Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos «Real» «Barsa»ning sobiq futbolchisini sotib olishini istamoqda

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«MYu» «Real» futbolchisiga ko'z tikdi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yozda «Real Madrid»dan Martin Edegorni sotib olish uchun kurash olib borgan.

Marca nashrining ma'lum qilishicha, «qizil iblislar» Doni Van De Bekdan avvalroq Martin Edogor bilan shartnoma imzolamoqchi edi.

Manbaning ma'lum qilishicha, «qirollik klubi» va «qizil iblislar» o'zari Edoegorning transferi borasida kelishuvga erisha olmagan. Shu bois, bu transfer amalga oshmay qoldi.

«Bernli» ishga kirishdi

«Srastbur» jamoasi himoyachisi Muhammad Simaki faoliyatini «tumanli albionda» davom ettirishi mumkin.

20 yoshli himoyachi bilan ayni damda «Bernli» jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. Klub futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan va unga klub taklif etayotgan maoshni ma'lum qilgan.

"The Sun" nashrining ma'lum qilishicha, Muhammad aslida »Milan« futbolchisiga aylangan edi, biroq transferni rasmiylashtirish uchun »rossonerilar" 2 soatga kechikishgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, «Bernli» himoyachi uchun frantsuz klubiga 17 million evro taklif qilmoqda.

Marselo ketadimi?!

Madridning «Real» jamoasi sardorlaridan biri - Marselo faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

"Don Balon" nashrining ma'lum qilishicha, braziliyalik futbolchi klub bilan o'rtadagi shartnomani bekor qilishni va MLS klublaridan biri bilan shartnoma imzolashni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, Marseloning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

«Inter» qishni kutmoqda

Milanning «Inter» jamoasi qishki transfer oynasi ochilishi bilan o'z yarim himoyachilaridan ikkitasini transferga qo'yishga qaror qilgan. Sportmediaset nashrining ma'lum qilishicha, klub yanvarda Marselo Brozovich va Kristian Eriksenlarni sotuvga qo'yadi. 

Manbaning ma'lum qilishicha, ikkita futbolchi ham Antonio Kontening rejasiga kiritilmagan. Shu bois, klub ularni kichikroq summa evaziga bo'lsada sotib yuborishga qaror qilgan.

Ramos «Real» «Barsa»ning sobiq futbolchisini sotib olishini istamoqda

Angliyaning «Vulverhempton» klubi hujumchisi Adama Traore faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Don Balon nashrining ma'lum qilishicha, «Real Madrid» sardori Serhio Ramos klubdan Adama Traorening transferini sotib olishini iltimos qilgan.

Eslatib o'tamiz, Adama 2013-2015 yillar oralig'ida Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan va keyin Angliyaga ko'chib o'tgan.

BestMaster
18 Oktyabr 2020, 19:30
ramos, «real», «barsa»ning, sobiq, futbolchisini, sotib, olishini, istamoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши уйинчи
18 Oktyabr 2020, 22:58
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads