Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu sudda qatnashdi va u o'zini aybdor emasligini aytib o'tdi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanib jinoiy ish ochilganidan xabaringiz bor.

Bugun 32 yoshli futbolchining sudi Madriddagi Posuelo-de-Alakron shahrida bir yarim soat davomida bo'lib o'tdi. Va unda futbolchi o'zini aybsiz deb hisoblashini aytib o'tdi. Forvardning aytishicha u sud zaliga faqat o'zining obro'yi uchun kelganini ta'kidlagan.

"Agar men Krishtianu Ronaldu bo'lmaganimda, men bu yerga kelmagan bo'lar edim." - deydi Portugaliya terma jamoasi sardori. Shu bilan birga futbolchi suddan so'ng OAV intervyu berishni xohlamadi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2011-2014-yillar oralig'ida 14,7 mln yevro miqdorda pulni davlatdan yashirganlikda gumonlanmoqda. Agarda Ronaldu aybdor deb topilsa shartli ravishda 2 yil qamoq jazosiga tortilishi mumkin va belgilangan miqdordagi pulni ham davlatga to'laydi.

Hozircha tergov ishlari davom etmoqda.

 

BestMaster
31 Iyul 2017, 18:45
ronaldu, sudda, qatnashdi, ozini, aybdor, emasligini, aytib, otdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 Real_Beki  
Ha Perez bilan kelishib olgandan keyin yangi shartnoma haqida og'iz ochmagandan keyin Perez Bobo Bu yog'ini bosti bosti qilib yuboradida albatta... Bu g'alvani hammasi yangi shartnoma haqida gap ochilgandan keyin boshlanib ketti.... Kim biladi balki shunchaki tasodifdir...
31 Iyul 2017, 19:05
Mehmon
Eeeee nima qiladi qamab roni istasa 14.7 mln uyaqta tursin ortigi bn tolaydiku
1 Avgust 2017, 14:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads