Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Evropa chempionlar Ligasi: tarixdan bugungacha - siz bilgan va bilmagan qiziqarli ma'lumotlar

.
- Yuklab olish

Bugundan UEFA chempionlar ligasining yangi 2020/21yilgi mavsumiga start beriladi. "Zenit" - "Bryugge" hamda "Dinamo Kiev" - "Yuventus" jamoalari o'rtasidagi dastlabki ikki juftlik bugunning asosiy bahslari ro'yxatidan o'rin olgan.

Musobaqaning ushbu mavsumi avvalgilariga qaraganda biroz noodatiyroq taqvimda kechishi kutilmoqda. Shunga qaramay, bu yilgi turnir muxlislarga o'zgacha natijalar va yuqori haroratli futbolni va'da qilishi turgan gap.

Biz esa quyida Chempionlar Ligasi haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etamiz.

Ushbu turnir qit'aning eng nufuzli musobaqasi hisoblanib, jahon miqyosida ham hamisha eng yuqori reytinglarda e'tirof etiladi. Tashkilotchi asotsiatsiya hisoblangan UEFA har yili translyatsiyalar biznesidan rekord summadagi mablag'larni ishlab oladi. Musobaqa tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, dastavval tashkil etilgan yillari - 1955/56 yilgi mavsumda boshqacharoq nomda o'tkazilganiga guvoh bo'lamiz. Evropa Chempionlar kubogi deb yuritilgan turnirda rosmanasiga o'z davlatlarining g'oliblari kuch sinashishgan va barcha qarama-qarshiliklarga faqatgina pley-off tizimida oydinlik kiritilgan.

Lekin tarixni yana-da aniqlashtiradigan bo'lsak, 50 yillargacha ham Evropa klublarining ma'lum bir musobaqalar nomi ostida bahs olib borganliklariga guvoh bo'lamiz. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, kichikroq qamrovda faqatgina Avstriya-Vengriya ittifoqining yirik jamoalari o'zaro uchrashuvlarda maydonga tushishganliklari turli manbalarda keltirib o'tiladi. Ushbu o'yinlar Xugo Meysl tomonidan tashkil etilgan "Mitropa" kubogi doirasida o'tkazilgan.

Lekin qit'aning turli mamlakatlari milliy klublarini bir erga yig'ish g'oyasi 1930 yilda ilgari surilgan va turnir Jenevada bo'lib o'tgan.

Barchamiz bilgan hozirgi musobaqaning tarixiy asoschisi esa Gabriel Ganot hisoblanadi. Asl kasbi jurnalist va futbolchilikdan iborat bo'lgan bu inson zamonaviy Oltin to'p mukofoting ham asoschilaridan biri sifatida e'tirof etiladi. "L'Equipe"da ishlab yurgan kezlari Gabriel futbol bo'yicha xalqaro miqyosdagi musobaqani tashkil etish kerakligini o'z gazetasida bir necha bor ta'kidlab o'tadi hamda qit'a qo'misitasini ushbu qarorining ijrosi bo'yicha ko'ndirishga erishadi. Shunday qilib uning boshchiligidagi birinchi Chempionlar kubogi 1955 yilda o'tkaziladi. 16 ta jamoa ishtirok etgan musobaqaning ochilish bahsi "Sporting" va "Partizan" klublari o'rtasida bo'lib o'tgan. Ilk golga esa Joao Baptista Martins mualliflik qilgan. Final bahsi "Park de Prens" o'yingohida o'tkazilgan bo'lib, "Real Madrid" "Reyms"ni 4-3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Keyingi yil tashkil etilgan Chempionlar kubogining to'rttasida ham "qaymoqranglilar"ning qo'li baland keladi hamda ketma-ket besh marta tengsiz deb topilgan yagona jamoaga aylanib olishadi.

Chempionlar kubogining deyarli har bir mavsumidan e'tiborga molik jihatlarni talaygina topish mumkin. 1960 yilgi final musobaqa tarixidagi eng ko'p gol kiritilgan yakun sifatida eslanadi. "Real Madrid" Glazgoda "Ayntraxt"ni taslim etgan oqshom Frenk Pushkashning pokeri hamda Alfredo Distefano tomonidan qayd etilgan xet-trik hisobni 7-3 ko'rinishiga keltirgan edi.

Ushbu turnirni bezab beruvchi omillardan bir bu shubhasiz, uning madhiyasi hisoblanadi. Har ikki jamoa maydonga chiqib kelishi arafasida yangraydigan ushbu tantanavor madhiyaning matni mashhur britaniyalik bastakor Toni Brittenga tegishli bo'lib, musiqasi 1727 yilgi Jorj Gendel tomonidan qirolning toj kiyish marosimi uchun yozilgan asarining qayta kompozitsiyadan o'tgan mahsuli hisoblanadi. Ilk bor 1992 yili Londonning Sent-Martin xor ijrochilari tomonidan ijro etilgan. Ushbu musiqaning jzibasi va kreativligi yildan yilga ortayotganini alohida ta'kidlab o'tish joiz. 2018 va 2019 yillari o'tkazilgan Kiev hamda Madrid finallarida musobaqa madhiyasining keng ommaga o'ziga xos shakldagi instrumental versiyasi taqdim etildi.

Chempionlar Ligasi g'olibiga "shalpangquloq" kubokning sovg'a qilib berib yuborilishidan xabaringiz bor. Kubokning ushbu ko'rinishiga keltirilgan versiyasi 1967 yildan beri amalda bo'lib kelmoqda. Qiziqarli jihati, 2008 yilgi mavsumga qadar musobaqani 5 va undan ko'p yutgan hamda ketma-ket 3 marotaba tengsiz deb tan olingan jamoaga maxsus rasmiy kubok topshirib kelingan. Ushbu sovringa shu paytgacha "Real Madrid", "Ayaks", "Milan", "Liverpul" hamda "Bavariya" klublari ega chiqishgan. Bugungi kundagi zamonaviy kubok 74 sm uzunlikka ega bo'lib, og'irligi 11 kg ni tashkil etadi.

Shuningdek, Chempionlar Ligasining deyarli har bir mavsumida o'ziga xos qiziqarli holatlar va bir qator qoyilmaqom rekordlar qayd etilmoqda.

Real Madrid 2016/17 yilgi mavsumda musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritdi va ketma-ket ikkinchi marta ushbu natijani takrorlagan yagona jamoga aylandi. Bungacha faqat "Milan" klubigina turnir yangicha formatga keltirilishidan oldin dabl-chempionlikka erishgan edi(1989/90). Shuningdek, amaldagi chempion sifatida kelasi yili kubokni munosib himoya qila olmagan omadsiz jamoalar ro'yxatida "Milan"(1994/95), "Ayaks(1995/96), "Yuventus"(1996/97) va "MYu"(2008/09) klublarini keltirib o'tishimiz mumkin.

Shu paytgacha faqatgina ikki jamoa o'z yurtida o'tkazilgan finallarda g'olib bo'la olgan. 1996 yili "Yuventus" Rimdagi markaziy o'yingohda raqibidan ustun kelgan bo'lsa, bir yil o'tib Myunxenda kechgan final oqshomida "Borussiya Dortmund" musobaqa bosh sovriniga ega chiqqan edi. Shu bilan birga yana ikki jamoa ushbu holatlarning teskari tomondan qurboniga aylanishgan. 2011 yili Londonda o'tkazilgan finalda "Barselona"ga imkoniyatni boy berib qo'ygan "MYu" kumush medallar bilan kifoyalanishga majbur bo'lgan. Bir yil o'tib esa "Bavariya" hatto o'z uy stadionida "Chelsi"ni engga olmaganini muxlislar haligacha eslashadi.

Qisqa faktlar.

Hali ushbu musobaqa doirasida finallarda birorta ham xet-trik qayd etilmagan. Lekin Danielo Massaro, Hernan Krespo, Diego Milito, Filipe Inzagie va Krishtianu Ronaldular yakuniy bahsda ikki bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilishgan.

Shuningdek, Chempionlar Ligasi o'yinlari TV reytingida eng yuqori pog'onalarni egallaydi. Birgina misol, 2013 yilgi final 200 dan ziyod mamlakatga teletranslyatsiya qilingan bo'lib, o'sha bahsni 360 millionga yaqin ishqiboz bevosita teleekran qarshisidan kuzatib borgani rekord natija hisoblanadi.

Krishtianu Ronaldu 3 ta finalda gol urgan yagona futbolchi sifatida turnir tarixiga kirgan (2008, 2014, 2017).

Klaran Zeydorf musobaqa bosh sovrinini turli xil 3 jamoada yutgan yagona futbolchi hisoblanadi ("Real", "Ayaks", "Milan").

Bitta o'yinda kiritilgan eng tezkor gol muallifi bu - Roy Makkan. Unga ushbu natijani qayd etish uchun 10 soniyaning o'zi etarli bo'lgan. Hatto, raqibi "Real Madrid" bo'lsa ham.


Shu paytgacha o'tgan finallarning 7 tasi penaltilar seriyasigacha etib borgan (1996, 2001, 2003, 2005, 2008, 2012).

Pley-off bosqichidagi eng yirik g'alaba "Bavariya" tomonidan qayd etilgan bo'lib, "qizillar" 2011/12 yilgi mavsumda "Bazel" hamda "Shaxtyor"ni bir xil ko'rinishda 7-0 hisobida mag'lub etgan.

2017/18 yilgi mavsumda birinchi bor bitta mamlakatdan beshta jamoa EChL guruh bosqichiga yo'l olishgan. O'shanda "Liverpul", "Man Siti", "Tottenhem", "Chelsi" hamda "MYu" klublari xalqaro maydonda inglizlar sharafini himoya qilishgan.

Bitta o'yindagi eng ko'p gol muallifi sifatida Lionel Messi tan olinadi. Leo 2012 yilda "Bayer" darvozasiga 5 ta to'p kiritgan edi. Shuningdek, bitta mavsumda urilgan gollarning eng sermahsul seriyasini Krishtianu Ronaldu qayd etgan. 13/14 yilgi mavsumda Krish 17 bor raqib posbonlarini ranjitgani tahsinga sazovor.

EChL tarixidagi eng yosh gol muallifi Ansu Fati - 17 yosh-u 1 oylik.

Yusufbek tayyorladi

BestMaster
20 Oktyabr 2020, 18:00
evropa, chempionlar, ligasi, tarixdan, bugungacha, bilgan, bilmagan, qiziqarli, malumotlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads