Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kurtua Ronaldu va Messining farqi nimada ekanligini aytdi

Madridning «Real» jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua zamonaviy futboldagi eng keskin qarama qarshiligi haqida fikr bildirdi. Belgiyalik darvozabon ikki afsonaviy futbolchilarining o'rtadagi farqiga to'xtalib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua zamonaviy futboldagi eng keskin qarama qarshiligi haqida fikr bildirdi. Belgiyalik darvozabon ikki afsonaviy futbolchilarining o'rtadagi farqiga to'xtalib o'tdi.

"Bilasizmi, kam sonli futbolchilargagina gol kiritish qobiliyati nasib etadi. Bunday futbolchilar mavsum davomida 30 tadan kam gol kiritishmaydi. Bu yaratgan berilgan iqtidor. Ronaldu aynan shunday iqtidor egasi sanaladi. Uning maydondagi harakatlariga e'tibor qarating. U jarima maydonchasi ichida o'zini juda engil va yaxshi his etadi. Shunday bo'lsada, dribling borasida Messi barchadan o'zib ketgan. Leo maydonda o'z driblingi bilan istalgan futbolchini dog'da qoldirishi mumkin. Bu ustunlik ham unda tug'ma.

Agar ularni solishtirsak, Ronaldu jismonan baquvvat tug'ma to'purar futbolchi. Uning azaliy raqibi Messi esa, dribling bilan 2 ta himoyachini osonlik bilan ortda qoldirib ketishga qodir hujumchi. Ular sababli futbol yangi asrda boshqa sportlardan bir qadam ilgarilab ketdi. Har qanday qarama-qarshilik ortida kuchli raqobat mavjud. 15 yillik raqobat sababli futbol ikkita dahoga ega bo'ldi. Ularning har biri alohida e'tirofga loyiq.

Ularni o'zaro solishtirish noto'g'ri. Sababi, bu ikki xil ustunlikka ega, ikki xil uslubda to'p suruvchi o'zga sayyoralik futbolchilar! Ularning har bir o'yinidan zavq olish lozim."

BestMaster
15 Oktyabr 2020, 19:30
kurtua, ronaldu, messining, farqi, nimada, ekanligini, aytdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 sabir  
tibo haq gap qo'shilmaslikning hech imkoni yo'q.
15 Oktyabr 2020, 20:52
 u7777u  
Туғири
16 Oktyabr 2020, 02:29
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads