Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zaxiradan maydonga tushgan Vinisiusning goli "Real Madrid"ga 3 ochko keltirdi

Ispaniya LaLigasining 4-turidan o'rin olgan "Real" - "Valyadolid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Uchinchi turdan keyin Zinedin Zidan shogirdlari 7 ochko to'plab (faqatgina "Real Sosedad" bilan durang), 3-pog'onani egallab turibdi.  

"Real Madrid" – "Valyadolid" 1:0 "Estadio Alfredo Di Stefano" stadioniGol: 1:0 – 65 Vinisius Junior.

"Real Madrid" – Kurtua, Marselo, Odriosola (Karvaxal, 57), Varan, Ramos, Isko (Asensio, 57), Modrich, Valverde, Kazemiro, Benzema (Mayoral, 87), Yovich (Vinisius Junior, 58).

"Valyadolid" – Roberto, Raul Karnero, Sanches, Bruno Gonsales, Ervias, Michel (El-Yamik, 87), San-Emeterio (Markos Andre, 64), Valdo Rubio (Gvardiola, 74), Orelyana (Kike Peres, 63), Plano, Veysman (Toni Vilya, 74).

Ogohlantirishlar: Bruno Gonsales (71), Kazemiro (78), Marselo (90).

La Liga musobaqa jadvali 

Real Madrid

Vinicius Junior - 65'

LaLiga . 4-tur

01/10/2020, 00:30

0 : 1 Tugadi

Real Valladolid

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Soto

45' 90' 57'  Alvaro Odriozola (Daniel Carvajal)57'  Isco (Marco Asensio)58'  Luka Jovic (Vinicius Junior)65'  Vinicius Junior78'  Casemiro87'  Karim Benzema (Borja Mayoral)90'  Marcelo63'  Fabian Orellana (Kike Perez)64'  Federico San Emeterio (Marcos de Sousa)71'  Bruno Gonzalez74'  Waldo Rubio (Sergi Guardiola)74'  Shon Weissman (Toni Villa)87'  Michel Herrero (Jawad El Yamiq) Match-senterda ochish

YANGILASH

Natijada hisob o'zgarmay qoldi va "Real Madrid" minimal hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi. 

Oxirgi hujumni "Real Madrid" futbolchilari amalga oshirishdi, Vinisius maydon markazidayoq raqiblarini ortda qoldirib, qochib ketdi, lekin oxirgi zarbaga kuchi etmadi. 

90-daqiqa, O'yinning asosiy vaqtiga bosh hakam 3 daqiqa qo'shib berdi. 

87-daqiqa. Karim Benzema uchun bugungi o'yin yakunlandi. Uning o'rnini Borxa Mayoral egalladi. 

82-daqiqa. Jamoasini hujumini tez boshlab bermoqchi bo'lgan darvozabon xatoga yo'l qo'ydi, kutilmaganda, Luka Modrich to'pga birinchi bo'lib tashlandi va olib qo'yib, zarba yo'lladi, lekin to'p ustunga tegib qaytdi.   

77-daqiqa. Qarshi hujumga o'tib ketgan "Madrid"ning uchligi zarbaga imkoniyat topa oldi, Asensio hujumni boshlab bergan bo'lsa, Karim Benzema o'zi qulay vaziyatga chiqa olmasligini tushungach, Vinisiusga to'pni etkazishga qaror qildi, ammo kuchsizroq amalga oshirilgani tufayli himoyachi braziliyalik raqibiga halaqit qilib ulgurdi. 

73-daqiqa. Burchak to'pidan keyin mehmonlar havodagi kurashda ustunlikka erishdi, biroq zarbaga aniqlik etishmadi. 

72-daqiqa. Rubiodan yana bir kuchli va aniq zarba, lekin bu safar ham Kurtua to'p darvozaga borib tushishiga yo'l qo'ymadi.  

Marko Asensio zarbani amalga oshirib berdi, lekin Serxio Ramos xarchand urinmasin to'pga eta olmadi.  

71-daqiqa. Golidan ruhlangan Vinni esa ishonch bilan oldinga bordi, bir raqibini aldab jarima maydoniga kirib ketayotganda yiqitildi. 

69-daqiqa. Kurtuadan navbatdagi seyv! Mezbonlar goldan so'ng bo'shashdimi, raqib darhol imkoniyatga ega bo'lib, zarba yo'lladi.

Navbatdagi hujum davomida to'p bir yo'la ikki himoyachiga tegib Vinisiusga borib tushdi, yosh iqtidor sohibi esa vaziyatdan unumli foydalandi. 

65-daqiqa. GOOOOL! Vinisius hisobni ochdi!

60-daqiqa. Buyog'iga "Real Madrid" futbolchilari katta kuch bilan oldinga borishlari tobora aniq bo'lib bormoqda. Ammo shu o'rinda bu raqibning qarshi hujumlariga imkon yaratishi ham mumkin. 

Takidlab o'tamiz, Marko Asensio bugun 11-raqamdagi ilk uchrashuvini o'tkazmoqda.  

58-daqiqa. Karim Benzema hozirgina maydonga tushgan Asensioni olg'a boshladi, ammo u oshirgan to'pga etib borish biroz qiyin edi. 

57-daqiqa. Odriosola, Isko va Luka Yovich uchun bugungi o'yin yakunlandi. 

Karvaxal, Asensio va Vinisius maydonga tushishga tayyor turibdi. 

54-daqiqa. "Real" hujumga o'tgandi, ammo raqibning qarshi hujumi xavfliroq tus oldi va Kurtuaning mahoratigina "Qirollik klubi"ni g

BestMaster
1 Oktyabr 2020, 02:30
zaxiradan, maydonga, tushgan, vinisiusning, goli, real, madridga, ochko, keltirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads