Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mbappe uchun kurash avjida!

Angliyaning «Vest Hem» jamoasi sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes 2013 yilda Garet Beylni «Tottenhem»dan sotib olishlarini talab qilgan.

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Moyes tan oldi

Angliyaning «Vest Hem» jamoasi sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes 2013 yilda Garet Beylni «Tottenhem»dan sotib olishlarini talab qilgan.

Bu haqida murabbiyning o'zi ingliz nashrlariga bergan intervyusida tan olgan.

Uning aytishicha, «qizil iblislar» Garet uchun «Tottenhem» istaganidek katta pul taklif qilgan, biroq futbolchining o'zi Madriddan kelib tushgan taklifni qabul qilishga qaror qilgan.

Eslatib o'tamiz, Beyl «qaymoqranglilar» safida 4 bor Evropa Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi.

«Uotfurd» rad etdi

Ayni damda «Chempionship»da harakat qilayotgan «Uotfurd» klubi «Kristal Pelas»dan kelib tushgan taklifni rad etdi.

"Daily Mail« nashrining ma'lum qilishicha, »Kristal Pelas" Ismail Sarr borasida kelib tushgan 25 million evrolik taklifni rad etgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, «Uotfurd» avvalroq «Liverpul»ning 20 million evrolik taklifini ham rad etgan edi.

Mbappe uchun kurash avjida!

Angliyaning «Liverpul» jamoasi ham PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun kurashga qo'shilmoqda.

AS nashrining ma'lum qilishicha, PSJ Kilianga yiliga 30 million evro maosh ko'rsatilgan shartnoma taklif qilmoqchi. Shunga qaramay, Kilian boshqa klubga o'tishga qaror qilgan. Shu bois, uning otasi bilan «Liverpul» aloqaga chiqqan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Mbappening xizmatlari bilan shaxsan Yurgen Klopp qiziqib qolgan.

«Chelsi» o'z fikridan qaytmadi

Londonning «Chelsi» klubi «Vest Hem» yarim himoyachisi Deklan Rays bilan shartnoma imzolash niyatidan qaytgani yo'q.

ESPN nashrining ma'lum qilishicha, Frenk Lempardning maydon markazidan ko'ngli to'lmayapti. Shu bois, qishda bo'lsa ham Rays bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Deklanning «bolg'achilar» bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilda o'z yakuniga etadi.

BestMaster
17 Oktyabr 2020, 20:00
mbappe, uchun, kurash, avjida!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads