Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Balotelli hozir qaerda?!

«O'zingizni bosing! Bir necha haftadan so'ng, shartnoma imzolayman!»

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Balotelli hozir qaerda?!

«Breshia» klubining sobiq hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi borasida ma'lumot berdi.

Ayni damda, erkin agent maqomidagi futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida quyidagi izohni yozib qoldirgan.

«O'zingizni bosing! Bir necha haftadan so'ng, shartnoma imzolayman!»

"Tuttosport" nashrining ma'lum qilishicha, yozda janjalkash futbolchi bilan "Jenoa" va »Verona« jiddiy qiziqib qolgan. Ma'lumotlarga qaraganda, endi Mario bilan shartnoma imzolash uchun "Benavento" va "Spetsia" asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

Milik nishonda!

Neapol shahrining «Napoli» jamoasi hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini «Fiorentina»da davom ettirishi mumkin.

"Tuttosport« nashrining ma'lum qilishicha, Federiko Kezaning transferidan so'ng, »binafshalar" bor e'tiborni Milikni qo'lga kiritishga qaratmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, klub qishda polyakni o'z safiga qo'shib olish uchun harakat qiladi. Ayni damda, Akadiush «Napoli»dan alohida mashg'ulotlar o'tkazmoqda.

«Yuventus» va PSJ Ramosni qo'lga kiritmoqchi

Madridning «Real» klubi sardori Serxio Ramos faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Xabaringiz bor, Ramosning klub bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggida o'z yakuniga etadi, biroq hali unga yangi shartnoma taklif etilganicha yo'q.

"Calciomercato" nashrining ma'lum qilishicha, »el-kapitano« bilan "Yuventus" va PSJ klublari jiddiy qiziqib qolgan.

Eslatib o'tamiz, Ramos jamoada maosh olish borasida Eden Azardan keyingi o'rinda (11,7 million evro) bormoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, himoyachi jamoada qolish maqsadida o'z maoshini kamaytirishlariga ham tayyor.

Grizman qishda ketadimi?

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi hujumchisi Antuan Grizman faoliyatini Parijda davom ettirishi mumkin.

"Le10sport" nashrining ma'lum qilishicha, hujumchi Leo Messining va Ronald Kumanning qo'llab-quvvatlashini his etmayapti. Boz ustiga, Kuman va'da berganidek uni etakchiga aylantirmadi. Kataloniya klubi o'yin falsafasini hali-hamon o'zlashtira olmagan futbolchi barchasini vatanida qayta boshlash maqsadida PSJ bilan muzokaralar o'tkazmoqchi.

Manbaning ma'lum qilishicha, ushbu transfer qishda amalga oshishi mumkin. Grizmanning o'zi ham Kataloniyani tark etishga qarshi emas.

Kuzyaev nimadan quruq qoldi?

«Zenit» jamoasi yarim himoyachisi Daler Kuzayaev yozda Italiya "A seriya"sida ko'rinish berishi mumkin edi.

Bu haqida jurnalist Dmitriy Shnyakin ma'lumot bermoqda. Uning aytishicha, Daler bilan Bundesliganing "Armeniya«, Italiyaning »Napoli" jamoalari jiddiy qiziqib qolgan, biroq Dalerning o'zi RPLda qolishga qaror qilgan.

Eslatib o'tamiz, Daler uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng, «Zenit» bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

BestMaster
13 Oktyabr 2020, 17:00
balotelli, hozir, qaerda?!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads