Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real Madrid" o'z maydonida "Kadis"ga yutqazib qo'ydi

Ispaniya chempionati 6-turidan o'rin olgan “Alfredo di Stefano” o'yingohidagi bellashuv yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" – "Kadis" 0:117 oktyabr, 19.30, "Estadio Alfredo Di Stefano" stadioni

Gol: 0:1 – 16 Losano.

"Real Madrid" – Kurtua, Marselo, Ramos (Militao, 46), Nacho, Varan, Isko (Valverde, 46), Kroos (Yovich, 78), Vaskes (Asensio, 46), Modrich (Kazemiro, 46), Vinisius Junior, Benzema.

"Kadis" – Ledesma, Kala, Espino, Akapo, Fali Ximenes, Aleks Fernandes (Xayro Iskerdo, 86), Yonsson (Augusto Fernandes, 86), Xose Mari (Garrido, 76), Salvi Sanches, Negredo (Ximenes, 81), Losano (Malbashich, 46).

Ogohlantirishlar: Ramos (34), Militao (90).

Real Madrid

LaLiga . 6-tur

17/10/2020, 21:30

1 : 0 Tugadi

Cadiz

Anthony Lozano - 16'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jaime Latre

45' 90' 34'  Sergio Ramos46'  Sergio Ramos (Eder Militao)46'  Isco (Casemiro)46'  Luka Modric (Federico Valverde)46'  Lucas Vazquez (Marco Asensio)78'  Toni Kroos (Luka Jovic)90'  Eder Militao16'  Anthony Lozano16'  Alvaro Negredo46'  Anthony Lozano (Filip Malbasic)76'  Jose Mari (Jon Ander)81'  Alvaro Negredo (Alvaro Gimenez)86'  Alex Fernandez (Jairo)86'  Jens Joensson (Augusto Fernandez) Match-senterda ochish

LA LIGA TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

YANGILASH

SHu tariqa, peshqadamni mag'lub etgan "Kadis" "Real Madrid"ga etib oldi. Zidan shogirdlari esa qiyin davrni omadsiz uchrashuv bilan boshlashdi.   

90+3-daqiqa. Bo'ldi, ishing yurishmasa hakam ham senga qarshidek tuyulaveradi. Qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggi soniyalarida mezbonlar burchak to'pi ishlab olishgandi, ammo hakam avvaliga burchakka ishora qildi, keyin esa negadir, final hushtagini chalib qo'ya qoldi.  

90+2-daqiqa. Eder Militao maydonga tushganim bilinsin dedi shekilli, qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan siylandi.   

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

86-daqiqa. "Kadis" safida o'zgarish. Aleks Fernandes o'rniga Xayro Iskierdo maydonga tushdi.    

83-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 75% - 25% mezbonlar foydasiga. 

81-daqiqa. "Qirollik klubi"ning bosimi daqiqa sayin ortmoqda, Karim Benzema bu safar o'zi chamasi 20 metrlardan zarba yo'lladi va to'p to'singa tegib qaytdi!!! 

80-daqiqa. GOOOOOL!  Karim Benzema to'pni hozirgina maydonga tushgan Yovichga etkazdi va serbiyalik forvard hisobni tenglashtirgandi. Biroq qanot hakami Karimjon o'yindan tashqari holatda bo'lganini malum qildi va gol bekor qilindi.  

78-daqiqa. O'zgarish. Toni Kroos o'rniga o'yinga Luka Yovich qo'shildi. 

74-daqiqa. "Real Madrid" safid yangi tushgan futbolchilarning urinishlari ham samara keltirmayapti. 

71-daqiqa. Kazemironing uzatmasidan keyin o'ng qanotdan hujumga qo'shilgan Nacho bosh bilan zarba yo'lladi, lekin hakam futbolchi undan avvalroq raqibini qo'pollik evaziga yiqitib qo'yganini qayd etdi. 

67-daqiqa. Toni Kroosning chap qanotdan uzatgan to'piga hujum markazidagi Vinisius boshi bilan zarba berdi, ammo to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.  

66-daqiqa. Qizig'i, hisobda oldinda borayotgan bo'lsada "Kadis" himoyaga "yotib" olishni o'ylamayapti ham. Aksincha, imkon tug'ildi deguncha hujumga o'tayotgan mehmonlar navbatdagi burchak to'pini ishlab olishdi. 

62-daqiqa. Alfonso Espino ("Kadis") ajoyib harakatlar bilan ikki raqibini ortda qoldirdi, lekin uchinchisiga to'pni oldirdi. Biroq ushbu vaziyat, mehmonlar himoyachisining qo'rqmay bir nechta raqibini aldashga kirishishi bugun Zizu shogirdlari ishi yurishmayotganining isboti desak mubolag'a bo'lmas. 

60-daqiqa. "Qirollik klubi" hujumga o'tmoqchi edi, Karim Benzema oddiy vaziyatda to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. 

59-daqiqa. Aynan braziliyalik himoyachi hujumni qaytarishda yana faol o'ynadi, lekin mehmonlar 9-burchak to'pi tepish imkoniyatini qo'lga kiritdi.    

58-daqiqa. To'p yo'qotilgach, raqibning ehtimoliy tezkor hujumini buzish maqsadida Marselo o'yin qoidasini buzdi.  

57-daqiqa. CHap qanotdan uzatilgan to'pga Negredo baland sakrab, boshi bilan zarba bera oldi, ammo to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi. 

55-daqiqa. Kroosdan to'pni qabul qilib olgan Vinisius jarima maydoniga kirmay zarba berishga qaror qildi, lekin to'p ancha yuqoridan o'tib ketdi.  

53-daqiqa. Marseloning xatosidan keyin "Kadis" yana yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, lekin Eder Militao to'pni raqib futbolchisi oyoqlari ostidan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pidan keyin berilgan zarbaga aniqlik etishmadi.  

47-daqiqa. "Real Madrid" ikkinchi bo'limda ham to'pga egalik qilish bo'yicha katta ustunlikka ega. Ammo chinakamiga xavfli vaziyatlar yaratishning iloji bo'lmayapti. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Serxio Ramos, Isko, Luka Modrich va Lukas Vaskes o'rniga - Eder Militao, Marko Asensio, Kazemiro va Federiko Valverde o'yinga qo'shildi.

Birinchi bo'limdan umuman qoniqmagan Zinedin Zidan keskin o'zgarish zarurligini yashirib o'tirmadi. Tanaffusdan bir yo'la to'rt futbolchi maydonga qaytmadi.   

Tanaffus vaqtida tribunalarning birida Eden Azar va Martin Edegorni ko'rish mumkin edi. Har ikki futbolchining kayfiyati tabiiyki u qadar yaxshi emasdi, ular xavotir bilan maydonga boqardi. Kim biladi deysiz, salomatligi bilan muammolar bo'lmaganida bugun ularning har ikkisini asosiy tarkibda ko'rarmidik.  

Yana bir necha daqiqadan keyin ikkinchi bo'lim boshlanadi.

Etiboringizga kurashlarga boy o'tgan va asosiysi kutilmagan hisobda yakunlangan dastlabki bo'limdan bir nechta suratlarni taqdim etamiz. 

 

Tanaffus. Ikkinchi bo'limda bizni yanada murosasiz va qiziqarli bellashuv kutib turibdi deb ishonib qolamiz.

45+1-daqiqa. Taymdagi oxirgi hujum, oxirgi urinishda Isko to'p bilan jarima maydoniga kirib bordi va raqibini aldamchi harakatlar evaziga dog'da qoldirishga urindi, lekin himoyachi ishonchli harakat qilib, to'pni olib qo'yib, maydon markaziga tepib yubordi.   

45-daqiqa. O'yinning birinchi bo'limiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Buyog'iga Kurtua ham hayajonlanishni boshladi chog'i. Ancha oddiy vaziyatda darvozabon to'pni ushlab qola bilmadi va Losano ham buni kutmagani sababligina oradagi farqni oshira olmadi. Varan to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Burchak zarbalari bo'yicha hisob 3:7 (!) "Kadis" oldinda. 

40-daqiqa. "Real Madrid" nihoyat katta kuch bilan raqib jarima maydonigacha kirib bordi, ketma-ket vaziyatlardan so'ng Vinisiusning zarbasi kuchsiz chiqdi, darvozabonning oldida turgan Luka Modrich esa to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi va natijada hisob o'zgarmay qoldi.     

39-daqiqa. Luka Modrich himoyaga yordamga keldi va tavakkal qilib o'tirmay to'pni maydon tashqarisiga yo'lladi. "Kadis"dan navbatdagi burchak to'pi. Uzatmadan keyin darvoza tomon zarba yo'llandi, lekin noaniq.  

37-daqiqa. Burchakdan uzatilgan to'pni Tibo Kurtua ortiqcha qiyinchiliksiz egallab oldi. 

34-daqiqa. Serxio Ramos raqibini qo'pol kutib olgani sababli sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. "Kadis" jarima zarbasi amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Uzatmadan keyin Nacho barchadan chaqqonroq harakat qildi va to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Burchak to'pi.

32-daqiqa. Ha, o'yinning uchdan bir qismi ortda qolgan bir vaziyatda La Liganing amaldagi chempioni va bu mavsum peshqadami "Real Madrid" 10-o'rindagi "Kadis"dan o'z maydonidagi bellashuvda ortda qolishini aksar muxlislar kutishmagan bo'lsa ajab emas.  

30-daqiqa. Va aksincha, "Kadis" qarshi hujumda ancha xavfli vaziyatlar yaratmoqda. Entoni Losano yana Tibo Kurtua bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, lekin zarbasi juda oddiy va darvoza markaziga bo'lgani tufayli, belgiyalik kiper to'pni qaytarishga erishdi.  

29-daqiqa. Qanchalik urinmasin "Real Madrid" hozircha mehmonlar darvozasiga yo'l topa olishmayapti. 

26-daqiqa. Karim Benzema Isko bilan devor uslubida o'ynab, jarima maydoni ichida to'pni qabul qilishni niyat qilgandi, ammo ispaniyalikning uzatmasi juda kuchsiz bo'lgani sabab, himoyachilar uni qaytarib yuborishdi. 

25-daqiqa. Avvalgi o'yinlarda ancha faol bo'lgan Vinisius bugun hozircha u qadar ko'zga tashlanmayapti. 

24-daqiqa. "Real Madrid" bugungi uchrashuvdagi ilk burchak to'pini o'yinga kiritdi. Jarima maydoni ichiga kirishning imkoni bo'lmagach, Toni Kroos uzoq masofadan zarba yo'lladi, ammo to'p ancha noaniq yo'nalish oldi.  

21-daqiqa. Luka Modrich hujumning ikkinchi to'lqinida to'pni qabul qildi va jarima maydoni ichida qulay vaziyatga chiqishga shay turgan Iskoni to'p bilan taminlashga urindi, lekin noaniq. 

19-daqiqa. GOOOL! Benzema to'pni darvoza to'riga borib tushishini taminladi, lekin avvalroq hakam hushtak chalib, Lukas Vaskes o'yindan tashqari holatda qolib ketganini malum qildi.   

16-daqiqa. GOOOOL! Kutilmaganda "Kadis" futbolchilari hisobni ochishdi. Himoyadagi navbatdagi qo'pol xatodan keyin Entoni Losano "Real"ni kechirmadi. Bu safar na Kurtua, na Ramos jamoasini qutqara oldi. 

14-daqiqa. "Kadis" esa to'pni olib qo'ygani hamonoq tezkor hujumlarni amalga oshirmoqda. SHunday hujumlardan biridan so'ng Aleks Fernandes raqib himoyachilari sustkashligidan unumli foydalandi va aniq zarba yo'lladi, Kurtua yaxshi sport formasida ekanligini yana bir bor isbotladi.  

13-daqiqa. Raqibni mensimaslik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushungan Zidan shogirdlari tinchgina to'pni raqibga imkon qadar bermaslikka urinmoqda. 

11-daqiqa. Navbatdagi hujumda endi Lukas Vaskes o'ng qanotdan markazga qarab kirib keldi va chap oyoqda kuchli zarba amalga oshirdi, lekin aniqlik etishmadi.  

10-daqiqa. "Qirollik klubi" ortiqcha shoshilmay, ko'plab to'p uzatishlar orqali yo'l topishga urinmoqda. Uzoq davom etgan hujumni Karim Benzema aniq zarba bilan yakunladi, biroq zarba kuchsiz bo'lgani uchun posbon qiyinchiliksiz uni egallab oldi.   

8-daqiqa. "Kadis" hujumga o'tayotgan bir pallada Lukas Vaskes to'pni raqibdan olib qo'ygandek edi, ammo keyin to'p yana raqibga borib tushdi, davom etgan hujumni mehmonlar zarba bilan yakunlashdi ham - Kurtua o'z o'rnida, ikkinchi urinishga esa himoyachilar imkon qoldirmadi va burchak to'pi. Dastlabki burchak to'pidan hujumdagilar biror naf chiqara olishmadi.  

6-daqiqa. Maydon markazida "Real" futbolchilari to'pga egalik qilayotgandi, ammo Luka Modrich uzatmada noaniqlikka yo'l qo'ydi.   

4-daqiqa. Nihoyat "Real Madrid" o'ziga kelib, oldinga o'tdi, Vinisius bir raqibini aldab o'tib, Modrichga to'pni etkazmoqchi bo'lgandi, xorvatiyalik biroz kech qoldi.   

1-daqiqa. To'pni markazdan "Real Madrid" futbolchilari o'yinga kiritib berishdi, lekin dastlabki hujumni mehmonlar uyushtirdi va sal qolsa, hisobni ochib qo'yishardi. Negredoning zarbasidan keyin to'p Kurtuaning yonidan o'tib, darvoza to'riga ketayotgandi Ramos jamoasini muqarrar goldan qutqardi.  

O'yin boshlandi!!!

Mezbonlar bugun qizg'ish, pushti rangli libosda harakat qilsa, mehmonlar "Kadis" futbolchilari sariq liboslarda o'ynaydi.  

Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. 

Bugun musobaqa peshqadami "Real" (10 ochko) 10-o'rindagi "Kadis"ga qarshi bellashadi.

"Qirollik klubi" safida Norvegiya termasi safida ajoyib o'yin ko'rsatgan yarim himoyachi Martin Edegor bo'lmaydi. Sababi iqtidorli yarim himoyachi kichik jarohat olgan va yaqin o'n kunni o'tkazib yuborishga majbur. Natijada, Zinedin Zidan avvalgi uchrashuvlarda yaxshigina imkoniyat berayotgan futbolchisi xizmatlaridan "El Klasiko"da ham foydalana olmaydi. 

  

BestMaster
17 Oktyabr 2020, 23:45
liga, real, madrid, maydonida, kadisga, yutqazib, qoydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads