Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real Madrid" yosh iqtidorlari taqdiri nima bo'ladi?

Terma jamoa o'yinlari uchun tanaffus o'z yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Bir necha kun ichida esa klublar darajasidagi top jamoalar bahslari boshlanadi.

  

Vinisuis Junior

"Madrid" va "Atletiko" o'rtasida "iliq" munosabatlar borligi hech kimga sir emas va bu ikki jamoa o'rtasidagi o'yyinlar chinakamiga "derbi"ga mos ravishda o'tadi. O'tgan yili ushbu jamoalarning ikki uchrashuvi golsiz durang bilan yakunlangandi va fevral oyida navbatdagi sparringdan avval ko'pchilik yana shunga o'xshash natijadan xavotirda edi. Biroq tanaffusda Zidan maydonga Vinisiusni tushirdi va oradan o'n daqiqa o'tib, braziliyalik golli hujumda ishtirok etdi. Bu yigitda nimadir borligi yaqqol ko'rinib turardi.

"Madrid"da uni ishlov berilmagan javohir deb hisoblashadi, — deydi Xayme Rodriges, El Mundo nashri muxbiri. — U haqiqiy yirtqich. Unda Neymardagi kabi yuqori texnika va nozik harakatlar bo'lmasligi mumkin, ammo u tezkor, abjir va oldidagi raqibdan cho'chimay olg'a boradi. U himoyachilarni ter to'kishga majbur qiladi. Gap dribling haqida ketganida, fikrimcha, u – Neymardan kam bo'lmagan holda, dunyoning eng yaxshilaridan biri".

"Bu bolakay 18 yoshidayoq jamoani ortidan ergashtira oldi — Ispaniya Kubogidagi "Barsa"ga qarshi o'yinning o'zini eslash etarli. Madridda uning kelajagiga qattiq ishonishadi va hech kim uni qo'yib yuborish niyatida emas, sababi nafaqat "Real"dagilar uning iqtidoriga tan bergan — menda o'tgan mavsum PSJ faqatgina kelishuvga Vinisius qo'shilsagina Neymarni sotishga rozi bo'lganligi haqida aniq dalillar mavjud. Yosh braziliyalikka hozircha faqatgina barqarorlik etishmayapti".

Junior chindan ko'p gol urmayapti. Ispaniya poytaxtida o'tgan davr mobaynida u bor yo'g'i 72 uchrashuvda 11 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. Balki shu sabab Zidan doim ham futbolchi iqtidoriga muntazam ishonch bildirmagandir.

"Ispaniyada shunday gap bor: butun mamlakatning ko'zi ko'r bo'lsa, bir ko'zli ham o'zini qirol deb hisoblay oladi", — deydi Diario AS vakili Marko Ruis. — Vinisius tarkibdagi hech kimga o'xshamaydi. Asosiy muammo hujumlarni yakunlashda! Agar u gollarni taxlay boshlasa, birdan superyulduzga aylanadi. Agar gollar bo'lmasa… u shunchaki tarkibdan muqim joy egallay olmaydi".

Futbol muxbiri Xuanma Trueba braziliyalik ana shu keyingi darajaga chiqa olishiga ishonmayapti: "Menda uning salohiyati va chinakam topga aylanishiga shubha bor. U hal qiluvchi vaziyatga chiqqanida, xuddiki bir lahzaga "o'chib" qoladi. Junior ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovuradi. Balki asablar dosh bermas. Uning aksar gollari tasodifan darvoza to'ridan joy oladi".

"To'purar bo'linmaydi — to'purar bo'lib tug'iladilar. Avval boshida ko'p gol urmagan futbolchilar kamdan-kam holda keyinchalik o'zida to'purarlik qobiliyatini ocha oladi. Bundaylar umuman yo'q emas. Misol uchun, Aric Aduris. Ammo Bilbao qaxramoni kabilar noyob hisoblanadi".

"Vinisiusda o'ziga xos bir nima bor. U muxlislarga ijobiy tasir o'tkaza oladi. Muxlislar uning to'pga har bir teginishiga munosabat bildiradi. U xavfli futbolchi va buni barcha ko'rib turibdi. U klub uchun umid ramzi. Reja ish bermay barchasi yomon bo'lsa, Vinisius jamoasini qutqarishi kerak. Futbolchining muvaffaqiyatlari hali oldinda, ammo uni hozirning o'zidayoq muxlislar yaxshi ko'radi".

Luka Yovich

Luka Yovich — "qaymoqranglilar"ning yana bir umidli futbolchisi. 29 o'yinda hujumchi bor yo'g'i ikkita gol urishga erishdi — 60 mln evro evaziga xarid qilingan hujumchidan ancha ko'proq samarali harakat kutishgani turgan gap.

"U o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotgan, — deydi Xayme Rodriges. — Lekin gap faqat unda emas — jamoadoshlari ham u haqida unutib qo'yishmoqda. Unga ortiqcha "pas" berishmayapti, u tomonga o'yinni burishga shoshilishmayapti. U — "Real" hujumida begona daraxtdek.

Yovichning vaziyati chindan achinarli. U Benzema uchun yaxshigina raqobatchi bo'lishi kerak, vaqt o'tishi bilan tarkibdagi joy uchun tengma-teng kurash olib borishi kutilgandi, buning o'rniga esa "qaymorqanglilar"ning eng "qimmat xatosiga" aylandi.

"U o'zidan kutilgan o'yinni ko'rsatib berolmadi, — tasdiqlaydi Ruis. — "Ayntraxt"da u shunday ajoyib o'yin ko'rsatgandiki, ammo "Real"da uni tanib bo'lmayapti. 60 mln bekorga ketdi deb qo'rqamiz. Tanganing ikkinchi tomonida — "Madrid" tarkibida Benzema bor ekan top hujumchi olib kelishi mushkul vazifa. Yovich endigina 22 yoshda va kelajakda balki, top-hujumchiga aylana olar, ammo ayni damda u bu kurashga tayyor emas".

Yovichning maydondan tashqaridagi harakatlari ham maqtanishga arzigulik emas. Serbiyada u karantin qoidalarini buzdi va ish mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich unga qamoq jazosi bilan tahdid qilishigacha bordi. Keyin esa u o'z uyida jarohat oldi va yana malum muddat futbolsiz qoldi. Ammo hamon unga ikkinchi imkon berish kerak deb hisoblaydiganlar topiladi. Misol uchun, "Marca" "Qirollik klubi"ni serbiyalikni "haydab yubormaslikka" va imkon berishga undadi. Benzema ham axir doimo shunday yaxshi formada bo'lmagan-ku?!

"Benzema asli birinchi darajali futbolchi bo'lgani uchun bugungi holatiga qayta oldi. U jamoaga kelganida rekordlarni yangilash ishtiyoqida yonmagan va Ronalduning yordamchisi roli bilan qanoatlangan. Biroq u avval boshidan shaxsan prezidentning qo'llab-quvvatlashini his qilib keldi va bu uni bugungi darajasiga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Unga etarlicha vaqt va imkoniyat berishdi. Bazi futbolchilar tug'ma "blankos" bo'ladi, Yovich bundaylar sirasiga kirmaydi. Zidan rahbariyatdan uni sotib olishni qayta va qayta so'ragandi, ammo rejalar o'zini oqlamadi. Uning muammolari nafaqat maydondagi o'yinda, balki tribunalardagi muxlislar bilan munosabatda hamdir. Hozircha u klubda qoldi va nazarimizda oxirgi imkoniyatidan foydalanmoqda. Natija qanday bo'ladi, bir necha oylardan keyin bilib olamiz.

Martin Edegor

"Real" oxirgi yillarda ayni damda o'ziga kerak bo'lmagan futbolchilarni ijaraga berib, zarur vaqtda qaytarishni "o'rganib oldi". Jamoa bir qator yosh futbolchilarni ijaraga berib, ularning aksariyati o'yin amaliyotiga ega bo'lib, tajriba orttirgach, "qaymoqranglilar" safiga qaytmoqda. SHunday futbolchilardan biri Martin Edegor. 21 yoshli Norvegiya termasi vakili "Sosedad"dagi ajoyib mavsumdan so'ng poytaxt jamoasiga qaytdi. San-Sebastyanda Martin 15 golda ishtirok etdi.

"Edegorning ko'plab ijobiy hislatlari mavjud, — deydi Rodriges. — O'z ustida ishlashdan va o'sishdan to'xtab qolmasa, u "Madrid"da ham katta natijalarga erisholadi. U maydonda "o'nlik" sifatida yoki Luka Modrichning nuqtasida harakat qilishi mumkin. Uning o'zi ham gollar ura oladi. U tezkor va texnik tomonlama kuchli. Bu mavsum unga imkoniyat berishadi".

Avvaliga yarim himoyachi "Real"da qiynaldi. 16 yoshli Edegor klub tarixidagi eng yosh debyutantga aylandi, ammo keyin... Omadsizliklardan keyin OAV vakillari ham, muxlislar ham futbolchi va klubni qattiq tanqid qilishdi va "Qirollik klubi" millionlarni shunchaki "havoga uchirdi" deyishdi. Biroq Edegor "sinmadi" va bugunga kelib, katta ishonch bildirilayotgan futbolchilar sirasiga kiradi. Bu mavsum futbolchi uchun "Real Madrid"dagi hal qiluvchisi bo'lishi mumkin.

"Edegor o'ta kreativ futbolchi. U hujum va yarim himoya o'rtasidagi bo'shliqni to'ldirib turadi. "Real"da bunday futbolchilar etarli, lekin Modrichdan keyin Martinda yaxshi imkoniyat paydo bo'ladi. "Sosedad"da unga ortiqcha bosim o'tkazilmadi va u ajoyib o'yin ko'rsatdi. Madridda bu ishini davom ettira oladimi yoki yo'q? Barchasini vaqt ko'rsatadi".

Nozima Zaripova tarjimasi

BestMaster
15 Oktyabr 2020, 17:45
madrid, yosh, iqtidorlari, taqdiri, nima, boladi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads