Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ni rad etgan, og'ir jarohatdan tiklangan «yangi Messi» haqida

Stadion.uz «Barselona» klubi muxlislariga umid berishdan charchamayotgan Ansu Fati bilan yaqindan tanishtirib o'tishga qaror qildi. Bugun uning qisqagina faoliyati davomida bo'lib o'tgan ulkan voqealar haqida so'z boradi. 

.
- Yuklab olish

Stadion.uz «Barselona» klubi muxlislariga umid berishdan charchamayotgan Ansu Fati bilan yaqindan tanishtirib o'tishga qaror qildi. Bugun uning qisqagina faoliyati davomida bo'lib o'tgan ulkan voqealar haqida so'z boradi. 

Messi "bo'limoqda"

So'nggi 15 yil ichida Messi ilk bor maydondagi mavqeyini boshqa futbolchi bilan bo'lishmoqda. Bunaqasi avvallari sira kuzatilmagan edi. Xavi va Inesta davrida Leo maydonda o'z vazfisani maroq bilan bajar edi. Ronaldino davrida esa, o'ng qanot vingeri sifatida maydonga tushar, shunday bo'lsada jamoaning kelajagi ekanligi yaqqol ma'lum edi. 

Ansu Fati endina 17 yoshga qadam qo'ydi. Shunga qaramay, u o'z vaqtida 17 yoshli Ronaldu va Messidan ko'ra ko'proq gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. «Barselona»ning pisimis muxlislari Ansuga qarab turib Kirkichning omadsizligi eslashmoqda, ammo Boyan umuman boshqa turdagi futbolchi edi. Uni Fati bilan solishtirish mumkin emas. Uni Dembele bilan solishtirish adolatdan bo'ladi. Usman video o'yinlar sababli mashg'ulotlarga kech qolishda va transfer summasining keskin kamayib ketishida Ansudan oldinlab ketdi xolos. 

Ansu esa, xotirjam o'z ishini amalga oshirishda davom etmoqda. U Vengriya klubi darvozasiga o'zining EChLdagi ikkinchi golini kiritdi va mutlaq rekord o'rnatdi. Bundan tashqari, uning hisobida bitta assist ham mavjud. Quvonarlisi shundaki, uni UEFA birinchi turning ramziy jamoasiga joylashtirdi. Mana buni progress desa bo'ladi. 

Kumanga sayqallanmagan olmos topshirildi

Maktab o'quvchisiga professional futbolchining yuklamalarini yuklatish juda xavfli. Bundan tashqari, jismonan va ruhan zarba olishi ham mumkin. Eng yomoni esa, «yulduzlik» kasalligini «yuqtirib» olishi ham hech gap emas. Uning baxtiga, karantin e'lon qilindi va turli bar va klublar yopildi. Shunday bo'lsada, tez orada 18 yoshni qarshi oluvchi futbolchi uchun barcha eshiklar ochilishi mumkin. Bu esa, uning katta futbolga qadam qo'yishidagi eng katta muammolardan biri. o'tgan mavsumda qahramonimiz maydonda hayajonini bildirib qo'yayotgan edi, endi esa ancha sovuqqon va bosiq to'p tepmoqda. 

Shu o'rinda, uni Ispaniya terma jamoasi o'ziga og'dirib olganini alohida qayd etib o'tish darkor. 18 yoshga to'lmagan Gvineyalik bolakay Ispaniya terma jamoasida debyut uchrashuvini o'tkazdi. Evropaliklar Messini qo'ldan chiqargach, Ansu bilan ancha jiddiy ishlar olib borishdi va uni terma jamoaga jalb etishdi. 

Jamoa Depay bilan shartnoma imzolay olmagach, Dembelega imkon berdi. Afsuski, omadsizlik frantsuzni tark etmayapti. Bu vaziyatdan esa, Ansu Fati 100 foiz foyda olishga muvaffaq bo'lmoqda. Ayni damda, yaqin 10 yillikning eng kuchli futbolchisini qo'lga kiritishimiz, yoki uni boy berishimiz to'liqligicha Kumanning qo'lida. Murabbiy Ansu uchun o'yin amaliyotini ta'minlashi uchun Koutinoni markazga, Grizmanni chap qanotga ko'chirishi lozim. Balki, yanada boshqacharoq sxema o'ylab topar. Bunisi endi murabbiyning mahoratiga bog'li. U 17 yoshida butun dunyoning e'tiboriga tushgan futbolchini «oltin to'p» sari etaklab borishi, yoki Kirkichning kunini boshiga solishi mumkin. 

Ansu statistikada etakchi

Ansu birdan yarq etib ko'zga tashlangani yo'q. U stabillik bilan yuqoriga odimlamoqda. U qayd etayotgan statistika ham shundan dalolat bermoqda. Uning erta katta futbolga kirishi braziliyalik Ronaldoni ham havasini keltirayotgan bo'lsa, ajab emas. Mbappe va Xoland sababli dunyo futboli mashhurlikka juda tez erishayotgan yoshlarga ko'nikib qoldi. Fati ulardan so'ng eng mashhur futbolchi bo'libgina qolmay, ulardan o'zib ketishi, hatto o'zgacha bo'lishi ham mumkin. 
Ayni damda, bolalar avvalgidan ancha tez ulg'aymoqda.

Shu bois, Messi, Ronaldino, Ronaldu singari yaqin o'tmishning super yulduzlari 20 yoshda effekt berishni boshlagan. U asosiy tarkibdagi eng muhim futbolchi va uning transferi uchun klublar 200 million evro berishga ham tayyor. Shu faktorlarning o'ziyoq uning o'zgacha ekanligiga ishora bermoqda.

Ayni damda, «Barselona» og'ir kunlarni boshdan o'tkazmoqda. Yangi murabbiy, yangi uslub va yangicha yondashuv. Rahbariyat bilan ham aloqalar a'lo darajada emas. Shunday bo'lsada, Ansu stabil va ishonchli futbol ko'rsatishda davom etmoqda. Ayni damda, uni Messini asosiy tarkibdan siqib chiqarishi haqida yozishga erta. shunday bo'lsada, agar progress shu tempda davom etsa bu ish albatta sodir bo'ladi. Biroz vaqt lozim xolos. 

Maydondagi mo''jiza

U chinakam tug'ma iqtidor. Xuddi shunday bir necha yillar ilgari Jazoir va Kamerunlik ota-onadan dunyo kelgan Mbappe hammani lol qoldirgan edi. Eisebio ham aslida Mozambikdan. Jazoirlik Zidan haqidaku gapirmasa ham bo'ladi. Uni ispan nashrlari politsiyadan qochib kerayotgan muhojirga o'xshata boshlagan bo'lsada, Fati yaqin kelajakdagi futbol qiroli bo'lishi mumkin. 

Uni hech kim ko'tar-ko'tar qilgani yo'q. «Barselona» o'z akademiyasidagi iqtidorlarni turli videoroliklarini internetga joylash orqali piar qilishni hush ko'radi. Negadir Fati borasida klub bunday yo'l tutgani yo'q. Messi singari istalgan qanotda to'p surishga qodir o'ng oyoqda zarba beruvchi futbolchining tezligi ham joyida. Sovuqqonlik ham sekin-asta paydo bo'lmoqda. Uning transfer summasi ham tez orada 100 million evrolik davoni zabt etadi. Gvineyalik oddiy taksi haydovchisining 4-farzandi futbolchi bo'lmasligi ham mumkin edi. 13 yoshida oyoq tizzasini ikki joyidan sinishi sababli uning futbol bilan xayrlashishi haqiqatga yaqin edi. Qahramonimiz uzoq muddat futbolsiz qolgan bo'lsada, o'sishdan to'xtab qolmadi. Messining o'yinlarini qayta-qayta tomosha qilishdan charchamadi. Akademiyaga qaytgach, yana futbol bilan shug'ullanishni boshladi. Fatining o'yinlarini alohida e'tibor bilan kuzatayotgan muxlislar bilishadi. Fati hech qachon to'pni o'zi bilan ortiqcha olib yurmaydi. Tavakkal vaziyatlarda pas berishni hush ko'radi. 

Ansu allaqachon Ispaniya terma jamoasi uchun ham gol kiritishni uddaladi. «Barselona» esa, sekin-asta o'z fishkalarini namoyish etmoqda. Chap qanotdan markazga yorib kirib kuchli zarba yo'llashi, aql bilan vaziyatga baho berishi sababli uni Kuman tezda asosiy tarkib futbolchiga aylantirdi. U bitta o'yinning qahramoni emas, u raqib maydonchasiga yaqin yo'lni barchadan avval ko'ruvchi iqtidor egasi. Quvonarlisi shundaki, Fati hech narsani oshirib yubormayapti. Birigina teginish bilan to'pni darvozaga joylashga intilish ham shundan dalolat. To'g'ri, uning kuchli zarbasi yo'q, biroq o'yinni to'g'ri o'qiy olishi sababli yo'llagan zarbalari darvozabonlar uchun olib bo'lmasga aylanmoqda. 

Kike o'z vaqtida Ansuni markazga surib ko'rgan edi. Suaresning quruq tseriyasi davrida bo'lgan ish Kuman qo'l ostida takrorlanishi turgan gap. Gollandiyalik murabbiy sayqallanmagan olmosdan qanday foydalanish haqida bosh qotirmoqda.

E'tiborlisi shundaki, Fati ikkinchi Messi emas! u o'zgacha. Sodda va shu bilan birgalikda juda foydali hujumchi. Uning maydondagi harakatlarining deyarli barchasi oldindan o'ylangandek. Ayyorlik, yoki ortiqcha dribling unga begona. U Messining qiliqlari, o'yin manerasini ko'chirib olgan bolakay emas. Aks holda, Kuarejma tsingar omadsizlikka yuz tutgan bo'lar edi. O'z vaqtida Ronalduda ham iqtidorli sanalgan Rikardu «Barselona»da hech narsaning uddasidan chiqa olmagani ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. Fati esa, uning tamomila aksi. Ronaldino singari himoyachilarni aldab o'tishi yoki Xavi singari mayda pas berishi mumkin. U vaziyatdan kelib chiqib qaror chiqaruvchi o'zgacha futbolchi.



Ansu katta futbolga juda erta kirib kelgani uchun futboldan lazzat olishi mumkin. O'z vaqtida Messi va Ronaldu shu yo'sinda o'z-o'zidan zavqlangan edi. Endi esa, Fati har kuni yangi narsani o'rganishi, uni maydonda qo'llashi, tajriba orttirishi mumkin. Undan hech kim hech qanday natija talab qilmayapti. U tezda ko'tarilgan baland cho'qqida mahkam o'rnashib olishi lozim. Bunda uning uchun Messi va Ronalduda yo'q narsa, vaqt mavjud. Kelib chiqishi Afrikalik bo'lgan futbolchi katta janjallarga qaramay «Real»ni rad etgan va «Barselona»ni tanlagan edi. U ham xuddi Alfredo Di Stifano singari katta futbolga ikki ispan grandi o'rtasida kirib keldi. Faqat argentinalik futbolchi singari Madrid emas, Kataloniya foydasiga qaror chiqardi. Bugun Fati bolaligidagi orzusi - «Real Madrid»ga qarshi maydonga chiqadi. Sayyoramizning ayni damdagi eng iqtidorli yosh futbolchisining o'yinlariga e'tibor bering! 31 oktyabrda qahramonimiz 18 yoshni qarshi oladi. U yaqin 10 yillikning eng kuchli futbolchisi bo'lishi mumkin. Shu bois, uning to'liq ismini bilib qo'yish zarar qilmaydi. Anssumane Fati Viera! «Qizil Furya» debyutanti va «Barselona»ning kelajag umidi! Kataloniya super klubining umidi ko'z o'ngimizda ulg'aymoqda. Shu bois, bu daqiqalardan lazzat olishga intiling. Bugungi «el-klasiko»ni tomosha qiling! Bugun Fati bolaligidagi orzusi - «Real Madrid»ga qarshi maydonga chiqadi.

BestMaster
24 Oktyabr 2020, 15:30
«real»ni, etgan, ogir, jarohatdan, tiklangan, «yangi, messi», haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads