Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Besh yildan so'ng Madridga qaytgan "konchilar". "El klasiko" oldidan "Real" uchun yana bir sinov

.
- Yuklab olish

Bugun Evropa Chempionlar Ligasining ilk turi doirasidan o'ri olgan bahsda Ispaniya La Ligasining amaldagi g'olibi, Madridning "Real" jamoasi o'z uyida "Shaxtyor"ni qabul qiladi. Musobaqaning "B" guruhidan o'rin olgan bu ikki jamoa bahsi Toshkent vaqti bilan 21:55 da o'tkazilishi belgilangan. Ikki yillik tanafusdan so'ng madridliklar "shalpangquloq" kubokni boshlari uzra ko'tarish umidida Chempionlar Ligasidagi dastlabki yurishini boshlaydi. Bir qaraganda nisbatan kuchsizroq ko'ringan Donetsk vakillari bilan bo'ladigan bu o'yinda "Real"ga oson bo'lmasligi aniq. "Santyago Bernabeu"da o'tgan so'ngi sakkiz bahsning birortasida mezbonlarni mag'lub eta bilmagan bo'lsada, 2015-2016 yilgi mavsumda "Shaxtyor" o'z uyida 4:0 hisobi bilan ham xotirjamlikka berilib bo'lmasligini aynan madridliklarga uqtirib qo'ygan edi. Bundan tashqari "qaymoqranglilar" navbatdagi "el klasiko" uchun ham kuchlarini tejashlari lozim bo'ladi. Ketma-ket to'rt karra Ukraina chempionlari bu bahsda sakkiz yillik omadsizlik uchun Madriddan badal so'rashlari ehtimoldan yiroq emas.

JAMOADAGI O'ZGARIShLAR.

Ayni vaqtda Eden Azar, Martin Edegor, Alvaro Odriosola kabi futbolchilar jarohatlari sabab bu o'yinda "Real"ga yordam bera olishmaydi. Serxio Ramos esa Kadisga qarshi o'yinda olgan jarohati sababli ushbu bahsni o'tkazib yuborishi mumkin. Shu sabab Madrid markaziy himoyasida katta ehtimol bilan Varan hamda Militao harakat qilishadi. O'ng qanot himoyasida Nacho varianti yuqoriroq bo'lsa, chap qanotda Millatlar Ligasi bahslarini o'tkazib qaytgan Mendi harakat qilishi mumkin. Hujum chizig'i vakillaridan Karim Benzimaga "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan dam berilishi ehtimolining yuqoriligi Luka Yovich uchun imkoniyat eshigining ochilishidan darak beradi.

"Konchilar"ga kelsak, asosiy tarkib futbolchilari Junior Morayes va Mikola Matvienkolarning bugun o'yinga tushishlari noma'um bo'lib turibdi.

Bu mehmonlar uchun katta zarba bo'lishi mumkin, chunki Morayes Chempionlar Ligasining 12 o'yinida sakkizta golda bevosita ishtirok etgan. Ya'ni, Morayes 2018-yildan to hozirgacha "Shaxtyor"ning EChL dagi eng sermahsul o'yinchisi hisoblanadi.

Maksim Malishev, Ismailiy va Serhi Krivtsovlar jarohatlari tufayli maydonga tusha olmasligi m'lum qilindi.

TAXMINIY TARKIBLAR

"Real Madrid": Kurtua, Nacho, Varan, Militao, Mendi, Valverde, Kazemiro, Kroos, Rodrigo, Yovich, Vinisius

Jarohat olgan futbolchilar: Martin Edegor, Alvaro Odriosola, Eden Azar, Serxio Ramos,

"Shaxtyor" boshlang'ich tarkibi: Trubin, Dodo, Xoxolava, Bondar, Korniienko, Maykon, Patrik, Marlos, Kovalenko, Tayson, Dentino

O'yinni o'tkazib yuborishi mumkin bo'lgan futbolchilar: Maksim Malishev, Ismailiy, Serhe Krivtsov.


Shaxboz Qaxxorov tayyorladi

BestMaster
21 Oktyabr 2020, 17:30
yildan, song, madridga, qaytgan, konchilar, klasiko, oldidan, real, uchun, yana, sinov,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads