Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" o'z fikridan qaytmadi

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

"Liverpul"ga Adama kerak

Angliyaning "Liverpul" jamoasi qishda "Vulverhempton" klubi vingeri Adama Traore bilan shartnoma imzolashi mumkin.

"Mundo Deportivo" va Goal nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, 24 yoshli futbolchini o'z safida ko'rishni shaxsan Yurgen Klopp istamoqda.

Eslatib o'tamiz, yozda Turinning "Yuventus" jamoasi Adama uchun "bo'rilarga" 70 million evro taklif qilgan edi.

"Borussiya" uni sotmaydi!

Germaniyaning "Borussiya Dortmund" jamoasi hujumchisi Erling Xoland faoliyatini yana ikki mavsum davomida Bundesligada davom ettiradigan ko'rinadi.

Mino Rayolaning ma'lum qilishicha, Erlingning transferi haqida faqat 2022-yildagina muzokaralar olib borish mumkin. Unga qadar futbolchi Dortmund klubi ixtiyorida bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, norvegiyalik hujumchi uchun asosiy da'vogar sifatida "Real" va "Chelsi" klublari ko'rsatilmoqda.

Depay "Barsa"da?!

Frantsiyaning "Lion" klubi hujumchisi Memfis Depay faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi.

sport.es nashrining ma'lum qilishicha, "taqachilar" futbolchisi qishdayoq Kataloniyaga ko'chib o'tadi. 26 yoshli futbolchi klub moliyaviy muammolar sababligina o'z safiga qo'sha olmadi.

Manbaning ma'lum qilishicha, "Barselona" yanvar oyiga qadar 40 million evroni tayyorlaydi va qishning ikkinchi oyida ushbu transferni amalga oshiradi.

"Real" o'z fikridan qaytmadi

Madridning "Real" jamoasi 2021-yilda amalga oshirishi shart bo'lgan eng muhim transferini aniqlab oldi.

"Le10sport" nashrining ma'lum qilishicha, "qirollik klubi" 17 yoshli Eduardo Kamavinga bilan shartnoma imzolash niyatida.

Manbaning ma'lum qilishicha, "Renn" yarim himoyachisi Madridga ko'chib o'tishga shoshilmayapti. U yana 2-3 mavsum "Liga 1"da malaka oshirish niyatida.

"Kristal Pelas" juda yaqin keldi

Angliyaning "Kristan Pelas" jamoasi "Stok Siti" darvozaboni Jek Batler bilan shartnoma imzolash arafasida.

"Daily Mail" nashrining ma'lum qilishicha, 27 yoshli darvozabon bugun klub bilan rasman shartnoma imzolaydi.

Manbaning ma'lum qilishicha, ushbu kiperni shaxsan Roy Xodjsonning o'zi tanlab olgan bo'lib, transferning boshqa tafsilotlari ertaga rasman e'lon qilinadi.

BestMaster
16 Oktyabr 2020, 16:30
fikridan, qaytmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads