Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» va «Barselona» so'nggi 20 yilda bir turda ham yutqazdi, ham gol ura olmadi

La Liganing 6-turida Madridning «Real» o'z maydonida «Kadis» (0:1) klubiga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, «Barselona» safarda «Xetafe» klubiga (1:0) yutqazdi.

.
- Yuklab olish

La Liganing 6-turida Madridning «Real» o'z maydonida «Kadis» (0:1) klubiga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, «Barselona» safarda «Xetafe» klubiga (1:0) yutqazdi.

Shu tariqa, so'nggi 20 yilda «Real» va «Barselona» bir turda na g'alaba qozonishdi, na gol urishdi.

So'nggi bor bunday voqea 2000/01 yilgi mavsumning 22-turida qayd etilgandi. O'shanda "Real" «Atletik» (0:1) klubiga boy bergan bo'lsa, kataloniyaliklar «Rasing» (0:4) klubidan yirik hisobdagi mag'lubiyatni qabul qilib olgandi.

Bundan tashqari, 17 yilda ilk marotaba «Real» va «Barselona» parallel ravishda "El klasiko" oldidan mag'lubiyatga uchrashdi. O'shanda madridliklar «Real Sosedad» (2:4) klubiga yutqazishgan bo'lsa, «Barselona» «Deportivo» (2:4) klubiga imkoniyatni boy bergandi.

Ushbu jamoalar 24 oktyabr kuni «Kamp Nou» stadionida o'zaro bahs olib boradi.

BestMaster
18 Oktyabr 2020, 04:30
«real», «barselona», songgi, yilda, turda, yutqazdi, olmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads