Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kurtua «el-klasiko» oldidan fikr bildirdi: "Agar jamoamiz ahil bo'lsa, raqib bizni mag'lub etishi qiyin bo'ladi"

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Barselona» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan "el-klasiko" haqida fikr bildirdi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Barselona» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan "el-klasiko" haqida fikr bildirdi.

«Bu - Siz ishtirok etishni orzu qilgan, har ikki jamoa ham g'alaba qozonishni xohlagan muhim uchrashuv. Umid qilamanki, bu «Barselona»ni mag'lub etishimiz uchun yordam beradi.

"El-klasiko" ikki etakchi klublarning joriy mavsumdagi ilk uchrashuvi. Hali mavsum uzoq bo'lsa-da, ushbu uchrashuvdagi uch ochko boshqa uchrashuvlardagi kabi muhimdir.

Uchrashuvlar jadal davom etmoqda. Agar biz g'alaba qozonsak xotirjamlikka berilmaslik kerak, chunki, g'alaba qozonishda davom etishimiz kerak. Agar natija boshqacha bo'ladigan bo'lsa, Sizga ta'sir qilishiga yo'l qo'ymasligingiz kerak.

Ishonch va mag'rurlik g'alaba qozonishni muhimlashtiradi. Yaxshi va qiyin o'yin bo'ladi. Dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan uchrashish doim yoqimli. Faoliyatim davomidagi juda yaxshi lahzalarni boshdan o'tkazyapman. Haliyam hammasini yaxshilash uchun vaqt bor deb o'ylayman.

Hozir men o'ynayotgan klub uchun ajoyib lahza. Bu dunyoning eng kuchli klubi va ko'plab sovrinlarni yutish uchun biz shu erdamiz. Agar jamoamiz ahil bo'lsa, raqib bizni mag'lub etishi juda qiyin bo'ladi», – dedi belgiyalik darvozabon.

BestMaster
24 Oktyabr 2020, 01:30
kurtua, «el-klasiko», oldidan, fikr, bildirdi, agar, jamoamiz, ahil, bolsa, raqib, bizni, maglub, etishi, qiyin, boladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads