Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Yuventus» «Jenoa» futbolchisiga qiziqib qoldi

Angliyaning «Tottenhem» jamoasi himoyachisi Davinson Sanches faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirib o'tishda davom etamiz.

Sanches «Everton»da?!

Angliyaning «Tottenhem» jamoasi himoyachisi Davinson Sanches faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Don Balon nashrining ma'lum qilishicha, ushbu transferni amalga oshirishni klubga Xames Rodriges tavsiya qilgan.

Eslatib o'tamiz, Davinson Sanchesning «shporlar» bilan shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan bo'lib, «irislar» uni 50 million evrodan kamiga qo'lga kirita olishmaydi.

«Milan»ga yaponiyalik futbolchi kerak

Milanning «Milan» jamoasi «Balonya» himoyachisi Takaxiro Tamiyasuni qo'lga kiritish fikridan qaytmadi.

"Calciomercato" nashrining ma'lum qilishicha, klub katta ehtimol bilan qishda yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi.

Manbaning ma'lum qilishicha, «Milan» Takaxiro uchun 15 million evro taklif qilmoqda, biroq «Balonya» o'z futbolchisini 25 milliondan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.

«Siti» Iskoga ko'z tikdi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi qishda «Real» yarim himoyachisi Isko bilan shartnoma imzolamoqchi.

«Todofichajes» nashrining ma'lum qilishicha, Madrid klubi Iskoni Zidanni tanqid qilgani uchun ham jamoada olib qolmoqchi emas. Shu bois, qishdayoq pleymeykerni transferga qo'yishga qaror qilgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, «Siti» Isko uchun «qirollik klubi»ga 40 million evro taklif qilmoqchi.

«Yuventus»ga «Jenoa» «olmosi» kerak

Turinning «Yuventus» klubi «Jenoa» jamoasining 18 yoshli yarim himoyachisi - Nikola Rovelloni o'z safiga qo'shib olmoqchi. 

Le Gazzeta Della Sport nashrining ma'lum qilishicha, Turin super klubi ishda yarim himoyachi uchun 8 million evro taklif qilmoqchi. Eldor Shomurodovning jamoasi esa, bu summani 10 million bo'lishini talab qilmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, muzokaralar allaqachon boshlangan. Transfer esa, uzog'i bilan yozda amalga oshadi.

Pogba ketadimi?!

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Pogba klub bilan o'rtadagi shartnomani yana bir yilga cho'zgan bo'lsada, klubda qolish niyatida emas. U o'yin amaliyoti kamligi sababli jamoasini o'zgartirmoqchi. Bu haqida, "Ekspress" nashri ma'lum qilmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, «qizil iblislar» shartnomani uzaytirish orqali uni bepul qo'yib yubormaslikni reja qilishgan. «Yunayted» yozda uning transferidan kelib tushadigan summani qo'lga kiritishni reja qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Pogba bilan «Yuventus» va «Real» jamoalaridan takliflar bo'lgan edi.

Mustafi aniq ketadi

Londonning "Arsenal" jamoasi markaziy himoyachisi Shkordan Mustafi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi aniq.

28 yoshli futbolchi klub tomonidan taklif qilingan yangi shartnomadan voz kechdi va boshqa klub bilan muzokaralar olib bormoqchi ekanligini rasman e'lon qildi.

Mustafi mavsum yakunlangach, Germaniya klublaridan biri bilan shartnoma imzolashni reja qilmoqda. Eslatib o'tamiz, 2021 yilning yozida uning "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi kuchini yo'qotadi.

BestMaster
28 Oktyabr 2020, 01:00
«yuventus», «jenoa», futbolchisiga, qiziqib, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads