Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Bugungi qur'a haqida batafsil ma'lumot

Bugun Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Bugun Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Mazkur marosim haqida batafsil ma'lumot berib o'tamiz.

Qachon?
Tadbir 1 oktyabr kuni Jenevadagi Shveytsariya radio va televideniesi studiyasida o'tkaziladi. Marosim Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

Ishtirokchi klublar

Ispaniya (4): "Real", "Barselona", "Atletiko", "Sevilya"
Angliya (4): "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi"
Italiya (4): "Yuventus", "Inter", "Atalanta", "Latsio"
Germaniya (4): "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "RB Leyptsig", "Borussiya" Menxengladbax
Frantsiya (3): "Pari Sen-Jermen", "Olimpik", "Renn"
Rossiya (3): "Zenit", "Lokomotiv", "Krasnodar" *
Ukraina (2): "Shaxtyor", "Dinamo" Kiev*
Portugaliya (1): "Portu"
Belgiya (1): "Bryugge"
Turkiya (1): "Istanbul Bashakshexir"
Niderlandiya (1): "Ayaks"
Gretsiya (1): "Olimpiakos"*
Vengriya (1): "Ferentsvarosh"*
Avstriya (1): "Zaltsburg"*
Daniya (1): "Mityulland"*

* pley-off bosqichi orqali guruh bosqichiga chiqqan klublar

Savatchalar tarkibi

1-savatcha
"Bavariya" (GER), EChL g'olibi
"Sevilya" (ESP), Evropa ligasi g'olibi
"Real" (ESP)
"Liverpul" (ENG)
"Yuventus" (ITA)
"PSJ" (FRA)
"Zenit" (RUS)
"Portu" (POR)

2-savatcha
"Barselona" (ESP) koeffitsient 128,000
"Atletiko" (ESP) 127,000
"Manchester Siti" (ENG) 116,000
"Manchester Yunayted" (ENG) 100,000
"Shaxter" (UKR) 85,000
"Borussiya" Dortmund (GER) 85,000
"Chelsi" (ENG) 83,000
"Ayaks" (NED) 69,5000

3-savatcha
"Dinamo" Kiev (UKR)* 55,000
"Zaltsburg" (AUT) 53.500
"RB Leyptsig" (GER) 49,000
"Inter" (ITA) 44,000
"Olimpiakos" (GRE)* 43,000
"Latsio" (ITA) 41,000
"Krasnodar" (RUS) 35.5000
"Atalanta" (ITA) 35,500

4-savatcha
"Lokomotiv" (RUS) 33,000
"Olimpik" (FRA) 31,000
"Bryugge" (BEL) 28,500
"Borussiya" Menxengladbax (GER) 26,000
"Istanbul Bashakshexir" (TUR) 21,500
"Mityulland" (DEN) 14,500
"Renn" (FRA) 14,000
"Ferentsvarosh" (HUN)* 9,000

Qur'a tartibi
26ta jamoa bevosita guruh bosqichi yo'llanmasiga ega bo'lgan bo'lsa, yana 6ta klub saralash bosqichi orqali yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Jamoalar qur'a oldidan 4ta savatchaga ajratilgan. Dastlabki savatcha EChL va Evropa ligasining amaldagi g'olibi, hamda UEFA reytingidagi top-6 assotsiatsiyalar chempionlari o'rin olishgan. Qolgan savatchalar esa UEFA klublar reytingi asosida shakllantirildi.

Bir mamlakat vakillari bir guruhdan o'rin olishmaydi.

UEFA sovrinlari
Qur'a tashlash marosimida UEFA quyidagi sovrinlar g'oliblarini e'lon qiladi:

— Mavsumning eng yaxshi futbolchisi
— Mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi
— Erkaklar futbolida mavsumning eng yaxshi murabbiyi;
— Ayollar futbolida mavsumning eng yaxshi murabbiyi;
— EChL-2019/2020ning eng yaxshi darvozaboni;
— EChL-2019/2020ning eng yaxshi himoyachisi;
— EChL-2019/2020ning eng yaxshi yarim himoyachisi;
 — EChL-2019/2020ning eng yaxshi hujumchisi;
— Ayollar o'rtasidagi EChL-2019/2020ning eng yaxshi darvozaboni;
— Ayollar o'rtasidagi EChL-2019/2020ning eng yaxshi himoyachisi;
— Ayollar o'rtasidagi EChL-2019/2020ning eng yaxshi yarim himoyachisi;
— Ayollar o'rtasidagi EChL-2019/2020ning eng yaxshi hujumchisi;

Guruh bosqichi o'yinlari sanasi

1-tur: 20/21 oktyabr
2-tur: 27/28 oktyabr
3-tur: 3/4 noyabr
4-tur: 24/25 noyabr
5-tur: 1/2 dekabr
6-tur: 8/9 dekabr

BestMaster
1 Oktyabr 2020, 14:00
bugungi, qura, haqida, batafsil, malumot,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads