Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Rodrigo: Men yangi Neymar bo'lishni xohlamayman

«Real»ning 19 yoshli braziliyalik hujumchisi Rodrigo o'zini vatandoshlari — Neymar va Robino bilan taqqoslashlariga munosabat bildirdi.

.
- Yuklab olish

«Real»ning 19 yoshli braziliyalik hujumchisi Rodrigo o'zini vatandoshlari — Neymar va Robino bilan taqqoslashlariga munosabat bildirdi.

"Faoliyatimning boshidanoq, «Santos»da o'ynagan kezlarimda ham meni Neymar va Robinoga qiyoslashardi. Bu har doim bo'lgan. Ammo har doim Rodrigo bo'lishni va o'z hikoyamni yozishni istashimni aytganman. Robino va Neymar «Santos» va o'zi o'ynagan boshqa klublarning afsonasi hisoblanadi. Neymar bitta, men esa faqat Rodrigo bo'lishni xohlayman.

Menimcha, yuqori saviyali bo'lish juda muhim, barchamiz bilamizki, mening pozitsiyamda ajoyib futbolchilar bor. Braziliya terma jamoasida o'ynash navbati kelganida, yaxshi harakat qilaman, mashg'ulotlarda va har bir o'yin oldidan Tite (Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi) talab qilgan narsalarni bajaraman. Terma jamoaga chaqirilishda davom etishim uchun uzluksiz o'ynab turishim lozim", - dedi Rodrigo.

Eslatib o'tamiz, Rodrigo 2019 yil yozida «Santos»dan «Real»ga o'tgan. Madrid klubi uning transferi uchun 45 million evro sarflagandi. Rodrigo hozirgacha «qirollik klubi» tarkibida 28 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

BestMaster
13 Oktyabr 2020, 19:30
rodrigo, yangi, neymar, bolishni, xohlamayman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads