Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduning sudda qatnashdi va u o'zini aybdor emasligini aytib o'tdi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanib jinoiy ish ochilganidan xabaringiz bor.

 

Bugun 32 yoshli futbolchining sudi Madriddagi Posuelo-de-Alakron shahrida bir yarim soat davomida bo'lib o'tdi. Va unda futbolchi o'zini aybsiz deb hisoblashini aytib o'tdi. Forvard aytishicha u sud zaliga faqat o'zining obro'yi uchun kelganini ta'kidlagan.

"Agar men Krishtianu Ronaldu bo'lmaganimda, men bu yerga kelmagan bo'lar edim." - deydi Portugaliya terma jamoasi sardori. Shu bilan birga futbolchi suddan so'ng OAV intervyu berishni xohlamadi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2011-2014-yillar oralig'ida 14,7 mln yevro miqdorda pulni davlatdan yashirganlikda gumonlanmoqda. Agarda Ronaldu aybdor deb topilsa shartli ravishda 2 yil qamoq jazosiga tortilishi mumkin va belgilangan miqdordagi pulni ham davlatga to'laydi.

Hozircha tergov ishlari davom etmoqda.

 

BestMaster
31 Iyul 2017, 18:10
ronalduning, sudda, qatnashdi, ozini, aybdor, emasligini, aytib, otdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads