Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real Madrid" qatorasiga uchinchi g'alabani qo'lga kiritdi va birinchi o'ringa ko'tarildi

Ispaniya chempionatining 5-turi doirasidagi "Levante" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Levante – Real Madrid 0:24 oktyabr, "Estadio de la Seramika" stadioniGollar: 0:1 – 16 Vinisius Junior, 0:2 – 90 Benzema.

"Levante" – Fernandes, Miramon, Vezu, Klerk, Postigo, Malsa (Radoya, 73), Bardi, Kampanya, Vukchevich (De Frutos, 55), Roxer Marti (Melero, 55), Morales (Dani Gomes, 68).

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Mendi, Ramos, Varan, Kazemiro, Valverde (Edegor, 89), Vinisius Junior (Vaskes, 69), Modrich (Isko, 89), Asensio (Rodrigo, 69), Benzema.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (4), Bardi (72), Miramon (90).

LA LIGA TURNIR JADVALI

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

SHu tariqa, Zidan shogirdlari ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi va turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldilar.

"Levante" katta kuch bilan oldinga o'tib ketgani sababli himoyada katta bo'shliq yuzaga keldi, Rodrigo jamoadoshini deyarli maydon markazidan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, Benzema shoshmadi va ortidan etib olgan himoyachini dog'da qoldirib, kuchli zarba berdi - 0:2.

90+5-daqiqa. GOOOOOOL! Karim Benzema o'yinga nuqta qo'ydi. 

90+3-daqiqa. Xorxe Miramon ("Levante") Rodrigoga nisbatan qo'pollik uchun sariq kartochka oldi. 

90+2-daqiqa. "Real" futbolchilari indiviual mahorat evaziga to'pni saqlab turib, raqibni qoidani buzishga, shu yo'l bilan vaqt o'tishiga erishishmoqda. 

90+1-daqiqa. Maydon markazida Isko to'pni raqibdan olib qo'ydi, keyin esa yiqitildi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. O'zgarish! Isko va Edegor maydonga tushdi. Modrich va Valverde uchun esa bugungi o'yin yakunlandi.  

87-daqiqa. Yiqitilgach hakam jarima zarbasi bermaganidan jaxli chiqqan Rodrigo orqaroqqa qaytdi va to'pni olib qo'ydi.  

84-daqiqa. "Real Madrid" jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. To'p o'yinga kiritilgach, Mendi kuchli zarba bera oldi, darvozabon katta qiyinchilik bilan uni qaytarib yubordi. 

81-daqiqa. Lukas Vaskes hujumga o'tdi va to'pni jarima maydoni ichiga etkazib berdi, biroq himoyachilar uni qaytarishga muvaffaq bo'lishdi. 

79-daqiqa. Ramosning kichik xatosidan keyin Enis Bardi yana markazroqdan kuchli zarba yo'lladi, Tibo o'z o'rnida.  

76-daqiqa. Karlos Klerk yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi, lekin Tibo Kurtua yaxshi harakat qilib, raqibini qarshi oldi va to'pni darvozaga yo'llashga imkon qoldirmadi. 

Mezbonlar tarkibida o'zgarish: Mikael Malsa o'rnini Nemanya Radoya egalladi.   

73-daqiqa. Enis Bardi hozirgina maydonga tushgan Lukas Vaskesga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

72-daqiqa. O'yin davom ettirildi va birinchi hujumdayoq "Levante" hisobni tenglashtirib qo'yishi mumkin edi, lekin yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi. 

Vaziyat qaxramonlari o'zaro ham fikr almashishdi. Yo'q, gol inobatga olinmadi. 

69-daqiqa. Hakam vaziyatni takroran ko'rguncha, Rodrigo - Asensioni, Vaskes Vinisiusni alishtirdi. 

67-daqiqa. Asensio jarima maydoni chizig'ining yonginasida yiqitildi. Modrichning uzatmasidan keyin Serxio Ramos GOL  urdi, lekin... Hakamning hushtagi chalindi. 

64-daqiqa. "Federiko Valverde hujumni qo'llab-quvvatlash maqsadida oldinga borgandi, lekin to'p oshirishda noaniqlikka yo'l qo'ydi.  

62-daqiqa. Xose Luis Morales jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, biroz noaniq.

60-daqiqa. "Real" himoyasida muammolar vujudga kelmoqda. Yana o'sha Enis Bardi uzoqdan zarba bergandi, to'p Kazemiroga tegib yo'nalishini o'zgartirdi va Kurtua oyoqlari bilan to'pni qaytardi. 

58-daqiqa. Keyingi hujumni "Real" uyushtirdi. Vinisius qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi va Benzema bilan devor uslubida o'ynab, franciyalik jamoadoshini zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqarib yubormoqchi edi, lekin Karim to'pga ulgurmadi.

57-daqiqa. Enis Bardi kutilmaganda markazdan darvozaga yaqinlashib keldi va kuchli zarba berdi, Kurtua qiyinchilik bilan to'pni maydonga qaytardi. 

55-daqiqa. Yana Vinni gol urishi mumkin edi. Bu safar Benzema assistent rolini qoyillatgandi, ammo braziliyalik o'ta qulay vaziyatda oddiy zarbani amalga oshira olmadi. Uning ortidan kelayotgan Luka Modrich, eplolmasakansan, to'pni menga qoldirmaysanmi, urrrvormayman-mi dedi shekilli.  

52-daqiqa. Navbatdagi vaziyat! Vinisius Junior o'ngroqdan jarima maydoniga kirib bordi va zarba berdi, lekin uning zarbasiga ham biroz aniqlik etishmadi. 

51-daqiqa. Himoyachilarning xatosidan keyin Benzema qulay vaziyatga ega bo'ldi, ammo franciyalikning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib maydondan chiqib ketdi. 

"VAR" tizimi ishga tushdi, vaziyatni takroran ko'rib chiqishdi, biroq barchasi joyida ekanligini malum bo'ldi. O'yin davom etadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi taymda ilk xavfli hujumni mehmonlar uyushtirishdi. Modrich katta tezlikda jarima maydoniga kirib ketayotganida yiqitildi, ammo hakamning hushtagi jim.  

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Bo'ldi, birinchi bo'limdagi oxirgi hujum ham "Madrid" tomonidan uyushtirildi, himoyachilar to'pni maydondan chiqarib yuborishdi, lekin hakam burchak to'pi tepishga vaqt qolmaganini malum qilib, jamoalarni tanaffusga chorladi. 

45-daqiqa. Gaplarimizni mezbonlar "eshitishdi" chog'i, hujumga o'tib, burchak to'pi ishlab olishdi. Biroq undan hech qanday naf chiqara olishmadi.  

O'yin asosan markazda, "Levante"ning yarmida bo'lmoqda.  

Bo'lim oxiriga yaqinlashib bormoqda. "Levante" o'yin avvalida bir-ikki marta hujumga borganini inobatga olmasak, keyin Zidan shogirdlari o'yin tizginini o'z qo'llarida ushlab turishibdi. 

35-daqiqa. Vinisius nafaqat hujum vaqtida balki himoyalanishda ham faollik ko'rsatdi, raqib tezkor hujumga o'tib ketishining oldini olib, to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

30-daqiqa. Keyingi burak to'pidan keyin berilgan zarba golga aylanishi mumkin edi. Kurtua ham ojiz qolgan bir pallada to'p to'singa tegib qaytdi. 

Uzatmadan so'ng Varan to'pni yana kelgan joyiga jo'natdi, yana bir burchak to'pi. 

29-daqiqa. "Levante" hujumga o'tdi va burchak to'pi ishlab oldi.  

24-daqiqa. Yuqori pressing tufayli "Real Madrid" yana bir bor to'pni raqibdan olib qo'ydi va o'zi hujum uyushtirishga urinib ko'rdi. Biroq Nachoning uzatmasidan so'ng yakuniy zarbagacha ish bormadi.

22-daqiqa. Tezkor qarshi hujumni Karim Benzema yakunlashi mumkin edi, lekin Vinisiusning uzatmasiga franciyalik biroz etib borishi qiyin bo'ldi, natijada qulay nuqtadan o'tib ketib qoldi. Aks holda oradagi farq ikkitaga oshishi mumkin edi. 

20-daqiqa. Modrich jamoasining 3-burchak zarbasini amalga oshirib berdi, lekin Ramos to'pga biroz eta olmay qoldi. Ikkinchi urinishdan keyin darvozabon o'yinga qo'shildi va uni egallab oldi.  

16-daqiqa. GOOOOOL! Vinisius hisobni ochdi! Burchak zarbasidan keyin to'p jarima maydoninig uzoq burchagida yolg'iz turgan Vinisiusga borib tushdi va braziliyalik futbolchi ajoyib zarba bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.   

15-daqiqa. Bu safar Vinisius o'ng qanotdan jarima maydoniga kirishga urinib ko'rmoqchi edi, himoyachi chaqqonlik qilib to'pni maydondan chiqarib yubordi.

12-daqiqa. "Real" pessing uyushtirdi va Kazemiro to'pni olib qo'ygandi, lekin bosh hakam u qoidani buzdi deb hisobladi. 

10-daqiqa. Navbatdagi hujum Luka Modrichning to'p uzatishdagi xatosi tufayli uzilib qoldi. 

9-daqiqa. "Real Madrid" to'p nazoratini o'z qo'liga olishga harakat qilmoqda. 

7-daqiqa. Vinisius-Modrich-Asensio kombinaciyasini ispaniyalik futbolchi zarba/to'p uzatishi bilan yakunlamoqchi edi, lekin to'p avval himoyachining keyin Markoning oyog'iga tegib maydondan chiqib ketdi.  

6-daqiqa. CHap qanotdan uyushtirilgan hujumni Valverde zarba bilan yakunladi, lekin noaniq.

5-daqiqa. Luis Morales darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishiga sal qoldi, lekin hakam o'yindan tashqari holat qayd etdi.  

4-daqiqa. Kazemiro markazga yaqin hududdagi qo'pollik uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

Luka Modrich uzatmasidan keyin to'p himoyalanayotganlar tomonidan uzoqlashtirildi. 

2-daqiqa. "Qirollik klubi"ning dastlabki hujumi xavfli tus olishi mumkin edi, lekin himoyachilar to'pni maydondan tashqariga chiqarib yuborishdi. Burchak to'pi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni mehmonlar, Madridning "Real" klubi futbolchilari boshlab berishdi. 

YANGILASH

Levante

LaLiga . 5-tur

04/10/2020, 19:00

2 : 0 Tugadi

Real Madrid

Vinicius Junior - 16', Karim Benzema - 90'

Stadion: Estadio de la Ceramica, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Munuera

BestMaster
4 Oktyabr 2020, 21:15
liga, real, madrid, qatorasiga, uchinchi, galabani, qolga, kiritdi, birinchi, oringa, kotarildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads