Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kelasi mavsumda kimlar erkin agentga aylanadi? (Top 10)

.
- Yuklab olish

Stadion.uz mavsum yakunida klubi bilan shartnomasi yakunlanuvchi futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi.

Anxel Di Maria

Anxel futbolchi o'tgan mavsumni juda ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. EChL finali va «Liga 1» oltin medallari qo'lga kiritildi. Sermahsullik ham yuqori darajada. Afsuski, argentinalik futbolchi 33 yoshni qarshi oldi. Aynan shu omil sababli, PSJ u bilan shartnomani uzaytirish haqida o'ylamayapti. Ma'lumotlarga qaraganda, Di Marianing agentlari allaqachon futbolchi uchun yangi klub izlashni boshlab yuborgan. Qahramonimiz «Yuventus» va "As-Saad" klublari nishonida turibdi.

Florent Tauvin

Frantsiya futbolining ertasi deb taxmin qilingan yigitchada progress kuzatilmadi. Uning o'z vaqtida kuchliroq klub bilan shartnoma imzolamagani bunga sabab bo'ldi desak, adashmagan bo'lamiz. Ayni damda «Marsel» sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachini transfermarket portali 28 million evroga baholamoqda. Katta ehtimol bilan «Marsel» u bilan shartnomani uzaytirishga urinib ko'radi. Sababi, bunday futbolchini erkin agent sifatida qo'yib yuborish qo'pol xatoga aylanishi mumkin.

Arkadiush Milik

«Napoli» jamoasi forvardi yozda «Yuventus» bilan muzokaralar o'tkazdi, biroq yakunda kelishuvga erisha olmadi. Bunga «Napoli»ning biroz «ochko'zligi» sabab bo'ldi desak, adashmagan bo'lamiz. Shuningdek, «Tottenhem» ham Milikni o'z safiga qo'shib olish niyatida edi, biroq De Laurentis polyakni ijaraga berishni istamadi. Umuman olganda, Milikning kelajagi borasida xavotirga o'rin yo'q. Unda tanlov bisyor. Hatto, klubda qolsa ham ajablanmang!

Jorjino Veynaldum

«Liverpul»ning joker qartasi «Barselona» bilan deyarli bir oy muzokaralar olib bordi. Transfer summasi 36 million evroni tashkil etuvchi yarim himoyachi uchun Kataloniya klubi mavsum so'nggida yana kurashga qo'shilishi aniq. Sababi, gollandiyalik futbolchi Kuman qo'l ostida to'p surishni juda ham istamoqda.

Memfis Depay

Kataloniya klubi nishonidagi yana bir futbolchi - Depayning ham shartnomasi tez orada yakunlanadi. «Taqachilar» hujumchisi «Barselona»ga o'tish orzusida. Katta ehtimol bilan, Depay «Lion» taklif etayotgan 5 yillik shartnomaga qo'l qo'ymaydi. Sababi, u taqdir taqdim etgan ikkinchi imkoniyatdan foydalanish niyatida. Agar Dembelening transferi amalga oshganida, u allaqachon Messi bilan birga shug'ullanayotgan bo'lar edi. Afsuski, «Lion» transfer summasi 40 million evroga teng futbolchini tekinga qo'yib yuborishi mumkin. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Serxio Aguero

«Manchester Siti» klubi tarixida eng yaxshi to'purar futbolchining ham shartnomasi poyoniga etmoqda. «Shaharliklar» pastki divizionga tushib ketmagach, Agueroning klubda qolishi borasida savollar kun tartibidan olib tashlangan edi. Endi esa, uning shartnomasi yakunlanmoqda. «Siti» katta ehtimol bilan Kun Agueroga 1 yo uzog'i borsa 2 yillik shartnoma taklif etadi. Argentinalik hujumchining o'zi ham so'nggi mavsumlarini vatanida o'tkazish niyatida ekanligini yashirib o'tirmayapti. Shunday ekan, Agueroning «tumanli albion»dagi sarguzashtlari hali yakunlanmadi.

Janluiji Donnaruma

Italiyalik posbon Mino Rayola bilan birgalikda «Milan»ning pullarini «shilish» bilan ovora. Gap shundaki, o'tgan safar Mino darvozabonni klubdagi eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylantirgan edi. Endi esa, "A seriya"ning eng ko'p maosh oluvchi darvozaboniga aylantirmoqchi. "Rossonerilar" endigina stabillik namoyish etishmoqda. Bunda Donnarumaning o'rni beqiyos. Shu bois, bu vaziyatda "Milan" chekinishga majbur. Sababi, transfer summasi 50 million evrolik darvozaboni yozda tekinga qo'yib yuborish juda kulgili.

David Alaba

«Bavariya» jamoasining universal futbolchisi uchun kurash avj olayotgani bor gap. Himoyachi klubdan yiliga 20 million evro maosh ko'rsatilgan shartnomani undirish maqsadida. «Bavariya» esa, Alabani Noyer va Levandoskidan ko'p maosh olmoqchi ekanligini hazm qila olmayapti. Vaziyatdan esa, «Yuventus» foydalanish niyatida. Umuman olganda, vaziyat ancha chigal. Alabaning klubdagi o'rni biroz yo'qolgan. Sababi, Alfonso Devisning uning o'ng qanotdagi muqim o'rnini tortib oldi. Shu bois, «Bavariya» himoyachi bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Ayni damda, transfer summasi 58 million evroga teng bo'lgan futbolchi esa, klubdan ketmoqchi ekanligini rasman e'lon qilib bo'ldi. Uning faoliyati qaerda davom etishi hozircha katta so'roq ostida turibdi.

Pol Pogba

«Manchester Yunayted» tarixidagi eng qimmat transfer sanaluvchi futbolchining ham «Old Trafford»dagi sarguzashtlari poyoniga etib qolgan ko'rinadi. Qahramonimiz allaqachon «Real»da to'p surish orzusida ekanligi haqida intervyular berishni boshladi. Sulsher esa, jamoa etakchiligini Bruno Fernandeshga topshirib qo'ydi. Pogba kutilganidek, yangi Bekxem yoki Ronaldu bo'la olmadi. U shunchaki, o'z imiji ustida yaxshi ishlovchi media futbolchiga aylanib qoldi. Maydondagi sermahsullik haqidaku gapirmasa ham bo'ladi. Transfermarket 72 million evroga baholayotgan futbolchini qo'lga kiritish uchun «Yuventus» ham shay. Jamoa rahbarlari allaqachon Mino Rayola bilan suhbatlashib olishdi. «Manchester Yunayted» esa, juda qiyin ahvolda qoldi. Pogbani jamoada olib qolish uchun yiliga 15-20 million (bonuslar bilan) evro maosh to'lash lozim. 100 million evroga olingan futbolchini tekinga qo'yib yuborish ham achinarli. To'g'risi, «qizil iblislar» tushib qolgan vaziyatga havas qilib bo'lmaydi. Barchasi futbolchining so'nggi so'zi orqali hal etiladi.

Leonel Messi

Mavsum so'nggida bu yigitning transfer ko'p muhokama qilinishi turgan gap. Leo yozda klubdan ketmoqchi bo'ldi. Hatto ketishi haqida klub ofisiga faks ham jo'natdi, ammo Bartameu o'zining so'nggi mavsumini Messisiz o'tkazishni istamadi. «Barselona» Leoni deyarli kuch bilan jamoada saqlab qoldi. Argentinalik futbol dahosini ushlab qolish evaziga jamoa deyarli 200 million evrodan voz kechishga ham rozi ekanligi tahsinga sazovor. "Marca" va "Mundo Deportivo" nashrlarining ma'lum qilishicha, Messi qishdayoq Gvardiola jamoasi safiga borib qo'shilishi mumkin. Hozircha, Leoning qanday yo'l tutishi noma'lum. Barchasi Kuman qo'l ostidagi «Barselona»ning qanday natija ko'rsatishiga bog'liq. Messi klub bilan tuzgan shartnomasi yakunlanayotganidan unumli foydalanadimi? Yoki jamoa abadiya a'zosi sifatida yana 2-3 mavsum klubda qoladimi? Bu savollarga yozgi transfer oynasi ochilganida to'liq javob olishimiz mumkin.

BestMaster
11 Oktyabr 2020, 13:00
kelasi, mavsumda, kimlar, erkin, agentga, aylanadi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads