Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mashhur futbolchilarning farzandlari

Yaqindagina Enrike Kezaning o'g'li Federiko Keza Turinning «Yuventus» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi o'z otasi izidan ketmoqda. U ham Enrike singari Italiya terma jamoasining muqim a'zosiga aylanmoqchi ekanligini yashirib o'tirmayapti. Xo'sh, ayni damda yana qaysi sobiq futbolchilarning farzandlari yashil maydonda to'p tepmoqda? Bugun ulardan eng mashhurlarini yodga olamiz.

.
- Yuklab olish

Yaqindagina Enrike Kezaning o'g'li Federiko Keza Turinning «Yuventus» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi o'z otasi izidan ketmoqda. U ham Enrike singari Italiya terma jamoasining muqim a'zosiga aylanmoqchi ekanligini yashirib o'tirmayapti. Xo'sh, ayni damda yana qaysi sobiq futbolchilarning farzandlari yashil maydonda to'p tepmoqda? Bugun ulardan eng mashhurlarini yodga olamiz.

Jastin Klyuvert - Patrik Klyuvert

Jastinning otasi - Patrik futbolchilik faoliyati davomida "Ayaks«, »Milan« va »Barselona« singari grandlar sharafini munosib himoya qilgan. Terma jamoa safida 40 ta gol kiritgan futbolchi, klublar miqyosda ham 200 dan ortiq raqib darvozalarini ishg'ol qilgan. Uning uyida EChL, La Liga va A seriya oltin medallari mavjud. Qahramonimizning uchta o'g'li bor. Ularning kattasi - Jastin allaqachon katta futbolda o'z nomiga ega bo'ldi. Avvaliga "Ayaks«da porlagan futbolchi keyinroq "Roma" safida to'p tepdi. Endi esa, »RB Leyptsig" bilan yangi marralarni zabt etish orzusida. Unda, otasini quvib o'tish uchun imkoniyat mavjud. Hujumchi, Yulian Nagelsman qo'l ostida yangi darajaga chiqishi taxmin qilinmoqda.

Markus Tyuram - Lilian Tyuram

E'tiborlisi shundaki, Lilian o'z vaqtida Enrike Keza bilan birgalikda «Parma» sharafini himoya qilgan. Enrike singari Lilianning ham farzandi otasi singari futbolchi bo'lishni tanladi. E'tiborlisi shundaki, 1998 yildagi Jahon chempioning o'g'li hujum chizig'ida to'p surishga qaror qildi va buni hozircha yaxshi uddalamoqda. Markus o'tgan mavsumda Bundesligada juda ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. 11 ta gol va 9 ta assist. «Borussiya M» jamoasi yangi mavsumda YChL doirasida «Real» va «Inter» bilan to'qnash keladi. Aynan o'sha uchrashuvlarda Tyuramning katta o'g'li nimalarga qodir ekanligini ko'rib olishimiz mumkin.

Erling Xoland - Alf-Inge Xoland

Alf Angliyada munosib mavsumlarni o'tkazgani bilan ko'plab muxlislarning yodida qolgan desak, adashmagan bo'lamiz. Alf Roy Kin bilan doimo maydon ichida va tashqarisida dushmanlikni o'z o'rniga qo'ygan. Aynan shu omil sababli ota o'z o'g'lini Sulsher qo'l ostida to'p surishini istamadi. Qaysidir ma'noda bu qaror o'zini yuz foiz oqladi. Dortmund klubiga ko'chib o'tgan Erling super sermahsullik namoyish etishga tushib ketdi. Endigina 20 yoshga kirgan futbolchi allaqachon 70 dan ortiq gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Agar u shu tempda davom etsa, tez orada «Lids», «Manchester Siti» va «Nottingem» klublari sharafini himoya qilgan otasidan o'zib ketishi aniq.

Kasper Shmeyxel - Piter Shmeyxel

Kasper «Lester» safida Angliya chempionligini qo'lga kiritgach, otasidan o'zib ketish imkoniyatiga ega edi. Afsuski, qahramonimizning faoliyatida boshqa ulkan yutuqlar ko'zga tashlanmadi. Daniya bilan Evropa chempionligini qo'lga kiritgan Shmeyxellarning kattasi «M-Yu» bilan deyarli barcha musobaqada g'alaba qozonishni ham uddalagan. Uning o'g'li u erishgan yutuqlarga erisha olmadi, ammo Piter farzandi bilan faxrlanishini yashirib o'tirmaydi.

Jovanni Simeone - Diego Simeone

«El-Cholito» allaqachon katta insonga aylangan. Uning katta o'g'li Jovanni o'zining A seriyadagi beshinchi mavsumini boshladi. Qahramonimiz tez orada rasman 150-uchrashuvida maydonga tushadi. Hozircha, uning hisobida 45 ta gol mavjud. Ajoyib ko'rsatgich, ammo hozircha uni argentinalik hujumchilar elitasiga qabul qilishganicha yo'q. Shunga qaramay, Jovanni otasi singari tirishqoqlik bilan tepaga intilmoqda. Bu harakat tez orada o'z samarasini berishi turgan gap.

Jordan Larsson - Xenrik Larsson

Jordan o'zini otasi bilan solishtirishlarini u qadar hush ko'rmaydi. «Barselona» va «Manchester Yunayted» singari jamoalarda munosib to'p surgan futbolchi bilan uning «Sparkat»dagi faoliyatini qiyoslash mushkul. Ayni damda, Jordan Moskva klubi safida 40 bor maydonga tushdi va 20 bor raqib darvozasini ishg'ol qilishda faol ishtirok etdi. Boshlanishi chakki emas.

Yanis Xadji - Georgi Xadji

Ayni damda Afsonaviy futbolchi - Georgi Xadjining o'g'li Yanis «Glazgo Reynjers» sharafini munosib himoya qilmoqda. Stiven Jerrard bilan faoliyat olib borayotgan hujumkor yarim himoyachi jamoaning etakchilaridan biriga aylanib oldi, desak adashmagan bo'lamiz. Yangi mavsumda qahramonimiz allaqachon 6 ta astsit va 1 ta golni o'z hisobiga yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Hozircha, yaxshi temp, biroq otasining darajasiga chiqishi uchun hali unga «bir nechta qovun pishig'i bor».

BestMaster
7 Oktyabr 2020, 20:00
mashhur, futbolchilarning, farzandlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads