Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ijtimoiy tarmoqlar «qiroli» kim? (Top 10)

Stadion.uz ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar soni bo'yicha mutlaq rekord o'rnatayotgan futbolchilar haqida fikr almashadi. Bugungi ro'yxat futbolchilar tomonidan keng foydalanilayodgan «Instagram» tarmog'idagi obunachilar soni bo'yicha tuzib chiqildi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar soni bo'yicha mutlaq rekord o'rnatayotgan futbolchilar haqida fikr almashadi. Bugungi ro'yxat futbolchilar tomonidan keng foydalanilayodgan «Instagram» tarmog'idagi obunachilar soni bo'yicha tuzib chiqildi.

10-o'rin. Serhio Ramos

«Real» klubi himoyachisi kuchli o'nlikni ochib beradi. O'zining janjallarga moyiligi bilan dong taratgan «el-kapitano»ni turli ijtimoiy tarmoqlarda 80 milliondan ortiq inson kuzatib boradi. E'tiborlisi shundaki, obunachilar soni katta tezlikda ortib bormoqda.

9-o'rin. Pol Pogba

Frantsuz futbolchisi kichik farq bilan «Real» sardorini ortda qoldirmoqda. Pogba ushbu ro'yxatdagi futbolchilar orasida vaqtining katta qismini ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazishi bilan ajralib turadi.

8-o'rin. Kilian Mbappe

Ushbu ro'yxatimizdagi eng yosh futbolchi. Shunga qaramay, uning muxlislari soni juda katta tezlikda ortib bormoqda. Agar, kutilganidek Mbappe «Real»ga ko'chib o'tsa, bu son bir necha barobar ortib ketishi aniq.

7-o'rin. Garet Beyl

Yangi mavsumni London klubida boshlagan Garet Beyl reytingimizning ettinchi o'rnini band etmoqda. Uelslik futbolchining obunachilarining deyarli 70 foizi britaniyalik muxlislar.

6-o'rin. Zlatan Ibrahimovich

Boshqa futbolchilardan farqli o'laroq, Zlatan ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy suratlar bilan o'rtoqlashishni hush ko'rmaydi. Shunga qaramay, 43,8 million muxlis uni kuzatib borishda davom etmoqda.

5-o'rin. Marselo

Marselo esa, butkul Ibraning aksi. U o'zining quvnoq kayfiyat beruvchi suratlarini baham ko'rishni hush ko'radi. Jamoadoshlari bilan quvnoq hazillar, oila davrasidagi kulguli holatlarni obunachilari bilan o'rtoqlashadi.

4-o'rin. Xames Rodriges

Kolumbiyalik futbolchi kuchli uchlikdan katta farq bilan ortda qolmoqda.

3-o'rin. Neymar

Braziliyalik futbolchini muntazam kuzatib boruvchilar soni 140 millioni tashkil etadi. Neymar o'z ijtimoiy tarmoqlari orqali yaxshigina daromad qilishni yo'lga qo'ygan. Uning asosiy hamkorlari ham futbolchining instagramdagi postiga o'z mahsulotini joylashtirishmoqda.

2-o'rin. Leonel Messi

Argentinalik futbolchini Instagram tarmog'ida 163 million million obunachi kuzatib boradi. Messi ham o'z akkauntidan tijorat masalasida foydalanishga intiladi. Bundan tashqari, Leo oila davrasidagi suratlarini ham obunachilari bilan o'rtoqlashishni kanda qilmaydi. 

1-o'rin. Krishtianu Ronaldu

Portugaliyalik futbolchi bu borada mutlaq etakchi. Uning obunachilari soni sayyoramizdagi barcha sportchilarnikidan ko'p. Qahramonimiz obunachilari soni bo'yicha faqat Instagramning rasmiy sahifasidangina ortda.

Shuningdek sobiq futbolchila ham bu borada peshqadamlik qilmoqda.

BestMaster
30 Sentabr 2020, 19:30
ijtimoiy, tarmoqlar, «qiroli», kim?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Роналду
1 Oktyabr 2020, 12:41
 u7777u  
Просто супер
1 Oktyabr 2020, 12:42
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads