«Barselona» klubi "Real"ga qarshi bahsni boshqarib borgan hakam Xuan Martines Munuera ustidan Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga shikoyat kiritdi.
Kataloniyaliklarning asosiy e'tirozi penaltiga qaratildi. Eslatib o'tamiz, Kleman Langle o'z jarima maydoni ichida Serxio Ramosning futbolkasidan ushlagani uchun referi VAR bilan maslahatlashib, o'z videotakrorni tomosha qilgach, 11 metrli jarima zarbasi belgilagan edi.
Bu orqali «Barsa» La liganing ushbu mavsumida VAR ishiga e'tiborni jalb qilmoqchi.