Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: "Hakamlarning ishini baholamayman, "Real" bundan-da yaxshiroq bo'la oladi"

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan LaLiga 3-turi doirasida "Betis"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

"Bundan-da yaxshiroq bo'la olamiz. O'yinni yaxshi boshladik, gol urib olgandan keyin esa ortga chekindik. Odatda hisobda oldinda borayotgan paytimiz barcha futbolchilar katta masuliyat his qilmoqda.

Raqiblar esa tezda ikki gol urib oldi. Biz ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Muhimi futbolchilar g'alabaga ishonishdi. Mag'lub bo'layotgan paytingda o'yin tizginini ushlab turish qiyin bo'ladi. Bizda juda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Faqatgina 3ta gol urdik. Futbolchilarim bilan fahrlanaman. SHunday tempda davom etish kerak.

Hakamlikka hakamlar javob beradi. Savolni ularga berish kerak. Men hech qachon hakamlarning ishini baholamayman. Bor etiborimiz raqibga qaratilgandi. Og'ir bo'ldi, biroq qo'lga kiritilgan ochkolardan xursandmiz.

Kurtua hal qiluvchi paytlarda o'zining seyvlari bilan jonimizga oro kirdi. Bu birinchisi emas. Uning nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz va bugungi xatti-harakatlaridan mamnunman.

Qo'l ostimdagi tarkibdan qoniqyapman. Yaxshi mavsum o'tkazishga harakat qilamiz", - dedi Zidan.

BestMaster
27 Sentabr 2020, 11:00
zidan, hakamlarning, ishini, baholamayman, real, bundan-da, yaxshiroq, bola, oladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Ха
27 Sentabr 2020, 14:12
 u7777u  
Шу рухда давом итиш кирак
27 Sentabr 2020, 14:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads