Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messi qishda «Siti» a'zosiga aylanishi mumkin

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Messi APLda?!

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi hujumchisi Leonel Messi faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin.

«Tribalfootball» nashrining ma'lum qilishicha, Kataloniya klubi moliyaviy muammolar sababli o'z futbolchilarning maoshini keskin kamaytirish haqida bosh qotirmoqda. Bu qaror esa, argentinalik futbolchiga manzur kelmagan. Agar bu ish amalga oshsa, Mahalliy hokimiyat futbolchilarga shartnomani kelishgan holda bekor qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Messi ushbu vaziyatdan unumli foydalanish haqida bosh qotirmoqda. «Shaharliklar» esa, allaqachon uning otasi bilan aloqa o'rnatishga muvaffaq bo'ldi.

King nishonda!

«Bormunt» jamoasi hujumchisi Joshua King faoliyatini APL klublaridan birida davom ettirishi mumkin.

«The Sun» nashrining ma'lum qilishicha, «Vest Hem» va «Vest Bromvich» klublari hujumchi uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

Manbaning ma'lum bo'lishicha, «olchalar» o'z hujumchisini 10 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.

«Yuve» va «Barsa» seriali davom etadi

Turinning «Yuventus» va Kataloniyaning «Barselona» jamoasi futbolchi almashtirishni amalga oshirishi mumkin.

«Tuttosport» nashrining ma'lum qilishicha, «Yuventus» Usman Dembeleni qo'lga kiritish uchun Federiko Bernardeskini taklif qilmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, ushbu transfer borasida ikki klub allaqachon muzokaralarga olib bormoqda.

«Inter» Naingollanni nega olib qolmadi?

Milanning «Inter» klubi Raja Nainggolan borasida yakuniy qarorga keldi.

«Le Gazzeta Dela Sport» nashrining ma'lum qilishicha, ijara asosida «Kalyari sharafini himoya qilayotgan belgiyalik futbolchini "Inter" 5 million evro evaziga sotishdan bosh tortgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, jamoa Raja uchun 10 million evro talab qilgan, «Kalyari» Nainngolan bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishganiga qaramay, uni o'z tarkibida olib qolishni uddalay olmadi.

Depay amalga oshmagan transferga izoh berdi

Frantsiyaning «Lion» klubi hujumchisi Memfis Depay «Barselona» bilan tuzilmay qolgan shartnomasi haqida fikr bildirdi.

«Nima ham derdim?! Hayot davom etmoqda. Barcha narsaning o'z sabablari mavjud. Men qanchalar »Barselona"ga o'tishga yaqin bo'lganim haqida so'zlamoqchi emasman.

Hozir bor e'tiborimni «Lion» klubi safidagi o'yinlarimga qaratganman. Agar o'z darajamda to'p surishda davom etsam, «Barsa» menga bo'lgan qiziqishini yo'qotmaydi.«,- deb futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Voetoball" nashri.

Eslatib o'tamiz, Kataloniya klubi Dembeleni sotishni uddalay olmadi va Depayning transferi uchun 40 million evroni topa olmadi. Shu omil sababli, Memfis yangi mavsumni «taqachilar» safida o'tkazadi.

BestMaster
8 Oktyabr 2020, 21:00
messi, qishda, «siti», azosiga, aylanishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads