Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. “Real” – “Kadis” 0:0 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 6-turidan o'rin olgan “Alfredo di Stefano” o'yingohidagi bellashuv 21:30 da boshlanadi va saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ladi.

YANGILASH

11-daqiqa. Navbatdagi hujumda endi Lukas Vaskes o'ng qanotdan markazga qarab kirib keldi va chap oyoqda kuchli zarba amalga oshirdi, lekin aniqlik etishmadi.  

10-daqiqa. "Qirollik klubi" ortiqcha shoshilmay, ko'plab to'p uzatishlar orqali yo'l topishga urinmoqda. Uzoq davom etgan hujumni Karim Benzema aniq zarba bilan yakunladi, biroq zarba kuchsiz bo'lgani uchun posbon qiyinchiliksiz uni egallab oldi.   

8-daqiqa. "Kadis" hujumga o'tayotgan bir pallada Lukas Vaskes to'pni raqibdan olib qo'ygandek edi, ammo keyin to'p yana raqibga borib tushdi, davom etgan hujumni mehmonlar zarba bilan yakunlashdi ham - Kurtua o'z o'rnida, ikkinchi urinishga esa himoyachilar imkon qoldirmadi va burchak to'pi. Dastlabki burchak to'pidan hujumdagilar biror naf chiqara olishmadi.  

6-daqiqa. Maydon markazida "Real" futbolchilari to'pga egalik qilayotgandi, ammo Luka Modrich to'p oshirishda noaniqlikka yo'l qo'ydi.   

4-daqiqa. Nihoyat "Real Madrid" o'ziga kelib, oldinga o'tdi, Vinisius bir raqibini aldab o'tib, Modrichga to'pni etkazmoqchi bo'lgandi, xorvatiyalik biroz kech qoldi.   

1-daqiqa. To'pni markazdan "Real Madrid" futbolchilari o'yinga kiritib berishdi, lekin dastlabki hujumni mehmonlar uyushtirdi va sal qolsa, hisobni ochib qo'yishardi. Negredoning zarbasidan keyin to'p Kurtuaning yonidan o'tib, darvoza to'riga ketayotgandi Ramos jamoasini qutqardi.  

O'yin boshlandi!!!

Mezbonlar bugun qizg'ish, pushti rangli libosda harakat qilsa, mehmonlar "Kadis" futbolchilari sariq liboslarda o'ynaydi.  

Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. 

Bugun musobaqa peshqadami "Real" (10 ochko) 10-o'rindagi "Kadis"ga qarshi bellashadi.

"Qirollik klubi" safida Norvegiya termasi safida ajoyib o'yin ko'rsatgan yarim himoyachi Martin Edegor bo'lmaydi. Sababi iqtidorli yarim himoyachi kichik jarohat olgan va yaqin o'n kunni o'tkazib yuborishga majbur. Natijada, Zinedin Zidan avvalgi uchrashuvlarda yaxshigina imkoniyat berayotgan futbolchisi xizmatlaridan "El Klasiko"da ham foydalana olmaydi. 

  

Real Madrid

LaLiga . 6-tur

17/10/2020, 21:30

0 : 0 1-bo'lim

Cadiz

Stadion: Alfredo Di Stefano

Bosh hakam: Jaime Latre

45' 90' Match-senterda ochish

YANGILASH

"Real Madrid" – "Kadis"

21.30, "Estadio Alfredo Di Stefano"

"Real Madrid" – Kurtua, Marselo, Ramos, Nacho, Varan, Isko, Kroos, Vaskes, Modrich, Vinisius Junior, Benzema.

"Kadis" – Ledesma, Kala, Espino, Akapo, Fali Ximenes, Aleks Fernandes, Yonsson, Xose Mari, Salvi Sanches, Negredo, Losano.

BestMaster
17 Oktyabr 2020, 21:45
live , liga, “real”, “kadis”, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads