Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan “Kadis”dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi

Qirollik klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 6-turi doirasida “Kadis”dan (0:1) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

.
- Yuklab olish

“Agar biz birinchi bo'limda 2-3 to'p o'tkazib yuborganimizda ham hech narsa sodir bo'lmasdi. O'yinimiz bo'yicha o'zimizni oqlash niyatida emasman. Bunday hisob albatta bizni qoniqtirmaydi. Ammo futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Biz o'yinni yomon boshladik.

Ikkinchi bo'limda biroz yaxshiroq harakat qildik. “Kadis” tomonidan taklif etilgan o'yinga kirishib keta olmagandek tuyuldik. Ayni paytda futbolchilarim va butun “Real” uchun noxush vaziyat. Biroq biz bu holatni keyingi o'yinda o'zgartirishga urinamiz. Ammo ungacha dam olishimiz va to'liq tiklanishimiz lozim.

Ramosning jarohati? O'ylashimcha, bu tashvishlanish uchun etarli emas. Ramos keyingi turda to'liq formada bo'ladi”, deya Zidanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

BestMaster
18 Oktyabr 2020, 08:30
zidan, “kadis”dan, uchralgan, maglubiyatga, izoh, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads