O'tgan turda musobaqa etakchilarining ochko yo'qotishi, kutilmagan natijalardan so'ng bu turda bizni “El-klasiko” kutib turganini inobatga olsak shubhasiz Ispaniya chempionati APL dan qolishmayotgani ko'rinadi. Keling, oldimizda bizni kutib turgan turning prevyusini sizlarga havola etamiz.23.10 23:59 (Toshkent vaqti) “Elche” – “Valensiya”Dastlab turnir jadvaliga nazar soladigan bo'lsak har ikki jamoa yonma-yon turganini ko'rishimiz mumkin. O'tgan turda “Elche” ham, “Valensiya” ham mehmonda o'z o'yinlarini o'tkazishdi va “Elche”da g'alaba (0:2), “Valensiya”da mag'lubiyat (2:1). O'zi valensiyaliklarning bu mavsumda ishlari joyida emas. SHu kungacha 6 tur o'tkazgan jamoa 2 marta g'alabaga erishgan bo'lsa, 1 marta during o'ynagan. Qolgan 3 tasida esa mag'lubiyat, 7 ochko. “Elche” ham 7 ochkoga ega, biroq jamoa bu uchun 4 o'yin sarflyagan (2 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat).O'zaro o'yinlar: La liga doirasida ikki jamoa o'zaro 42 marotaba kuch sinashishgan bo'lsa, shundan 12 tasida “Elche”, 21 tasida “Valensiya” g'alaba qozongan. 9 martada esa jamoalar durangga imzo chekishgan. To'plar nisbati: 35-64.Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:Xosema Sanches, Nino, Lukas Boe, Migel Garrido, Gvido Karrilo (“Elche”). Joffrey Kondogbia, Elyakim Mangala (“Valensiya”).
Elche | LaLiga . 7-tur 24/10/2020, 00:00 - : - Boshlanmadi | Valencia |
Stadion: Estadio Martinez Valero
Bosh hakam: Cesar Soto
Match-senterda ochish24.10 19:00 (Toshkent vaqti) “Barselona” – “Real Madrid”La Liga 7-tur uchrashuvlarining ikkinchi bahsi shubhasiz turning markaziy o'yini – “El klassiko”. Barcha muxlislar intiqlik bilan kutgan mazkur uchrashuvga jamoalar o'tgan turda uchralgan mag'lubiyat bilan etib kelishdi. ECHL doirasida esa “Barselona” o'z uyida yirik hisobda g'alabaga erishgan bo'lsa (5:1), “Real Madrid” “SHaxtyor”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (2:3). Madridliklarning “Kadis”dan, “ko'k-anorranglilar”ning esa “Xetafe”dan 6-turdagi mag'lubiyatini ko'pchilik ayni shu o'yinga o'zlarini asrash deya baholashdi. 5-turdan so'ng turnir jadvalida peshqadam bo'lib turgan poytaxt jamoasi hozircha 3-o'rinda (10 ochko). Kataloniyaliklar esa 9-o'rinda joylashgan (7 ochko) va qizig'i “Barselona” “Real”ga qaraganda 1 o'yin kam o'tkazgan.O'zaro o'yinlar: Jamoalar umumiy 277 marta o'yin o'tkazgan va g'alabalar bobida “Barselona” ustun (115-100). La Liga doirasidagi uchrashuvlarda esa “Real” bir g'alaba evaziga ustun (72-73). To'plar nisbati esa teng – 288-288. SHunchaki ajoyib natija!Jamoalaring jarohatlangan futbolchilari:Mark-Andre ter SHtegn, Mateus Fernandes, Jordi Alba, Samuel Yumtiti (“Barselona) - Eden Azar, Alvaro Odriosola, Daniel Karvaxal, Martin Edegor, Mariano Dias (“Real Madrid”).
Barcelona | LaLiga . 7-tur 24/10/2020, 19:00 - : - Boshlanmadi | Real Madrid |
Stadion: Camp Nou
Match-senterda ochish24.10 21:30 (Toshkent vaqti) “Sevilya” – “Eybar”Jamoalarning turnir jadvalidagi o'rniga etibor berib oralaridagi farq kattaligini aytishingiz mumkin (“Sevilya” 10-o'rin, “Eybar” 16-o'rin). Lekin bir jihat bor, ushbu o'yindagi “Eybar”ning g'alabasi ularni “Sevilya”dan oldinga o'tkazib yuboradi. Ammo o'tgan turda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan sevilyaliklar bunga yo'l qo'yarmikin?! 6 o'yindan so'ng 6 ta to'p o'tkazib yuborgan “Eybar” 5 ochkoga ega va “xavfli zona”ga yaqin, mag'lubiyat esa ularni ahvolini og'irlashtiradi. Demak, bizni oldinda ajoyib bahs kutib turibdi.O'zaro o'yinlar: 17 bor o'zaro to'qnash kelgan jamoalar, shundan 12 tasini La Liga doirasida o'tkazishgan va 6 marta “Sevilya”, 2 marta “Eybar” g'alaba qozongan bo'lsa, 4 o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan.Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:Jyul Kunde, Ussama Idrissi, Karim Rekik (“Sevilya”). Pedro Leon, Edu Esposito, Xose Anxel, Resio (“Eybar”).
Sevilla | LaLiga . 7-tur 24/10/2020, 21:30 - : - Boshlanmadi | 23 Oktyabr 2020, 13:15 liga, klasiko, boshqa, oyinlar, uchun, prevyu, Ulashish Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
![]() |