirgan savollar bilan sizlarni tanishtirib o'tadi. 

Isko qoladimi? Uni Zidan kechiradimi?

Ispaniyalik futbolchi «Kadis»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, oav markaziga tushib qoldi. Sababi, uning zaxiraga olinganidan so'ng, aytgan so'zlari qiziquvchan jurnalistlar tomonidan keng yoyildi.

" Agar meni maydonga tushirsa, 50-daqiqadan so'ng almashtiradi. Agar zaxirada qoldirsa, faqat 80 daqiqada o'yinga tushiradi.«

Uning bu so'zlarni aytayotganini kameralar suratga olgani bois, futbolchi hammasini tan oldi. Zidan esa, buni normal holat ekanligini ma'lum qildi. Eng qizig'i shundaki, ushbu hodisa tezda unutilib ketdi, biroq ichki muammolar paydo bo'layotgani hammaga ma'lum bo'ldi. »Real Madrid« so'nggi yillarda ichki muhit borasida dunyoning istalgan klubidan yaxshiroq imkoniyatga ega jamoa edi. Endi esa, vaziyat biroz o'zgacha ekanligini ko'rinib turibdi.

Endilikda, Zidan o'z imijini biroz bo'lsada erga urgan voqeaga qanday javob qaytarishi juda qiziq. Murabbiy oldida ikkita yo'l bor. Birinchisi, iqtidorli bo'lsada, biroz »erkatoy" Iskoni qishda sotib yuborish, yoki uni zaxiradagi joker qarta sifatida tarkibda olib qolish. Florentina Peres klub futbolchilarini ayab o'tiradiganlardan emas. O'z vaqtida, Raul, Ronaldu, Kasilyas singari futbolchilar bilan juda xunuk xayrlashgan prezident bu ishni takrorlashi hech gap emas. Zidan bu vaziyatda qanday yo'l tutishi juda qiziq. Isko biroz formasini yo'qotgani rost, biroq uni endi foydasiz deb bo'lmaydi. Endigina 29 yoshga qadam qo'ygan futbolchini tarkibda olib qolish yoki boshqa klubga ravona bo'lishi murabbiyning qo'lida qolgan qaror. 

Vinisius endi kerakmi?

Tan olish lozim, «Real Madrid»ning Germaniyadagi uchrashuvi Vinitsius uchun omadli keldi deb bo'lmaydi. Sababi, braziliyalik futbolchi bir necha bor o'z driblingi qurboni bo'ldi. Xatto Karim Benzema uni «o'zimizga qarshi to'p surayotgan futbolchi» deb atadi. 

E'tiborlisi shundaki, Benzema yosh futbolchini klubga kelganida o'z otalig'iga olgan, uni himoya qilgan edi. Endi esa, bir yumalab uni deyarli «xoinga» chiqarib qo'ymoqda. Uning ikkinchi bo'lib oldidan aytgan so'zlari kameraga tushib qolgan bo'lsada, futbolchi qaysi jamoadoshining ismini aytgani sir bo'lib qolmoqda. Ko'plab mutaxassislarning fikricha, hujumchi Vinisiusni nazarda tutgan. Bu so'zlar amalda ham o'z isbotini topdi. Karim ikkinchi bo'limda biror marotaba jamoadoshiga pas bermadi va uni deyarli hujumda yakkalatib qo'ydi. To'g'ri, yakunda «Real» mag'lubiyatdan qutilib qoldi, biroq bu epizod muxlislar yodida qoldi. Vinisiusning taqdiri qanday kechishi endi Zidanga bog'liq. Boz ustiga, Eden Azar sog'ayib safga qaytmoqda. Balki, murabbiy Benzemaga muammo tug'dirayotgan vingerni Azarga almashtirar. Balki, Karim va uning munosabatini yaxshilashga urinar. Buni bizga qorong'i, ammo murabbiy nimadir qilishi lozimligi fakt. Sababi, ichki muhitning ichidan zil ketmasligi uchun har qanday muammoni o'z vaqtida hal etish lozim. 

Luka Yovich

Yovich Madrid klubining asosiy muammolaridan biriga aylanib bormoqda. 60 million evrolik futbolchi «Borussiya M» jamoasiga qarshi uchrashuvda Zidan uchun qay darajada keraksiz futbolchi ekanligi yaqqol ko'zga tashlanib qoldi. O'yinning so'nggi 15 daqiqasi ichida «Real» to'liqligicha to'pni ikkinchi qavatdan raqib jarima maydonchasiga yo'llashga intildi. Hujumda Ramos, Varan va hatto Kazemiro ham paydo bo'ldi, ammo Yovich bilan hech kimning ishi yo'q.

Benzema uchun raqobatchi bo'lishi, hujumdagi rang-baranglikni ta'minlashi kerak bo'lgan hujumchiga negadir bu mavsumda ham ishonch bildirilmayapti. «Roma»ga ijaraga ravona bo'lgan Mayoral nima uchun olib qolinmadi? Zidan Yovichga ishonch bildirmaslikka ahd qilgan bo'lsa, nega serbni Rimga jo'natib ispaniyalik hujumchini tarkibda olib qolmadi? Zaxirada o'tiruvchi, rotatsiya uchun juda muhim bo'lgan markaziy himoyachini tarkibda olib qolishdan maqsad nima? Savollar juda ko'p, ammo javob noma'lum. Ko'plab mutaxassislar Lukaning psixologik muammolari sababli asosiy tarkibdan o'rin olmayotganini ma'lum qilsa, boshqalar uni Zidanning uslubiga mos emasligini aytishmoqda. Umuman oldanda, Yovichga yozda bir nechta takliflar bor edi. Deyarli barchasi kuchli beshlikda baobro' klublar. Negadir jamoa uni tarkibda olib qoldi. Zidan esa, buning sababini hali-beri ma'lum qilmoqchi emas shekilli?!

EChL g'olibi ham kerak emas

Alvaro Odrisola «Bavariya» safida o'rtacha mavsum o'tkazdi, biroq yo'qolib qolgani yo'q. Qanot himoyachisi sifatida allaqachon progress namoyish etgan futbolchiga negadir Zidan ishonch bildirishni istamayapti. Hatto, Dani Karvaxalning jarohat olishi ham vaziyatga o'zgartirish kiritmadi. 

Zidan Odrisolaga ishonch bildirish o'rniga, Lukas Vaskesni qanot himoyachisiga aylantirishni afzal ko'rdi. Buni murabbiy qanday izohlashi juda qiziq. Qo'l ostingizda Ispaniya yoshlar jamoasining etakchisi va juda iqtidorli Odrisola turganida, 30 yoshli vingerni ortga surishdan nima naf? To'g'ri, Alvaroning ayni damdagi sport formasi maksimal daraja emas, biroq Zidan uni aynan Karvaxal bilan rotatsiya qilish uchun ijaradan qaytib olgan edi. Afsuski, Odrisola katta ehtimol bilan Zidanning rejalaridan o'rin egallamagan. Sababi, tez orada Nacho va Danilar jarohatdan forig' bo'ladi. Bu esa, qanot himoyachisi uchun deyarli butun mavsum davomida o'yin amaliyoti taqdim etilmasligidan dalolat. Buni murabbiy qanday izohlashi esa, noma'lum. 

Zidan ikkinchi Fegyuson bo'la oladimi?

Madridning «Real» jamoasi prezidenti Florentina Peres Zidanni «Real»ning Ser Aleksci bo'lishini bashorat qilgani ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa, ajab emas. Bunga ishonish mumkin. Sababi, Zizu jamoa bilan deyarli yutish mumkin bo'lgan barcha musobaqada g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. 

Uning jamoada qancha muddat ushlanib qolish faqat Zidanning o'zigagina bog'liq bo'lgan masala. Natijalar borasida biror narsa deyish noo'rin. Tez orada «Real»da avlodlar almashinuvi boshlashini lozim. Asosiy tarkibning deyarli 65 foizi 30 yoshdan oshgan futbolchilardan tashkil topgan. Bu esa, Zidanni oldinda juda og'ir mehnat kutib turganini bildiradi. Zayniddin futbolchi sifatida nimalarga qodir ekanligini barchaga isbotlab bo'lgan. Unga hech kimda hech qanday shubha yo'q, ammo murabbiyning o'zi qanday fikrda? U Ser Aleks singari butun umrini birgina klub ravnaqi va uning yuksalishi uchun sarflashga tayyormi? Ushbu savollarning javobi sizni ham biroz qiziqtirib qo'ygan bo'lsa, ajab emas. Futbol shunisi bilan boshqa sportdan keskin farq qiladi. Undagi kutilmagan burilishlar sababli muxlislar soni tobora ortib bormoqda. Shunday ekan, voqealar rivojini katta qiziqish bilan kuzatishda davom etamiz.

BestMaster
30 Oktyabr 2020, 22:00
zidanga, berilishi, lozim, bolgan, savol,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Зидан яхши мураби
31 Oktyabr 2020, 06:52
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads