Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Vinicius «Real» nima uchun mag'lubiyatga uchraganini ma'lum qildi

Evropa Chempionlar Ligasi doirasida tunda bo'lib o'tgan uchrashuv ko'pchilikni hayron qoldirgan bo'lsa, ajab emas. Madridning «Real» jamoasi o'z uyida 10 ta futbolchisi COVID-19 sababli maydonga tusha olmagan «Shaxtyor»dan 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdan so'ng, «qaymoqranglilar» a'zosi Vinitsius vaziyatga o'z munosabatini bildirdi.

.
- Yuklab olish

Evropa Chempionlar Ligasi doirasida tunda bo'lib o'tgan uchrashuv ko'pchilikni hayron qoldirgan bo'lsa, ajab emas. Madridning «Real» jamoasi o'z uyida 10 ta futbolchisi COVID-19 sababli maydonga tusha olmagan «Shaxtyor»dan 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdan so'ng, «qaymoqranglilar» a'zosi Vinitsius vaziyatga o'z munosabatini bildirdi. 

«Tan olish lozim, biz bugun juda yomon uchrashuv o'tkazdik. Hech narsa o'xshamadi, ammo biz bir kemadamiz. Bugun maydondagi birorta futbolchi Zidan o'yindan oldin talab qilgan vazifalarini bajarmadi. Endi bor e'tiborimizni mashg'ulotlarga qaratishimiz lozim. Evropa Chempionlar Ligasidagi mag'lubiyat bilan hayot to'xtab qolmaydi. Bizni oldinda »Barselona« bilan "La Liga" doirasidagi uchrashuv kutib turibdi. Bor e'tiborimizni o'sha bahsga qaratishga harakat qilamiz.

Biz «Kadis»dan uchralgan mag'lubiyat singari birinchi bo'limni to'liq raqibga topshirib qo'ydik. Aynan birinchi bo'lim faktori yakunda hal qiluvchi omil vazifasini o'tab berdi. Raqibni birinchi bo'limda Zidan istaganidek kuchli pressing bilan qiyin ahvolga solishimiz lozim edi, biroq buni uddalay olmadik. Oqibatda, gollar o'tkazib yubordik. Shunday bo'lsada, ikkinchi bo'limda ortga qaytdik.

Endilikda, ko'proq mashg'ulot o'tkazishimiz lozim. O'z sport formamizni to'liq tiklab olishimiz juda muhim. Oldinda bizni mavsumning eng muhim uchrashuvlari kutib turibdi. Mavsumni juda yaxshi boshladik, biroq ketma-ket mag'lubiyatlarga uchradik. Shunday bo'lsada, yakunda sovrin yutishimiz lozim. Buning uchun esa, barchasini unutib oldinga qadam tashlashda davom etish lozim."

BestMaster
22 Oktyabr 2020, 12:30
vinicius, «real», nima, uchun, maglubiyatga, uchraganini, malum, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads