Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

LaLiga. "Real" ketidan "Barselona" ham mag'lubiyatga uchradi

Ispaniya chempionatining 6-tur bahslaridan birida "Xetafe" "Barselona"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Getafe

Jaime Mata - 56'

LaLiga . 6-tur

18/10/2020, 00:00

0 : 1 Tugadi

Barcelona

Stadion: Coliseum Alfonso Perez, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Soto

45' 90' 27'  Jaime Mata28'  Erick Cabaco56'  Jaime Mata71'  Jaime Mata (Enes Unal)73'  Allan Nyom90'  Juan Hernandez (David Timor Copovi)90'  Mathias Olivera90'  Nemanja Maksimovic (Victor Mollejo)24'  Gerard Pique41'  Sergi Roberto62'  Pedri (Philippe Coutinho)62'  Ousmane Dembele (Ansu Fati)80'  Antoine Griezmann (Trincao)80'  Frenkie de Jong (Martin Braithwaite)87'  Sergi Roberto (Ricard Puig)90'  Sergino Dest Match-senterda ochish

"Xetafe" – "Barselona" 1:0

"Koliseum Alfonso Peres"

Gol: 1:0 – 56, penalti Mata.

"Xetafe" – Soriya, Olivera, Kabako, Suares, Nom, Arambarri, Kukurelya, Maksimovich (Molexo, 90), Djene, Mata (Unal, 71), Ernandes (Timor, 89).

"Barselona" – Neto, Dest, Serdji Roberto (Puch, 87), Langle, Pike, de Yong (Breytueyt, 80), Buskets, Pedri (Koutino, 62), Dembele (Fati, 62), Grizmann (Trinkau, 80), Messi.

OgohlantirishlarPike (24), Mata (27), Kabako (28), Serdji Roberto (41), Nom (73), Olivera (90).

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. Messidan zarba, ammo to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

89. Kucho Netu bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo Grizmann kabi to'pni tepaga tepdi.

83. ZARBAAA! "Xetafe" futbolchisi Kuchoning zarbasidan so'ng to'p Netuga, keyin darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.

80. O'zgarish: Grizmann o'rniga Trinkau, De Yong o'rniga Breytveyt maydonga tushishdi.

78. Kukurelya qarshi hujumga o'tdi va zarbani o'zi berdi. Netu bir amallab to'pni ushlab qoldi.

75. Ansu Fati maydonda Usmon Dembelega nisbatan biroz foydaliroq harakat qilmoqda, biroq farq katta emas.

70. O'zgarish: Mata o'rniga turkiyalik Enes Unal maydonga tushmoqda.

62. O'zgarish: Dembele o'rniga Ansu Fati va Pedri o'rniga Filippe Koutino maydonga tushdi.

60. Goldan so'ng "Xetafe" o'zini kuchliroq his qilmoqda, raqib jamoa esa aksincha tinimsiz to'pni oldirmoqda.

56. 11 metrlik jarima zarbasini Mata ijro etdi va hisob ochildi! 1:0, "Xetafe" oldinda!

55. "Barselona" darvozasi tomon penalti!

54. "Xetafe" ikkinchi bo'limni birinchisidan ko'ra faolroq boshladi.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga vaqt qo'shilmadi, tanaffus.

42. Zarba kuchsiz bo'ldi va mezbon jamoa posboni to'pni osonlik bilan egallab oldi.

41. Hakamga etiroz bildirgan Serxio Roberto sariq kartochkalik bo'lib oldi.

40. "Xetafe" jarima maydonchasi oldida Messiga nisbatan qoida buzildi. Leo yuzini ushlab yotibdi. Takroriy lavhada Nom tirsagi bilan Messiga zarba bergan ekan.

35. "Xetafe" ustozi Xose Bardalasga ham sariq kartochka ko'rsatildi. Mutaxassisning etirozlari ko'payib ketgani ko'rinadi.

30. GRIZMANN! "Barselona"ga kelib umuman boshqa yigitgan aylanib qoladigan Antuan darvozabon bilan birga-bir chiqdi, biroq u to'pni darvoza ustidan o'tkazib yubordi.

29. Messining raqib jarima maydonchasiga uzatgan to'pidan so'ng Langle to'pga yaxshi tega olmadi.

28. Navbatdagi sariq kartochka. Bu safar Pedrini yiqitgan Kabako jazolandi.

27. "Xetafe" futbolchisi Mata ham sariq kartochka oldi. U ham Pike kabi tirsagidan foydalandi.

24. Jerar Pike sariq kartochka bilan jazolandi. Himoyachi ikkinchi qavatdagi to'p uchun kurashda tirsagini ishga soldi deb hisobladi hakam.

22. "Xetafe" safida "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Kukurelya ancha faol harakat qilmoqda.

20. ZARBAAA! Messi Destdan qabul qilgan to'pini tezda darvozaga yo'lladi va to'p ustunga tegib qaytdi.

18. "Barselona" hozircha o'z o'yinini topa olmayapti va vaqti-vaqti bilan raqibning o'ta xavfli hujumlarini o'tkazib yuboryapti.

11. Jarima to'pi o'yinga kiritilganidan so'ng Buskets to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi, burchak zarbasi esa "Barselona"ning qarshi hujumiga alylanib ketdi, biroq muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

10. Dest o'z burchak nuqtasi oldida raqib futbolchisi Nomni yiqitdi va "Xetafe"ga standart ishlab berdi.

5. Messi ushbu o'yinga soqollarini olib kelibdi, esingizda bo'lsa u Argentina terma jamoasida boshqacha imijda edi. Bugun esa u ancha yoshargandek, harakatlari ham yosh, chaqqon yigitnikiga o'xshash.

2. Messi raqibning uzatmasini havoda ilib ketdi va tezda qarshi hujum boshlab berdi. To'p Grizmannga uzatilganidan so'ng, franciyalik uni yo'qotdi.

1. Uchrashuv boshlandi. "Xetafe" ko'k, "Barselona" esa pushti-qora-yashil rangli liboslarda to'p tepmoqda.

Xetafe – Barselona

18 oktyabr, 00.00, «Koliseum Alfonso Peres»

Xetafe – Soriya, Olivera, Kabako, Suares, Nom, Arambarri, Kukurelya, Maksimovich, Djene, Mata, Ernandes.

Barselona – Neto, Dest, Serdji Roberto, Langle, Pike, de Yong, Buskets, Pedri, Dembele, Grizmann, Messi.

BestMaster
18 Oktyabr 2020, 02:00
laliga, real, ketidan, barselona, maglubiyatga, uchradi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads