Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real» sensatsion tarzda mag'lub bo'ldi

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turi doirasida «Real» o'z uyida «Shaxtyor»ni qabul qilib, sensatsion tarzda mag'lub bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turi doirasida «Real» o'z uyida «Shaxtyor»ni qabul qilib, sensatsion tarzda mag'lub bo'ldi.

Ukrainaliklar Madridga asosiy tarkibning 7-8 nafar a'zosini olib kela olishmagan edi. Shunga qaramay, "konchilar" o'yin boshida butun jamoa bo'lib himoyalandi, keyinchalik to'pni nazorat qila boshladi, undan so'ng qarshi hujumlar va bo'limning ikkinchi yarmida pozitsion hujumlar tashkil eta boshladi.

Birinchi bo'lim to'laligicha "Shaxtyor" hisobiga yozildi. Ular dastlab 100 foizli ikki imkoniyatdan foydalana olmagan bo'lishcha, keyinchalik tanaffusga qadar bir emas, ikki emas, naq 3 marta "Real" darvozasini ishg'ol qilishdi.

Zidan esa ikkinchi bo'lim boshida maydonga Benzemani tushirdi. 54-daqiqada esa Modrich olis masofadan aniq zarba bilan "Madrid"ning qaytishini boshlab berdi. Oradan besh daqiqa o'tib Vinisius Junior maydonga tushdiyu, o'sha zahoti raqibdan to'pni "o'g'irlab" ketib, hisobni 2:3ga etkazdi.

Shundan so'ng "Shaxtyor" o'ziga kelib olib, xavfli hujumlar tashkil eta boshladi. Birinchi bo'lim qahramoni Tete ikkita o'ta qulay vaziyatlardan foydalana olmadi.

O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda Valverde 16 metrdan zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qildi. Ammo zarba paytida ofsaydda turgan Vinisius darvozabon nigohlarini to'sib turgani uchun gol bekor qilindi.

Shu tariqa, "Real"ning kambeki amalga oshmay qoldi va jamoa EChLni mag'lubiyat bilan boshladi.

Evropa chempionlar ligasi, "V" guruhi. 1-tur
Real Madrid Ispaniya – Shaxter Ukraina 2:3 (0:3, 2:0)
Gollar: 0:1 – 29 Tete, 0:2 – 33, avtogol Varan, 0:3 – 42 Solomon, 1:3 – 54 Modrich, 2:3 – 59 Vinisius Junior.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Mendi, Militao, Modrich (Kroos, 70), Kazemiro, Rodrigo (Benzema, 46), Valverde, Asensio, Yovich (Vinisius Junior, 59).
Shaxtyor – Trubin, Kornienko, Dodo, Bondar, Xocholava, Markos Antonio (Vyunnik, 90), Solomon (Vitao, 90), Tete, Maykon, Dentino (Sudakov, 86), Marlos.
Ogohlantirishlar: Kornienko (8), Asensio (34), Bondar (83), Militao (87).

BestMaster
22 Oktyabr 2020, 00:00
«real», sensatsion, tarzda, maglub, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads