Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Barselona» Pogbaga «ko'z tikdi»

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogbani qo'lga kiritish uchun o'zgacha uslubdan foydalanmoqchi. 

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz. 

Donnarumma nishonda


Milanning «Milan» jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. 

"Calciomercato« nashrining ma'lum qilishicha, 21 yoshli kipper bilan "Chelsi" shartnoma imzolash maqsadidan qaytgani yo'q. 

Mavsum so'nggida erkin agentga aylanuvchi futbolchi uchun London klubi katta maosh ko'rsatilgan shaxsiy shartnoma va uning agentiga 5 million evro bonus taqdim etmoqchi. Buning uchun kipper «Milan» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortishi lozim. 

«Barselona» Pogbaga «ko'z tikdi»


Kataloniyaning «Barselona» jamoasi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogbani qo'lga kiritish uchun o'zgacha uslubdan foydalanmoqchi. 

"Daily Mirror" nashrining ma'lum qilishicha, klub futbolchini mavsum so'nggida erkin agent sifatida qo'lga kiritishni niyat qilgan. 

Eslatib o'tamiz, Pogba «qizil iblislar» tarkibini tark etishga qarshi emas, shu bois yangi shartnoma borasida muzokaralar o'tkazishga shoshilmayapti.

«Suonsi» rad javobini oldi


Angliyaning «Liveprul» jamoasi o'z yarim himoyachisi Garri Uilson borasida «Suonsi Siti»dan kelib tushgan taklifni rad etdi. 

Goal nashrining ma'lum qilishicha, jamoalar ijara shartnomasi borasida kelisha olmagan. Shu bois, «mersisaydliklar» o'z futbolchisini Uelsga yuborishdan bosh tortgan. 

Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp 23 yoshli Uilsonni APL qaydnomasiga kiritmadi, biroq uni "Arsenal"ga qarshi kubok bahsida maydonga tushirdi. 

Uilsher qaytishi mumkin


Londonning "Arsenal" jamoasi erkin agent maqomidagi Jek Uilsherni ortga qaytarishi mumkin. 

Bu haqida Sport Ekspress nashri ma'lum qilmoqda. 28 yoshli futbolchi «Vest Hem» bilan o'rtadagi shartnomani bekor qilganidan beri ishsiz qolib ketgan. 

Ingliz nashrlarining ma'lum qilishicha, London klubi Jekka ikkinchi imkonni berish borasida o'ylamoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. 

Balotelliga Nant taklif yuboradi


«Breshia» jamoasining sobiq futbolchisi Mario Balotelli Frantsiyaga yo'l olishi mumkin. 

"Lʼequipe« nashrining ma'lum qilishicha, hujumchiga »Nant" klubi 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Ayni damda, Balotellining o'zi bu borada rasmiy ma'lumot berganicha yo'q. 

Eslatib o'tamiz, qahramonimiz avvalroq «Liga 1»ning «Nissa» jamoasi sharafini himoya qilgan.

BestMaster
15 Oktyabr 2020, 16:30
«barselona», pogbaga, «koz, tikdi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads