Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Bizda La Ligada 3 ta kubok finali bor va birinchi "Sevilya"ga qarshi o'yin.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 37-turidan o'rin olgan "Sevilya"ga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Rueda de prensa de Zinedine Zidane

"Bizda La Ligada 3 ta kubok finali bor va biz ertaga birinchisini boshlaymiz. Biz faqat "Sevilya" haqida o'ylayapmiz. Bu muhim ochkolarni qo'lga kiritish va kurashni davom ettirish uchun yana bir imkoniyat.Muxlislar bunga loyiq va ular bizni oxirigacha ko'tarishadi. Bu hal qiluvchi o'yin, qolgan o'yinlar ham va biz 3 ochko olish uchun mumkin bo'lgan barcha ishga qo'l uramiz".

"Futbolda kichik detallar muhim. Biz hozirgacha fenomenal bo'ldik. Biz Chempionlar Ligasi finalidamiz, La Ligada yaxshi harakat qilayapmiz, hozircha hech nimani boy bermadik. Biz jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi ishlayapmiz. Bu bizga oxirigacha qiyin uchrashuvlarda o'ynagan holda  ta'sir qilmaydi. Biz ertaga hamda chorshanba kuni o'ynaymiz va unda o'zgarishlar bo'lishi mumkin".

Muxlislar uchun maqtov

"Muxlislar hozirgacha yaxshi bo'lishdi, biz yutish va maqsadlarimizga erishish uchun ularni qo'llab-quvvatlashlariga muhtojmiz. Odamlar ko'p gapiradi va biz chalg'imasligimiz kerak. Biz faqat ertangi o'yin haqida o'ylashimiz kerak">

La Ligada 3 ta kubok finali haqida

"Ularga qarshi o'ynash qiyin. "Sevilya" butun yil davomida jadvalni tepasida bo'ldi va men ularni buyuk, deb o'ylayman, lekin biz bu o'yinlarni qiyinroq kechishini bilamiz. "Selta" va "Malaga" ular ham yaxshi o'ynashmoqda. "Malaga" oxirgi vaqtlarda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Lekin biz 3 tasidan birinchisi bo'lgan ertangi o'yin haqida o'ylayapmiz".

O'zining falsafasi haqida

"Bu yildan so'ng men o'zimni yaxshi his qilayapman. Faqat qattiq mehnat sizni yaxshiroq qilishi normal holat. Ular meni o'qitdi va men har kuni yaxshi tajriba olmoqdaman. Men barcha jabhalarda kuchli bo'lib borayapman, lekin bu asosiysi - yutish, degan ma'noni anglatmaydi".

"Biz qattiq ishlaymiz va qiladigan barcha ishimizga tayyormiz, mening texnik jamoam ajoyib va jamoaga katta xissa qo'shishmoqda, bu g'oyalarni oxirigacha o'ziga singdirgan va buni futbol maydonida ko'rsatgan o'yinchilarga yaxshi ta'sir qiladi. Jamoaviy mehnat - bu muvafaqqiyat kaliti. Bizda to'p bo'lmagan payti o'ynashimiz va himoyalanishimiz kerak va men buni futbolchilarga aytganman. Siz ularni professionalizmini olqishlashingiz kerak. Bu loyiha ortida ko'p odamlar ishlaydi va men ikkita narsani alohida ta'kidlab o'tishni xohlayman: ularni qattiq mehnati va biz o'ynayotgan yo'l".

Benzema uchun maqtov

"Men u uchun va odamlar Chempionlar Ligasi yarim finalidan keyin gapirgan gaplaridan xursandman. Men Karimni qanday insonligini bilaman va menga uni maqtash uchun qandaydir sabab kerak emas. Biz undan doim gol urishini so'raymiz, uning "Real Madrid"dagi raqami to'qqiz, lekin u ko'p narsani qilishni biladi va meni u sheriklari bilan qanday o'ynashi qiziqtiradi, shu bilan birga bizda yana gollarni taqdim etadiagan Krishtianu Ronaldu va Morata ham bor".

Pepe

"Unda ajoyib faoliyat bor. U 10 yil davomida katta ishlarni amalga oshirdi, lekin men keyingi yil nima bo'lishini bilmayman. U ertaga safda bo'lmaydi, chunki hali ham qovurg'asi bilan muammolari bor. U biz bilan shug'ullandi, lekin u to'liq tayyor holatda emas. Men Pepega nisbatan tavakkalga qo'l urmoqchi emasman".

Ikkita sovrin yutish imkoniyati

"Biz o'ynashimiz kerak bo'lgan faqat 4 ta o'yin bilan har qachongidan ham sovrinlarga yaqinmiz, lekin biz hali ham yutmadik va biz ketayotgan yo'limizda diqqatimizni jamlashimiz kerak: mehnatsevarlik, konsentratsiya va jadal o'yin. Biz bu mavsumda yaxshi ko'rindik va bizning maqsadlarimiz erishilish arafasi turibdi. Biz astoydil mehnat qilishda davom etishni xohlaymiz, qiyinroq sinovlar oldinda turibdi".

Beylni tiklanishi haqida

"Biz buni kuniga bir marta qabul qilishimiz kerak. U yopiq inshootda shug'ullanmoqda, lekin har kuni yaxshilanib bormoqda. Biz uni qanday ekanligini ko'ramiz, lekin u hozircha safga qaytmadi va men uni qachon qaytishini ayta olmayman. Men uni yaqinda safga qaytishiga umid qilaman".

Odamni boshqarish

"Mata to'g'ri, ajoyib nuqtai nazaridan: bu futbolchilar guruhini boshqarishni uddalash. Men shu taktikani afzal ko'raman. Buni bari muhim, lekin men Mataga qo'shilaman, erkaklarni boshqarish yanada muhimroq hisoblanadi".

 

BestMaster
14 May 2017, 12:00
zidan, bizda, ligada, kubok, finali, birinchi, sevilyaga, qarshi, oyin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads