Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ko'rishingiz shart! Futbol tarixidan so'ylovchi suratlar

Kristian Vieri "Atletiko"da atigi bir mavsum to'p surgan, biroq bu unga 24 ta gol kiritishga to'sqinlik qilmagan. Tug'ma hujumchi va tug'ma to'purar. 

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz. 

Kristian Vieri "Atletiko"da atigi bir mavsum to'p surgan, biroq bu unga 24 ta gol kiritishga to'sqinlik qilmagan. Tug'ma hujumchi va tug'ma to'purar. 

O'z zamonasining eng kuchli murabbiyi - Fabio Kapello 1996/97 yilgi mavsumda «Real» bilan ajoyib natijalarga erishgan. Ushbu g'alabalar zamirida esa, Myatovich va Rualning hissasi ulkan. 

«Tottenhem» grand jamoa emas? Teddi Sheringem va Yurgen Klinsmannlar yaqin o'tmishda shu klub safini himoya qilganini inobatga olsak, «shporlar»ni grand emas deyishga til bormaydi.

«Qirol» laqabli Redondo «yig'loqi» laqabli Bebetoga qarshi. Avvalari muxlislar har bir futbolchiga laqab qo'yishar, keyin ushbu laqablar ularni abadiy ta'qib etar edi. 

Mendieta «Valenciya»da juda chiroyli va ajoyib to'p surdi. Keyin jiddiy klublarda harakat qildi, biroq uni boshqa hech qachon hech kim jiddiy qabul qilmay qo'ydi. 

«Perotti raqiblarini bir zarbada uchtasini »er tishlatdi"" deb nomlangan surat. 

Belgiya va Eron terma jamoalarini boshqargan murabbiy Mark Vilmotsni ko'pchilik jismoniy tarbiya o'qituvchisi deb tanqid qilar edi. Aslida, esa...

Ektor Kuper «Valenciya» bilan ikki bor EChL finaliga etib borgan, biroq ikkisida ham alamli mag'lubiyat qabul qilib olgan. O'zbekiston terma jamoasida ham o'sha omadsizlik unga to'sqinlik qildi desak, adashmagan bo'lamiz. 

O'zbekistonda tug'ilgan nigeriyalik Odemvinge Argentina futbolchilarini dog'da qoldirish bilan band. Afsus, shu yigitni O'zbekistonda ushlab qolishning imkoni bo'lmadi...

Yaqin o'tmishning yorqin yulduzlaridan biri! To'purar Marko Di Vayo yodingizdami? 

«Vestafaliya 04» jamoasi arenasi yomg'irdan keyin...

«Barselona» jamoasi 1997 yilda Kubok egalari Kubogida zafar quchadi. G'alabaning asosiy sababchisi Ser Bobbi Robson chetda qolib, Joze birinchi planga ko'tarilmoqda. 

Keling, tan olaylik 2006 yildagi JCh yarim finalida Frantsiyaning Braziliyadan o'tishiga siz ham ishonmagan edingiz, ammo Zidan yana o'z kuchini ko'rsatgani vaziyatni o'zgartirib yuborgan edi. 

2011 yil. «San Paulo» muxlisi muxlisi o'z tribunasiga suzib bormoqchi shekilli?!

BestMaster
29 Oktyabr 2020, 23:30
korishingiz, shart!, futbol, tarixidan, soylovchi, suratlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Яхши
30 Oktyabr 2020, 18:10
 u7777u  
Суръат
30 Oktyabr 2020, 18:11
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads