Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kazemiro Gladbaxda durangni olib berdi. Lekin uning o'yinidagi pasayish "Real" natijalariga tasir o'tkazmoqda

"SHaxter" bilan o'yin sensaciya bo'lgan bo'lsa, "Borussiya" bilan o'yindagi natija – katta qiyinchilik bilan qo'lga kiritldi.

.
- Yuklab olish

O'yin so'nggida Kazemironing ikki vaziyatdagi samarali harakatlari "Real"ni ECHL guruh bosqichida qatorasiga ikkinchi mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Individual tayyorgarlik va taktik mahorat bobida "SHaxter" va "Gladbax"boshqa-boshqa daraja vakillari sanaladi, ammo ushbu ikki omadsizlikning sababi bo'lgan umumiy bir detal bordek.

Hayratlanarli, lekin hozirgi holatdagi Kazemironing o'yini "Real" uchun katta muammo bo'lmoqda. Ushbu mavsum Braziliya terma jamoasi vakili ishonchli o'yin ko'rsatolmayapti va avvalgidek katta hajmdagi ishni bajara olmayapti.

Kazemiro tayanch zonasida juda katta hududni "yopishiga" va Serxio Ramos (ko'proq), yoki Rafael Varan (kamroq) oldinga chiqqanda markaziy himoyadagi bo'shliqni to'ldirishiga o'rganib qolgandik. 

Bir so'z bilan aytganda Kazemiro vaziyatni avvalgidek o'qishda oqsamoqda va hammamiz o'rganib qolgan klassik variantini bazi epizodlardagina eslatmoqda. To'p uchun tashlanishlar va raqib yo'lini to'satdan to'sib chiqishlar, huddi "taom to'la tarelkaga tashlangandek" intilishlar kamayib ketgandek. 

Bugungi kunda Kazemiro o'zining ideal holatidan ancha uzoqda. Hamda bu himoyadagi o'yinini tartibga solishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan va karantindan keyingi holatiga qayta olmayotgan "Real" uchun jiddiy muammolardan biri.  

Kazemiro ayni kunga kelib o'zining ajoyib sport formasida emasligi kundek ravshan. Bunga intensiv grafikdan boshlab, zarur rotaciya yo'qligigacha (Valverde – sakkizlik, Blanko – hali juda yosh) ko'plab sabablar bo'lishi mumkin.

Kazemiroga bog'liqlik bilan ancha qiyin boshlangan mavsum startidan kurashish – Zidan uchun ham jiddiy chaqiruv. Ammo francuz braziliyalik shogirdini o'yinga tushirishda davom etmoqda. Balki bunga Kazemiro yo'qligida vaziyat undanda yomon bo'layotgani sababdir. 

Jamoa bu borada aniq rejaga ega va agarda pandemiya bilan bog'liq vaziyat yuz bermaganida, katta ehtimol bilan Eduardu Kamavinga yozdayoq Madridga ko'chib o'tardi. 

Zidan va shtabi ushbu vaziyatdan chiqib ketish yo'lini topa olmasa, avvallari tayanch zonasidagi harakatlari bilan himoyani boshqarib turgan Kazemironing jismoniy tayyorgarligidagi muammolar "Real"ga qimmatga tushishda davom etadi.

BestMaster
28 Oktyabr 2020, 12:00
kazemiro, gladbaxda, durangni, olib, berdi, lekin, uning, oyinidagi, pasayish, real, natijalariga, tasir, otkazmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 u7777u  
Мен бу гап га қушилмайман
28 Oktyabr 2020, 12:45
 u7777u  
Футбол да 11 футболчи уйнайди битта каземиро га боғлиқ имас
28 Oktyabr 2020, 12:47
 u7777u  
Хамада момо бор
28 Oktyabr 2020, 12:47
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads