Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" pandemiya tufayli 195 mln evro yo'qotishi mumkin

Madridning "Real" klubi koronavirus pandemiyasi oqibatida jiddiy yo'qotishlarga duch kelishi kutilmoqda.

.
- Yuklab olish

Bu haqda As nashri xabar qildi. Madridliklar mavsum yakuniga qadar muxlislarni stadionga qaytarmasa, taxminan 195 mln evro yo'qotadi. Jamoa rahbariyati allaqachon inqirozga qarshi reja ishlab chiqishga ulgurgan.

"Real Madrid" uchta asosiy daromad manbayiga ega: televizion huquqlar, homiylik to'lovlari va chipta sotuvi. Klub byudjeti – 882 mln evro, shundan qariyb 625 mln evro televideniya va homiylardan keladi.

"Real" futbolchilari klubga inqirozni engish uchun ko'mak berishmoqda. O'yinchilar maoshlarining pasayishiga rozi bo'lgani tufayli mavsum oxirida 50 mln evro tejab qolingan edi. Bonuslardan voz kechilishi evaziga jamoa byudjetida yana 25 mln evro ushlanib qoldi.

Bundan tashqari, "qirollik klubi" joriy transfer oynasidagi sotuvlardan taxminan 100 mln evro ishlab olgan.

Ayni paytda Evropaning barcha top-klublari deyarli shunday vaziyatga duch kelishmoqda. Kichik jamoalarning holati nisbatan osonroq, chunki ularda televizion huquqlardan olingan daromad o'yinchilarning maoshini qoplashga etadi.

BestMaster
2 Oktyabr 2020, 21:15
pandemiya, tufayli, evro, yoqotishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads