Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL.Bugun tunda bizni qanday uchrashuvlar kutib turibdi?! Prevyu

Stadion.uz bugun tunda start oluvchi Evropa Chempionlar ligasi uchrashuvlari tartibi bilan tanishtirib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz bugun tunda start oluvchi Evropa Chempionlar ligasi uchrashuvlari tartibi bilan tanishtirib o'tadi.

Bugun «Barselona», «Yuventus», PSJ, «Chelsi», «Manchester Yunayted» singari grandlar turniridagi ilk uchrashuvini o'tkazadi. Shuningdek, «Krasnodar», «Renn» kabi klublar uchun ham bugun o'zgacha kun. Ular o'z tarixida ilk bor EChLda debyut qilishlari kutilmoqda. Xo'sh, uchrashuvlar qanday tarkibda boshlanadi? 

E guruhi. «Renn» : «Krasnodar» (00:00)

Yuqorida zikr qilinganidek, ushbu jamoalar musobaqadagi o'zining ilk uchrashuvini o'tkazadi. Frantsiyada bo'lib o'tuvchi bahsda ikki jamoaning ham imkoniyatlari bir xil, biroq «Renn» biroz favoritdek ko'rinmoqda. Shunday bo'lsada, Murad Musaev shogirdlari turnirda ishtirok etish uchun saralash bosqichida qanday o'yin namoyish etganini unutmaslik lozim. Umuman olganda, ikki debyutant o'rtasidagi o'yin qiziqarli o'tishi aniq. To'g'ri, mashhur nomlar yo'q, ammo chiroyli futbol kafolatlangan.

E guruhi. «Chelsi» : «Sevilya» (00:00)

Guruhda birinchi o'rin uchun asosiy da'vogarlar o'rtasida bahs qiziqarli o'tishi turgan gap. ingliz va ispan klublari to'qnashuvi doimo tomoshabob futbolni taqdim etgan. «Chelsi» o'zining yangilangan ko'rinishida amaldagi EL g'olibiga qarshi maydonga tushadi. "Aristokratlar«ning chempionatda ishlari yaxshi emas, ammo bu musobaqa startidagi eng muhim bahsda unutilishi lozim. Umuman olganda, "E" guruhining markaziy uchrashuvini o'tkazib yubormang.

Taxminiy tarkiblar

«Chelsi»: Kepa Arrisabalaga - Ris Jeyms, Kurt Zuma, Andreas Kristensen, Ben Chiluell - Ngolo Kante, Jorjinyo, Hakim Ziesh, Kay Xavers, Meyson Manunt - Timo Verner (4-5-1).

«Sevilya»: Yassin Bunu - Xesus Navas, Serxi Gomes, Diego Karlos, Markos Akunya, Joan Jordan, Ferando, Ivan Rakitich, Suso, Lyuk de Yong, Lukas Okampos (4-3-3).

F guruhi. «Zenit» : «Bryuge» (21:55)

Rossiya klubi vaqt tafovuti sababli bugungi o'yinlar tseriyasini birinchilardan bo'lib boshlab beradi. Semak shogirdlari Belgiyalik uyushqoq jamoaga qarshilik ko'rsatishi lozim. Dzyuba va Azmun tandemi bugun iqtidorlarga to'la Belgiya klubini mag'lub eta oladimi? Buni bir necha soatlardan so'ng boshlanishi kutilayotgan uchrashuvda bilib olishimiz mumkin.

F guruhi: «Latsio» - «Borussiya» Dortmund (00:00)

Bu bahs «burgutlar» etakchisi Chiro Immobele uchun juda muhim. Sababi, o'z vaqtida italiyalik hujumchi Dortmundda o'z o'yinini topa olmagan va faoliyati xavf ostida qolgan edi. Endi esa, u yana o'z darajasiga ko'tarilib oldi. o'tgan mavsumda 36 ta gol bilan «oltin butsa»ni qo'lga kiritgan futbolchidan rimliklarning umidi katta. «Borussiya D» esa, yoshartirilgan tarkibi bilan guruhda asosiy favorit bo'lib turibdi. Bugun Sancho, Reyna va Xoland uchligi maydonda «mo''jiza» ko'rsata oladimi? Barchasiga tez orada javob olishimiz mumkin.

Taxminiy tarkiblar

«Latsio»: Tomas Strakosha - Patrik Gabarron, Franchesko Acherbi, Uesli Xudt - S. Milinkovich-Savich, Lukas Leyva, Muhammad Fares, Marko Parolo, Luis Alberto - Chiro Immobile, Xoakin Korrea (3-5-2).

«Borussiya»: Roman Byurki - Lukash Pishchek, Mats Xummels, Tomas Delayni - Tomas Mene, Jud Bellingem, Aksel Vitsel, Rafael Gerreyru, Marko Roys - Sancho, Xoland (3-5-2).

G guruhi: «Dinamo» Kiev - «Yuventus» (21:55)

«Zenit» singari «Dinamo Kiev» jamoasi ham Toshkent vaqti bilan ertaroq maydonga chiqib keladi. Luchesko shogirdlari saralash bosqichida deyarli muammoga uchragani yo'q. Bugun esa, Chempionatda biroz oqsayotgan Pirlo shogirdlari bilan to'qnash kelishi kutilmoqda. Ayni damda, «Dinamo» deyarli iqtidorli futbolchilardan tashkil topgan. To'g'ri, klubning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari yaxshi emas, ammo bu yosh futbolchilarni reklama qilish uchun ajoyib imkoniyat! «Yuve» esa, Ronaldusiz maydonda harakat qilishga majbur. Bu ularning o'yiniga qanday ta'sir ko'rsatishi hozircha noma'lumligicha qolmoqda. Bu bahsda «Yuventus» favorit, ammo «Dinamo»dan ham hamma narsa kutish mumkin.

G guruhi: «Barselona» - «Fenerbaxche» (00:00)

Kataloniya klubi uchrashuvga futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun akademiyaga murojaat etdi. Ayni damda, 3 ta futbolchi klub safida YChLda debyut qilish imkoniga ega. Ronald Kuman uchun juda muhim sinovga aylanadi bugungi uchrashuv. Gollandiyalik murabbiy «La Liga»da «Xetafe»dan mag'lub bo'lgach, bugun o'z g'oyalariga sodiq qoladimi? Vengriya klubi ustozi Rebrov o'z vaqtida «Barselona» darvozasini 3 bor ishg'ol qilishni uddalagan. Murabbiylikda ham bu tryukni qaytara oladimi?!

H guruhi: PSJ - MYu (00:00)

Bugungi uchrashuvlar orasidagi eng markaziy bahs! Ushbu kvartetni bejizga «qasos» guruhi deb atamadik. O'tgan mavsumda musobaqa finalida o'ynagan Parij klubi g'alaba uchun asosiy da'vogar, ammo ingliz klublarini erta kurashdan chiqarish mumkin emas. Sulsherning kursisi qimirlab qolganini inobatga olsak, bugungi bahsning qadri juda baland. «Qizil iblislar»ning pley-offga yo'llanma olishi guruhdagi barcha uchrashuvlarda ochko jamg'arish lozim.

Taxminiy tarkiblar:

PSJ: Keylor Navas - A. Florensi, Abdu Diallo, P. Kimpembe, Kurzava - Idrissa Gee, A. Errera, Rafinya - Di Mariya, Mbappe, Neymar (4-3-3).

MYu: De Xea - Uan-Bissaka, Lindelyof, Tuanzebe, Telles - Maktominey, Pogba, Mata, Fernandesh - Reshford, Marsyal (4-4-2).

H guruhi: «Leyptsig» - «Istanbul Bashakshexir» (00:00).

«Buqalar» Turkiyaning amaldagi chempionlarini sinovdan o'tkazadi. Afsuski, «Istanbul» bu bahsga biroz tushkun kayfiyatda tashrif buyurmoqda. Jamoa Super ligada so'nggi pog'onada bormoqda. Boz ustiga, Klishi va Robinolar endi tarkibda emas. «Buqalar» esa, o'tgan mavsumda musobaqaning yarim finaliga qadar etib keldi. Bugun turk klubiga oson bo'lmasligi aniq.

BestMaster
20 Oktyabr 2020, 20:00
echlbugun, tunda, bizni, qanday, uchrashuvlar, kutib, turibdi?!, prevyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads